Kirish gimnastikaning rivojlanish tarixi


Umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlar



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə9/15
tarix21.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#130129
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
REJA

Umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlar


Umumrivojlantiruvchi mashqlar turli yo‘nalishlarda har xil muskul zo‘riqishi bilan turli tezlikda bajariladigan qo‘llar, oyoqlar, gavda va bosh harakatlariga aytiladi. Ularning maqsadi-talabalarni yanada murakkab harakat faoliyatiga tayyorlashdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar buyumlarsiz va buyumlar (gantellar, to‘ldirma to‘plar, rezinali amortizatorlar, tayoqchalar, arg‘amchilar, bulavalar) bilan, har xil gimnastika snaryadlarida, shuningdek, o‘zaro yordam bilan (ikkovlashib, uchovlashib) bajariladi. Alohida muskullar guruhiga ta’sir ko‘rsatishiga qarab umumrivojlantiruvchi mashqlar quyidagilarga ajratiladi: qo‘l va yelka kamari muskullar uchun; (1-a,b rasmlar); qo‘l-oyoq muskullari uchun (2-a,b rasmlar); gavda muskullari uchun (3-a,b rasmlar); gavdaning barcha qo‘l, oyoq va gavda muskullariga ta’sir ko‘rsatadigan mashqlar (4-a,b rasmlar).
Bu mashqlar majmua yordamida muskul kuchini oshirish, egiluvchanlik, tezkorlik va boshqa sifatlarni tarbiyalash mumkin.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar to‘g‘ri qaddi-qomatni shakllantirishda samarali vositadir. Talabalar-yoshlar to‘g‘ri va chiroyli qaddi-qomatga ega bo‘lishga intilishlari tabiydir. Qomatni to‘g‘ri tutib, fahr ila boshni ko‘tarib, yelkalarni to‘g‘ri ushlab, orqa va qorinni tortib yurish nafaqat estetik, balki gigiyenik jihatdan ham foydali, bunday holat ichki organlarning normal faoliyati ko‘rsatishini ta’minlaydi. Lekin birgina chiroyli qaddi-qomatga ega bo‘lish istagining o‘zi yetarli emas. Buning uchun muntazam mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish, gavda barcha qismlarini uyg‘un rivojlantirishga yo‘naltirilgan, to‘g‘ri qaddi-qomatni tarbiyalashga doir maxsus umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish kerak. Agar qaddi-qomatingiz yetarlicha xushbichim bo‘lmasa, doimiy “tuzatuvchi” deb ataladigan maxsus mashqlarni bajarishingiz mumkin. Bu mashqlar gavda tuzilishidagi mavjud kamchilik va nuqsonlarni tuzatish imkonini beradi.

5-rasm.
To‘g‘ri qaddi-qomat va uning har xil nuqsonlarini ko‘rsatilgan (5-rasm). Quyida to‘g‘ri qaddi-qomatni tekshirish uchun mashqlar keltiramiz.

  1. Orqa bilan devorga turing, ensa, kurak, dumba va tovon devorga tegib tursin. Gavdaning bunday holati to‘g‘ri qaddi-qomatga mos keladi. Devordan uzoqlashing, qo‘llar, oyoqlar, gavda bilan bir qancha harakatlarni bajaring, undan so‘ng yana devorga qayting va gavda holatini tekshiring. Qaddi-qomatning bu holatini imkon boricha uzoqroq tutib turishga intiling.

  2. Gimnastika tayoqchasini oling, uni tik holatda orqaga uzating, dumg‘aza, umurtqaning kurak qismi va ensa tayoqqa tegib tursin. Shuni xis qilib gavda holatini eslab qoling, imkoni boricha uni uzoqroq saqlashga harakat qiling.

  3. Bir-biringizga orqa qilib turing (sherik bilan bir xil tekislikda), o‘zingizning turish holatingizni xis eting. Ajralib, o‘zaro qaddi-qomatingizni tekshiring. Qaddiqomatingizdagi nuqson va kamchiliklar haqida bir-biringizga maslahat bering, istaklaringizni bildiring.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə