Kirish gimnastikaning rivojlanish tarixi


Akrobatika mashqlarning atamalari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə11/15
tarix21.10.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#130129
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
REJA

Akrobatika mashqlarning atamalari


Dumalash- gavdaning tayanchga galma – galdan tegib turganidagi aylanma xarakatdir (boshdan to‘ntarilmasdan). Turlari: oldinga, yonga dumalash, aylanma dumalash, tik turgan xolatdan buqilib orqaga dumalash. Go‘janak bo‘lish- tananing bukchaygan xolat (tizzalarni yelkalarga yaqinlashtirib, tirsaklarni kisib, boldirlardan ushlash xolati). Go‘najak bo‘lishning mazkur turlari bor, chunonchi: yotib, o‘tirib va cho‘kkaib, shuningdek, keng go‘janak bo‘lish. Do‘mbalok oshish- gavdaning birin ketin tayanib va boshdan to‘ntarilib bajariladigan aylanma xarakatidir. Oldinga do‘mbalok oshish, uzun do‘mbalok oshish, sakrab do‘mbalok oshishda qo‘lga tayanishdan oldin uchish fazasi bo‘ladi, uchib-do‘mbalok oshish, burilib do‘mbalok oshish karama-karshi tomonga yuz ugirib turish bilan tugallanadi; orqaga do‘mbalok oshish, orqaga tizzalarda tayanib do‘mbalok oshish; buqilib orqaga do‘mbalok oshish, yelkadan orqaga do‘mbalok oshish, qo‘llarda tik turish orqali do‘mbalok oshish va boshqalar. To‘ntarilish-bir yoki ikki uchish fazasi bo‘lgan to‘liq to‘ntarilishdan iborat (qo‘l, bosh yoki ikkalasi bilan xam tayangan xoldagi tananing aylanma xarakatidir. Yon tomonga to‘ntarilish, boshga tayanib to‘ntarilish, bir oyoqda to‘ntarilish, sakrab to‘ntarilish va boshqalar uning turlariga kiradi. Orqaga to‘ntarilish- qo‘llarga tayanib, tananing orqaga aylanma xarakatidir. Sekin to‘ntarilish- tananing uchish fazasi bulmagan to‘liq to‘ntarilishdan iborat (qo‘lga tayanib) tekis aylanma xarakatidir. Rondat- orqaga burilib to‘ntarilish va ikkala oyoqqa turib qolishdan iborat. Kurbet- qo‘lga tayanib orqaga sakrab oyoqqda turish. Yarim to‘ntarilish-tananing bir qismidan ikkinchisiga o‘tish uchun sakrab bajaridigan aylanma xarakat. Buqilib kutarilish- buqilib tayanishdan (kuraklardan) oyoqlarga kutarilishdir. O‘tirish, oyoqlarni kerib o‘tirish, chukkalab va xokazo xolatlardan bajariladi. Kayd etilgan xollarda oxirgi xolatni kursatish kerak. Buqilib burilish, tayanib yotgan xolatda doira shaklida aylanib bajariladi; bunda 3600 burilib bajarilishni kursatib qabul qilingan. Salto- tananing xavoda muallak to‘ntarilishi. Oldinga salto, siltanib salto, orqaga salto, yonga, davomli salto, burilib salto (3600 burilish-piruet, 7200 burilish va xokazo), shuningdek ikki marta, uch marta salto va boshqalar salto xillaridandir. Tez irg‘ish (kiskacha-irg‘ish)-bir oyoqni oldinga bukib, siltanuvchi oyoqda irg‘ishdir. Sakrash akrobatikasida biriktiruvchi element sifatida qo‘llaniladi. «Ko‘prik»- tayanchga orqa bilan turib, gavdaning maksimal yoysimon bukilgan xolatdir. «Ko‘prik», bir qo‘lda «Ko‘prik», bir oyoqda «Ko‘prik», bilaklarda «Ko‘prik», qarama-qarshi «Ko‘prik» bo‘lish, masalan, chap oyoq va ung qo‘lga tayanib «Ko‘prik» bo‘lib turish va boshqalar. Shpagat- oyoqlarni oxirigacha kerib o‘tirish (ikkala oyoq butun buyi kadar yerga tegib turishi lozim). Shpagat, o‘ng yoki chap oyoq bilan shpagat (oldindagi oyoq kursatiladi, bir tomonli, qarama-qarshi, engashib shpagat va boshqalar.Yarim shpagat- shpagatga o‘xshash xolat, lekin oldindagi oyoq bukilagn bo‘ladi, engashib yarimshpagat, orqaga engashib shpagat va boshqalar. Tik turish- gavdaning oyoqlarga bosib tik turgan xolatidir. Tik turishlarning xillariga ko‘yidagilarni: kuraklarda, boshda, qo‘llarda, oxirigi xolatdagi tik turishga qisqa, keng, yopik bir qo‘lda va xokazo kurinishdagi xolatlarni kiritish mumkin, ammo mazkur xolatlarning barchasida oyoq kerilgan bo‘ladi.
Tik turish xolatiga ko‘tarilish usullarini qisqacha ko‘yidagicha ifodalash qabul qilingan: kuch bilan (qo‘llar tirsak bo‘ginidan, oyoqlar tos-son buginidan buqiladi); dumalab (o‘ng yoki chap oyoq bilan siltanib, navbatmpa-navbat tayanib aylanma xarakat bilan bajariladi), buqilib (qo‘llar buqiladi, gavda to‘g‘ri tutiladi), gavda bukilib to‘g‘ri qo‘llar bilan) qo‘llar va gavda xam to‘g‘ri tutiladi), sakrab (qo‘llarga), orqaga to‘ntarilib va boshqalar.
Juft va gurux mashqlarida shunga o‘xshash atamalar qo‘llaniladi, lekin xar bir qatnashchining dastlabki xolati va oxirigi xolati ko‘rsatiladi) ustidagi akrobat gavdasining qaysi qismi bilan pastdagi akrobat gavdasining qaysi -qismiga tayanishi). Masalan sondan chiqish, orqadan chiqish yoki yotgan sherikning kaftlarida yelka bilan tik turish, pastdagining tizzalarida tik turish, orqa bilan muvozannat saklash va xokazo.
Batutdagi mashqlar uchun maxsus atamalar qo‘llaniladi: chaykalishsakrovchining to‘rga tushgandan keyin uning ko‘tarilishi; tez irg‘ish-ijrochining uchishi, ya’ni balandligini oshirish uchun qo‘llaniladigan sakrashlardir. Kolgan atamalar gimnastika atamalarining qoidasiga binoan yasaladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə