Kirish I bob. Hamkorlikda о‘qitish texnologiyasining о‘ziga xos xususiyatlari va asosiy g‘oyasi



Yüklə 205,96 Kb.
səhifə1/9
tarix29.11.2023
ölçüsü205,96 Kb.
#142255
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Biologiyani o`qitishda hamkorlikda o`qitish texnologiyasininh komandada o`qitish metodidan foydalanish



MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………….…………..3
I BOB. HAMKORLIKDA О‘QITISH TEXNOLOGIYASINING О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ASOSIY G‘OYASI

    1. Hamkorlikda о‘qitish texnologiyasining metodlari. Botanika darslarida «Komandada o‘qitish» metodidan foydalanish………………………………5

    2. Botanikani o‘qitishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo‘llari…………………………………………………………….15

    3. Botanika darslarini o‘qitilishida “hamkorlikda o‘qitish” usuli……………19

II BOB. HAMKORLIKDA O‘QITISH G‘OYASI

    1. Hamkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari……………………………………..28

    2. Hamkorlikda o‘qitishning turlari………………………………………….…31

XULOSA ……………………………………………………………………………..37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….…39

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda oliy o‘quv yurtlarida Botanika fanlarini o‘qitishda yangi zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishning samarali usullari, turlari, muammolarida hamda yangi zamonaviy texnologiyalari, vazifalarni, ta’limiy vazifasi, ko‘rgazmalilik vazifalari, nazorat vazifalarni, rivojlantiruvchi vazifasi, tarbiyaviylik vazifasi, o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini rivojlantiruvchi vazifasi yangi zamonaviy innovatsion axborot texnologiyalarini qo‘llash mahsulotlari hamda yangi zamonaviy texnalogiyalarning maqsadlari haqida maqolada fikr yuritiladi. Botanikani o‘qitish texnologiyalariga didaktik o‘yin texnologiyasi ,muammoli ta’lim texnоlogiyasi, hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, loyihalash texnologiyalari va an’anaviy texnologiyalar kiradi.
Botanikani o‘qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan “Klaster” “Ven diagrammasi” va “Atamalar zanjiri” kabi texnologiyalardan foydalanish zarur. Klasterdan foydalanishda sinf o‘quvchilarini teng sonli guruhlarga bo‘linadi, o‘zlari klaster tuzib himoya qilinadi hamda eng yaxshi klaster tuzgan va yaxshi ta’riflagan guruh g„olib deb aniqlanadi. Venn diagrammasi fakt tushunchalarni tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash ishlari olib boriladi. Atamalar zanjiri bu darslikdagi atamalar ro‘yxati va ularning ta’riflari haqidagi texnalogiya. Bu texnalogiyada o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi O‘quvchilar atamalarga ta’rif berishlari yoki ta’riflar orqali atamalarni topishi kerak bo‘ladi .Bu usul xotirani mustahkamlashda foyda bo‘ladi. Botanikani o‘qitishning eng samarali usullaridan biri axborot texnalogiyalaridan foydalanishdir. Bularning vazifalari: Ta’limiy vazifasi –bu o‘rganilayotgan mavzuni tushunchalar va ularning izohlari jadvallar ,diagramma ,asosiy qo‘shimcha materiallar yordamida tushunishiga yordam beradi.
Ko‘rgazmalilik vazifasi –animatsiyalar o‘quvchilar tomonidan Botanikaviy jarayonlarni harakat va dinamik tasvirlash imkoni mavjud. Nazorat vazifasi – o‘quvchining qay darajada o‘zlashtirgani ,baholash tizimi haqqoniy bo‘lishiga zamin yaratadi. Rivojlantiruvchi vazifasi –vazifalar qiyinlik darajasidagi tartibda qo‘yilib o‘quvchining bilmaganlarini izlab o‘rganishiga o‘tilgan mavzularni mustahkamlashga zamin yaratadi. O‘zbekistonda Botanika fani rivoji va kelajagi haqida o‘quvchilarda bilimlarni shakllantirishda ham muhim ham dolzarb masala hisoblanadi. Har bir pedagogning o‘z ilmiy qarashlari dars o‘tish usullari bor bo‘lib bu usullar betakror va takrorlanmasdir. Ta'lim texnologiyasi – ta'lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini aniqlash, yaratish va qo‘llash tizimidir.
Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy etilishi hamda yangi pedagogik texnologiyalarni kirib kelishi bilan “o‘quvchi-o‘qituvchi” tizimidagi ijodiy faollik yuqori pog‘onaga ko‘tarildi, natijada o‘quvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylandi. Yangi pedagogik texnologiyalarning interaktiv usullari birinchi navbatda o‘quvchini aqliy va amaliy faoliyatiga tayanadi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchidan bilim va tajribani talab etadi. Quyida keltirilgan har bir dars ishlanmasi o‘zgarmas qotib qolgan holatda emas, har bir o‘qituvchi bu darslarga o‘zining tajribasi va bilimidan kelib chiqib yondashishi mashg‘ulotlarni yanada samarali bo‘lishiga xizmat qilishi shubhasiz.


Yüklə 205,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə