1-Mavzu: san'atda oqim va yo'nalishlar darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Yüklə 26,33 Kb.
səhifə1/8
tarix28.11.2023
ölçüsü26,33 Kb.
#136198
  1   2   3   4   5   6   7   8
1 Mavzu san\'atda oqim va yo\'nalishlar darsning maqsadi va vazif


1-Mavzu: san'atda oqim va yo'nalishlar darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad

Sana______________________20___yil 7-sinf


1-Mavzu: SAN'ATDA OQIM VA YO'NALISHLAR
Darsning maqsadi va vazifasi:
Ta’limiy maqsad:Mavzu bo’yicha o’quvchilarga to’g’ri tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Tarbiyaviy maqsad:Tarbiyali, e’tiborli, xushmuomalali, intizomli bo’lishga tarbiyalash.
Kommunikativ kompetensiya:
hamkorlikda ishlash jarayonida jamoa va guruh a’zolari fikrini tinglay bilish, hurmat qilish, to‘g‘ri qabul qilish;
muloqotda o‘zidan kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsata olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
axborot manbalaridan (ommaviy axborot vositalari: jurnal, gazeta, televizor, radio audio-video yozuv, kompyuter) foydalana olish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish.
Darsning turi.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
Darsda foydalaniladigan turli xil metodlar: Amaliy.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Ko’rgazmali qurollar va plakatlar.
1.Tashkiliy qism 4 minut
2. O’tilgan mavzuni takrorlash 12 minut
3.Yangi mavzu bayoni 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
O’tilgan mavzuni takrorlash.
Yangi mavzu bayoni:
Tasviriy san’at tarixida buyuk islohotlar davrini boshlab bergan impressionizm oqimining pay do bo‘lishi aniq tarixiy sana bilan bog'liq. 1874-y lining 15-apreli tasviriy san’atning rangtasvir turida impressionizm oqimiga asos solingan.
XIX asr tasviriy san’atida, asosan, katta avlod vakillari tomonidan bajaril- gan buyurtma kartina, ya’ni shohona ko'rinishda, qat’iy tarzda akademik tas¬viriy san’atining realistik qonuniyatlari asosida yaratilgan tasviriy san’at asarla- riga bo‘lgan talab o‘sha davr madaniy hayotining estetik ehtiyojini belgilab berar edi. Biroq shu davrga kelib bir guruh rassomlar yaratayotgan kartinala- rida atrof-muhitdan, tabiatdan olgan taassurotlar ta’sirida yuzaga kelgan obraz- lar - tabiat fasllari, uning o'zgaruvchan holatlari (erta tong, peshin, oqshom, nam havo, yomg‘irli kun, bulutli kun va b ), shahar ko‘chalari, xiyobonlar tas- virlana boshlandi. An’anaviy rangtasvirdan farqli tarzda ranglami asosiy vosita sifatida qabul qildilar va o‘z palitralarida faqat spektr ranglar (qizil, zarg‘al- doq, sariq, yashil, havorang, to‘q ko‘k, binafsharang)dan foydalangan holda o‘z asarlarini bevosita tabiat qo‘ynida yaratishga intildilar. Impressionistlar- ning ijodiy uslubining у ana bir jihati ular ranglami bir-biriga qorishtirish orqa- li emas, balki turli tusdagi rang surtmalarini yonma-yon surtish vositasida asar yaratdilar. Impressionistlar o‘z asarlarida quyosh nuri, yangi unib chiqqan maysa, tiniq suv, suvdagi nilufarlami (2-rasm) go‘zalligini mohirona tasvir- lashga intildilar.
2-rasm. Klod Mone. Nilufarli hovuz.

Biroq, bu uslub san’at ixlosmandlari va san’atshunoslaming qattiq tanqidiga uchradi. Qolaversa, shu davrda Yevropada, xususan Fransiyada tahlikali siyosiy jarayonlar har yili Luvrda o‘tkaziladigan “Salon” ko‘rgazmasiga yangi oqim vakillari qo‘yilmasligi ular uchun moddiy jihatidan muammolar keltirib chiqar- gan bo‘lsa-da, ular o‘z qarashlari, ilgari surayotgan tendensiyaXariga sodiqlik bilan ijod qilishda davom etdilar. Keyin o‘z ittifoqlarini tuzib, 1874-yil 15-aprel- da Parijning Kaputsinlar bulvaridagi 35-uyda joylashgan “Gerbua” kafesida o‘zlarining dastlabki ko‘rgazmalarini tashkil etdilar. Unda Klod Mone, Ogyust Renuar, Edgar Dega, Pol Sezann, Alfred Sisley kabi rassomlar o‘z asarlari bi¬lan ishtirok etganlar. Namoyish etilgan ishlar orasida Klod Monening aslida nomsiz bo'lgan, biroq ko‘rgazmaga osilayotganda Renuarning ukasining taklifi bilan “Quyosh chiqayotganidagi taassurot” deb nomlangan asari (3-rasm) ulami“taassurotchilar” (taassurot - fransuzcha “impression”) sifatida e’tirof eti- lishlariga sabab bo‘lgan. Aslida “Figaro” gazetasining jumalistlari ko‘rgazma haqidagi hisobotlarida bu so‘zni kinoya bilan ularga qo‘yil- gan laqab sifatida qo‘llaganlar. Omma esa ulami impressionistlar deb atay boshlaganlar. Shu tariqa 1874-yilning 15-aprelidan e’tiboran tasviriy san’at tarixida impressionizm oqimiga asos solingan. Bu oqim tez ora- da Yevropa, Amerika, Osiyo mamlakatlariga sezilarli ta’sir o‘tkazdi ham- da san’atda yangi oqim va yo‘nalishlami yuzaga kelishiga zamin yaratdi.

3-rasm. Klod Mone. Quyosh chiqayotganidagi taassurot.

Klod Oskar Mone (1840 - 1926). Impressionizm oqimining asoschilaridan biri. U o‘z kartinalarida oddiy kishilaming hayoti, tabiat ко ‘rinishlarini kuzatuv asosida shakllantirgan taassurotlar asosida yaratgan. Tasviriy san’at asoslarini Ejen Buden- dan о ‘rgangan. Klod Monening "Sent-Adressdagi plyaj” , ".Monening Arjantedagi uyi”, “Teraklar”, t(Fontenblo o'rmonida”, "Nilufarli hovuz”, "Qu¬yosh chiqayotganidagi taassurot” kabi asarlari dunyoning eng nufuzli muzey, kartinalar gale- reyalarida saqlanadi.


0‘zbekiston tasviriy san’atida Lev Bure, Oganes Tatevosyan, Alek-sandr Volkov, Pavel Benkov, 0‘rol Tansiqboev, Anvar Mirsoatov, Javlon Umarbekov, Shuhrat Abdurashidov, Abdumannon Yunusov, Yanis Salpinkidi, Ortig‘ali Qozoqov, Dilyus Mirsalimovlaming ijodida impres-sionizm elementlarini ko‘rish mumkin.
Impressionizm jahon tasviriy san’ati tarixida yangi davr san’atining turli oqim va yo‘nalishlari boshlanishiga yo‘l ochib berdi. Impressio- nizmdan keyin urf bo‘lgan oqimlar- dan biri postimressionizm deb atalib, uning vakillari impressionistlaming tas¬viriy usullaridan ilhomlanib, realistik tasviriy san’at qonuniyatlaridan oqilo- na foydalangan holda asosiy e’tibomi asarlaming falsafiy va ramziy ma’nosini ochib berishga intildilar.
Rassomlar va tasviriy san’at ixlos- mandlari orasida alohida qiziqish uyg‘ot- gan oqimlardan biri ishlanish uslubiga ko‘ra puantilizm deb ataluvchi neoim- pressionizm oqimi bo‘ldi. Bu oqimning asoschilari Joij Sera, Pol Sinyak bo‘lib, ular o‘z asarlarini sof, toza spektr ranglar, yam kamalaknmg yetti rangidan matolarfonidagi guldasta foydalanib, rang surtmalarini yonma-yon qo‘yib rasm ishlash uslubini kashf etdilar. Ular qo‘llagan rang surtmalari to‘rtburchak va yumaloq shaklda bo‘lganligi uchun ulaming ish uslublarini puantilistik uslub deb atadilar (puantilizm - fransuzcha “puantillisme” - nuqtalar bilan ishlash). 0‘zbekistonlik rassom Dilyus Mirsalimovning “Da- raxt” nomli rangtasvir asari puantilizm uslubida ishlangan (6-rasm).
Bu asarlarda rang surtmalari xuddi mozaika kabi surtilgan bo‘lib, rang- lar bir-biri bilan ta’sirlanib boshqacha tusda ko‘rinadi. Masalan, sariq va havo rang yonma-yon surtilganda ular uzoqdan kuzatilsa yashil tusli rang sifatida idrok etiladi. Sariq va qizil ranglar yonma-yon surtilganda esa zarg‘aldoq gamma hosil bo‘ladi.
7-rasm. Kamil Pisarro. 8-rasm. Kamil Pisairo. Avtoportret. Yomg‘irli kun.

Tasviriy san’atda “fovizm” deb ataluvchi oqim ham rassomlar nomi bi-lan bog'liq. 1905-yilda Anri Marke, Joq Rio, Anri Deren, Anri Matis o‘z qarashlari, rangtasvir kartinalari yaratish uslubiga ko‘ra realistik tasviriy san’atning qonun-qoidalarga, ayniqsa, perspektiva, borliqni ay nan tasvir- lashda qo‘llaniladigan qonuniyatlarga amal qilmay ishlaganliklari uchun ulami “yowoyilar” (fransuzcha “fauvizme”, “fauve” - yowoyilar) deb atashgan. Bu uslub vakillari realizm, naturalizm, impressionizm uslubla- ridan farqli ravishda sodda-primitiv asarlar, jumladan, o‘rta asr san’ati., Sharq xalqlari san’ati uslubiga yaqin bo‘lgan asarlar yaratishga intildilar.


Keyinchalik tasviriy san’atda keng tarqalgan uslublardan biri kubizm bir qator yetakchi rassomlar e’tiborini tortdi.
Shunday qilib, jahon tasviriy san’ati tarixida bir qator oqim va yo‘na- lishlar vujudga keldi. Endilikda yuqorida nomlari tilga olingan rassom- lardan tashqari Vinsen Van Gog, Anri de Tuluz-Lotrek, Anri Matiss, Edgar Dega, Ejen Delakrua, Onore Dome, Jan-Batis Kamil Кого, Ogyust Renuar, Pol Sezann, Alfred Sisley kabi rassomlar tomonidan yaratilgan kartinalar san’atshunoslar hamda san’at ixlosmandlari tomonidan yuqori baholanib kelinmoqda.

Yüklə 26,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə