1-Mavzu: san'atda oqim va yo'nalishlar darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Yüklə 26,33 Kb.
səhifə5/8
tarix28.11.2023
ölçüsü26,33 Kb.
#136198
1   2   3   4   5   6   7   8
1 Mavzu san\'atda oqim va yo\'nalishlar darsning maqsadi va vazif

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Ko’rgazmali qurollar va plakatlar.
1.Tashkiliy qism 4 minut
2. O’tilgan mavzuni takrorlash 12 minut
3.Yangi mavzu bayoni 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
O’tilgan mavzuni takrorlash.
Yangi mavzu bayoni:
0‘tgan darsda impressionistik rangtasvir haqida tasawurga ega bo‘lgan, shuningdek, impressionizm uslubida rangtasvir kartinalari yaratgan xorij- lik hamda mamlakatimiz rassomlarining ishlarini tahlil qilgan edik. Endi egallagan nazariy bilimingizni amaliy-ijodiy faoliyatga tatbiq eting. Mus­taqil ishni bajarishdan awal impressionizm uslubida ishlangan hamda sizning diqqatingizni tortgan asarlaming kompozitsiyasini ko‘z oldingizga keltiring. Ularga mos hayotiy misollami eslashga harakat qiling. Impres­sionizm uslubida ishlash qulay bo‘lishi uchun sizga sxematik rasm tavsiya qilinayapti. Buning uchun italiyalik rassom Annibal Karrachi asos solgan klassik manzara ishlash uslubidan foydalanish maqsadga muvofiq. U bi­rinchi bo‘lib manzara ishlashni planlarga ajratgan. Rassom birichi qatomi to‘q va aniq ranglarda, o‘rta qatomi o‘rtacha iliq ranglarda, uchinchi - orqa qatomi sovuq ranglarda ishlash vositasida asarlarida fazoviy keng- likni tasvirlashga erishgan. Quyidagi tavsiya etilayotgan sxematik rasm- dan (11-rasm) foydalangan holda shunday manzarani tasvirlashga, rang surtmalarini puantilizm uslubida alohida-alohida berishga harakat qiling. Puantilist rassomlar, o‘tgan darsda ta’kidlanganidek, toza rang surtmalarini to‘rtburchak va nuqtasimon shakllarda yonma-yon qo‘yib tasviriy san’at asarlari yaratganlar. Manzaraga mavzu sifatida tabiatning o‘zingizga tanish boclgan ko‘rinishini tanlashingiz ham mumkin. Namuna sifatida Pavel Benkovning “Meshkobchilar” (9-rasm) nomli kartinasini tahlil qiling. Unda rang surtmalari va ulardan hosil bo‘lgan ranglar gammasi yaqqol ko‘ri- nib turadi. Quyida keltirilgan Respublika rassomlik kolleji o‘quvchisining ishida puantilizm uslubi qo‘llanilgan.
9-rasm. Pavel Benkov. Meshkobchilar.
10-rasm. Puantilizm uslubida ishlangan natyurtmort. Respublika rassomlik kolleji o‘quvchisining ishi.
11-rasm. Manzara ishlashning sxematik tasviri.
Anibal Karrachi (1560-1609) Italiyaning Bolone shahrida yashab ijod qilgan. Tasviriy san’at asoslarini о‘rgatishning o'ziga xos maktabi- ni yaratgan. Bu maktab aka-uka Karrachilaming badiiy ta’lim maktabi deb ataladi. Boloneda tasviriy san’at akademiyasini tashkil qilgan. Uning nazariyalari akademik usulda tasviriy san’at asarlari yaratishda muhim rol o'ynagan. Ular mahobatli rangtasvir, portret, manzara janrida ijod qilish bilan birga bolalarga tasviriy san’at asoslarini о‘rgatish metodi- kasini yaratganlar.
Sxematik rasmning birinchi planida yorqin va aniq ranglardan foyda- lanish tavsiya etiladi. Ikkinchi planda esa ulaming yorqinligi biroz kamay- tiriladi. Uchinchi plandagi elementlar esa havo perspektivasi qonuniyatiga ko‘ra sovuq ranglar, asosan, havorangning turli tuslaridan, shuningdek, havorangga yaqin bo‘lgan nim yashil ranglardan foydalanish orqali man- zaradagi uzoqlikni tasvirlash mumkin bo‘ladi.

Yüklə 26,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə