Kirish I bob. Hamkorlikda о‘qitish texnologiyasining о‘ziga xos xususiyatlari va asosiy g‘oyasi



Yüklə 205,96 Kb.
səhifə5/9
tarix29.11.2023
ölçüsü205,96 Kb.
#142255
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Biologiyani o`qitishda hamkorlikda o`qitish texnologiyasininh komandada o`qitish metodidan foydalanish

Tuzilmali egiluvchanlik qator holatlar bilan ta`minlanadi: muammoli-modul tuzilmasining safarbarligi, muammoli-modulli dastur pog‘onaligi, egiluvchan jadval loyihasining mavjudligi va ko‘p vazifali o‘quv xonalarining jihozlanganlik imkoniyatlari va boshqa.
Mazmunli egiluvchanlik birinchi navbatda ta`lim mazmunini tabaqalashtirish va integratsiyalash imkoniyatlarida namoyon bo‘ladi. Bunday imkoniyatning o‘zi taklif etilayotgan texnologiyada o‘quv materialining blok va modulli printsip asosida saralanish evaziga vujudga keladi. 
Texnologik egiluvchanlik muammoli-modulli ta`lim jarayonining quyidagi jihati bilan ta`minlanadi: o‘qitish metodlarining variantligi, nazorat va baholash tizimining egiluvchanligi, o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini yakka tartibda tashkil etish va boshqa.
M.A.CHoshanovning ta`kidlashicha, kasb maktablarida o‘qitish jarayonini muammoli-modulli asosga o‘tkazish quyidagilarga imkon beradi:
- o‘quv materialining muammoli modullarini guruhlash yo‘li bilan kursni to‘liq, qisqargan va chuqurlashtirilgan variantlarini ishlab chiqishni ta`minlaydigan dialektik birlikda integratsiyalash va tabaqalashtirishni amalga oshirish;
- bilim darajasiga bog‘liq holda talabalarning u yoki bu muammoli-modulli dastur variantini mustaqil tanlashi va ularning dastur bo‘ylab individual siljish sur`atini ta`minlanishi;
- muammoli modullardan pedagogik dasturli vositalarni yaratish uchun stsenariylar sifatida foydalanish;
- o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishda o‘qituvchi ishida maslahatchi-koordinatsiyalovchi vazifaga urg‘uni ko‘chirish;
- o‘quv materialini bayon qilish tezligi va o‘zlashtirish darajasiga putr etkazmagan holda o‘qitish metodlari va shakllari majmuasiga moslik asosida kursni qisqartirish;
SHu bilan birgalikda opponentlar tomonidan muammoli-modulli o‘qitishning qator kamchiliklari ko‘rsatildi, ular: ta`lim jarayonining bo‘laklarga bo‘linganligi, ya`ni o‘quvchilarning mustaqil ishlari salmog‘i birmuncha katta; o‘quv predmetining yaxlitligi va mantiqini inkor etish; o‘quvchilarni tayyorlash torligi: o‘qitish kursining bog‘liq bo‘lmagan muammolar yoki masalalar seriyasiga qadar qisqarishi;
mumlashmaga ziyon etkazadigan xususiy, aniq ko‘nikmalarnigina shakllantirishi;
uammoli modullarni tayyorlash va mashg‘ulotni o‘tkazishga tayyorgarlikning ko‘p mehnat talab qilishi.
Sanab o‘tilgan kamchiliklarning ko‘pligi modulli o‘qitish texnologiyasini o‘rnatish bosqichida birmuncha aniq sezilsa-da, asta-sekinlik bilan dazmollanib boradi. SHuni eslatish joizki, u yoki bu texnologiyani “toza“ holda joriy etish mumkin emas. Xohlaymizmi yoki yo‘qmi, o‘quv jarayonini tashkil etishning an`anaviy yondashuviga va mavjud didaktik jarayonga tayanishga to‘g‘ri keladi.
Ta`lim mazmunini muammoli-modulli loyihalash quyidagi asosiy tayanchlardan iborat bo‘ladi:
- bilish faoliyatining fundamental metodlari doirasida kursni joy-joyiga qo‘yib tuzish. Misol uchun, matematika kursida bunday metodlarga matematik modellashtirish, aksiomatik, koordinat, vektorli, mantiqiy metodlar kiradi;
- tayanch muammoli modullarning mazmunini aniqlash. Saralashning muhim sharti bilish faoliyati metodlarining printsipli mazmuni hisoblanib, umummadaniy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu o‘qitishning tayanch mazmuniga oid quyidagi mezonlarni hisobga olishni taqoza etadi:
- fundamental, uzviylik, uzluksizlik va ta`limni insonparvarlashtirish;
- echimi bilish faoliyati metodlarining mosini qo‘llashni talab etadigan yirik kasbiy-amaliy muammolarni turli guruh kasblarining o‘ziga xosligini hisobga olib ajratish;
- ixtisosli va darajali tabaqalashtirishni ta`minlashga yo‘naltirilgan o‘zgaruvchan modullarning mazmunini tanlash va hajmini aniqlash, shuningdek, muammoli-modulli dasturlarning turli - to‘liq, qisqargan va chuqurlashtirilgan variantlari bo‘yicha o‘quvchilarning yakka tartibda olg‘a siljishi uchun sharoitlar yaratish.
Muammoli modullarni qo‘llash ko‘lami quyidagi tartibotlarni qamrab oladi: tizimli, avtonom va integratsiyalashgan. Tizimli tartibot muammoli modullaridan mustaqil kurs doirasida foydalanishni taqozo etadi. Avtonom - ma`lumot moduli sifatida boshqa fanlar doirasida, integratsiyalangan - integrativ kurs doirasida qo‘llanishi lozim.
SHunday qilib, muammoli-modulli o‘qitish texnologiyasining mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin: o‘quvchilarning talab etilgan darajada bilimdonligiga erishish uchun o‘quv materiali mazmunini yirik tuzilmalash, unga mos holda o‘qitish metodlari, vositalari va shakllarini tanlash amalga oshirilib, ular o‘quvchilarni to‘liq, kisqargan yoki chuqurlashgan o‘qitish variantlarini mustaqil tanlash va o‘tishga yo‘naltiriladi.

Yüklə 205,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə