Kirish I. Bob. O’rta osiyoning antik davri arxeologik yodgorliklari


O’rta osiyoning antik davri, tarixiy o’lkashunoslikni o’rganishdagi o’rni



Yüklə 50,36 Kb.
səhifə10/12
tarix22.06.2022
ölçüsü50,36 Kb.
#89907
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
66 77=0000WORD.

2.1. O’rta osiyoning antik davri, tarixiy o’lkashunoslikni o’rganishdagi o’rni.
Ilk yozma manbalar. Markaziy Osiyoning eng qadimgi xalqlari o’z tarixini yozma ravishda yoritmaganlar (shu davrlarga oid mahalliy yozma manbalar topilmagan yoki ular zamonamizgacha saqlanib qolmagan). Hududimizga tegishli ilk yozma manbalar - «Avesto», ahamoniylar davri mixsimon yozuvlari va qadimgi dunyo (Yunon-Rim) davriga taalluqli manbalar yurtimizdan tashqarida tuzilgandir. Ular Qadimgi Sharq va dunyo tarixida birinchi bo’lib, o’lkamizdagi xalqlarning nomlarini, alohida joylar, tog’lar, daryolar va ko’llarning nomlarini, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlarini, yurtimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlari. Miloddan avvalgi 559 yilda Erondagi ahamoniylar sulolasining yirik davlatga podsho Kir II asos soladi. Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi fors podsholari Qadimgi Sharqdagi juda ko’p mamlakatlar ustidan o’z hokimiyatini o’rnatishni rejalashtirganlar. Miloddan avvalgi 545-540 yillarda ahamoniylar markaziy Osiyoning Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya va Sug’diyona viloyatlarini bo’ysundirganlar. Sak-massagetlarga qarshi Kir IIning yurishlari miloddan avvalgi 530 yilda muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Saklarni Doro I davrida (miloddan avvalgi 522-486 yillar) ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O’rta Yer dengiziga qadar bo’lgan keng hududda o’z hukmronligini o’rnatgan. Ahamoniylar davlati tarixda birinchi yirik dunyo davlati deb hisoblangan. Bu davlat ko’p sonli viloyatlar, shaharlar va xalqlarni birlashtirdi. Markaziy Osiyoda ahamoniylar ikki yuz yil davomida hukmronlik qilganlar (miloddan avvalgi 330 yilgacha). Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida Markaziy Osiyo xalqlari va viloyatlari to’g’risida turli xil ma’lumotlar bor. Bu yozuvlar miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid bo’lib, Behistun va Naqshi Rustam qoyatoshlarida, Suza, Persepon va Hamadon shaharlarida topib tekshirilgan. Shular jumlasidan eng muhimi Behistun yozuvlari bo’lib, Doro I davrida Karmanshoh va Hamadon shahri o’rtasidagi yo’lda baland qoyatoshlarda yozilgan (Midiya o’lkasi). Behistun yozuvlari qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Doro I bunday xabar qiladi: «Axuramazda irodasi bilan quyidagi davlatlarni qo’limga kiritib, ularning podshosi bo’ldim: Fors, Elam, Bobil, Ossuriya, Arabiston, Misr, Midiya, Moniya, Lidiya, Armaniston, Kappadokiya, Parfiya, Drang’iyona, Ar’yo, Xorazm, Baqtriya, So’g’diyona, Gandaraxa, Saka, Sattagadiya, Araxoziya, Maka hammasi bo’lib 23ta davlat.
...Men Bobilda bo’lganimda quyidagi davlatlar mendan ajralib chiqib ketganlar: Fors, Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg’iyona, Sattagadiya, Saka». Shoh Doro ayturki: «Marg’iyona nomli davlat mendan ajralib chiqib ketdi. Marg’iyonalik Frada ismli bir odam o’zini viloyatning hokimi deb e’lon qildi. Keyin men, Baqtriya Satrapi, bo’ysunuvchi odamim fors dadarshishni chaqirib, unga gapirdim: «menga bo’ysunmaganlarni, top-mor qilish kerak». Dadarshish qo’shinlari bilan otlanib, marg’iyonaliklar bilan jang qildi. Axuramazda menga yordam ko’rsatdi. Axumarazda irodasi bilan mening qo’shinlarim qo’zg’olonchilarni butunlay mag’lubiyatga uchratdi. Bu jang asiyadiy oyning 23 kunida sodir bo’ldi. Shundan so’ng davlat mening qo’limga kirdi. Mana men Baqtriyada nimalarni qildim».
...Podsho Doro xabar qiladi: «Bundan so’ng men saklarga qarshi sak yurtiga bostirib kirdim, ularning o’zlari cho’qqi qalpoq kiyib yuradilar. Men daryoga yetib keldim, daryoda kemalardan ko’prik qilib, saklarni tor-mor qildim. Ularning sardori Skunxa ismli odamni tutib, mening huzurimga keltirdilar. Men o’z xohishim bilan saklar yurtiga yangi boshliq tayin qildim. Shundan so’ng mamlakat mening qo’l ostimga o’tdi». Shoh Doro ayturki: «Bu saklar Axuramazdani qadrlaganlar, men Axuramazdani ulug’layman. Axuramazda irodasi va xohishim bilan men ularni tinchitib qo’ydim». Hamadon yozuvlarida Doro I bunday xabar qiladi: «Men Doro, ulug’ shoh, shahanshoh, davlatlar podshosi, Vishtasp o’g’li, «Ahamoniy» Shoh Doro ayturki: «Mana huzurimda bo’lgan podsholik, Sug’diyonaning narigi yog’idagi saklar yurtidan Efiopiyagacha, Hindistondan Midiyagacha - bu podsholikni menga Axuramazda xudolar o’rtasidagi ulug’ xudo, tortiq qilgan». Behistun yozuvlarida Doro birinchi bo’lib Ahamoniylar davlatining g’arbiy viloyatlarini ko’rsatib bergan bo’lsa, naqshi Rustam yozuvlarida mamlakatlar ro’yxati Midiya va Elamdan so’ng sharqiy viloyatlardan boshlanadi: «Men Doro, ulug’ podsho, shahanshoh, ko’p qabilali mamlakatlarning podshosi, keng sayxon yerlarning podshosi, Vishtasp o’g’li, Ahamoniy, fors, forsning o’g’li, ariylar urug’idan kelib chiqqan ariy». Shoh Doro ayturki: «Fors viloyatlardan tashqari quyidagi mamlakatlarni men bo’ysundirganman, menga hiroj to’lovchi bo’lgan, mening so’zimni ijro etgan, mening qonunimga asoslanib rivojlanayotgan Midiya, Elam, Parfiya, Ar’yo, Baqtriya, So’g’diyona Xorazm... Saka Naumavarka, Saka Tigraxauda... dengizidan narigi yerdagi saklar». Qadimgi yunon tarixshunoslari. Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI-IV asrlar siyosiy voqealarida ishtirok etgan Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarining asarlarida yoritilgan. Bu borada Markaziy Osiyo xalqlari to’g’risida qisqa bo’lsa-da, juda aniq ma’lumotlar beruvchi Gerodotning «tarix» kitobi qismlari, ayniqsa, qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri bo’lib hisoblangan. Uning muallifi Gerodot «tarixning otasi» deb nom olgan. Gerodot miloddan avvalgi 484-yilda Kichik Osiyodagi Gelikarnas shahrida tug’ilgan (miloddan avvalgi 431-425 yillar o’rtasida vafot etgan). O’rta Osiyo tarixi haqida ham muhim va qimmatli ma’lumotlar bor. Somoniylar zamonida turk g’ulomlarining davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o’rni, Turkiston xonlari (Qoraxoniylar) saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning maishiy ahvoli, Somoniylar xizmatida bo’lgan amirlarning unvonlari, Xorazmshoh Oltintoj (1017-1032 yy.) bilan Sulton Mahmud Faznaviyning vaziri Ahmad ibn Xasan o’rtasidagi yozishmalar shular jumlasidandir. Agarda bundan tashqari karmatlar, botiniylar harakati, Muqanna qo’zg’oloni haqida ham ayrim diqqatga sazovor ma’lumotlar bor. Alovuddin Otamalik Juvayning Mo’g’uliston, O’rta Osiyo hamda Eronning XII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi «tarixi jahonkushoy» nomli shoh asari bilan shuhrat topdi. Asar 1260 yilda yozib tamomlangan. «Tarixi jahonkushoy» 3 qismdan iborat: 1) Mug’ullar, ularning Chingizxon davridagi istilochilik yurishlaridan to Guyukxon (1246-1249 yy.) davrigacha, shuningdek, Jo’jixon, Chig’atoyxon va avlodlarning tarixi; 2) Xorazmshohlar va Xurosonning mug’ul hukmdorlari davridagi tarixi; 3) Eronning 1556-1558 yillardagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, islomiylarning diniy harbiy uyushmasi va islomiylar davlati tarixi, islomiylar tarixi Maymanduzdagi kutubxonadan topilgan asarlar, xususan islomiylarning ko’zga ko’ringan namoyondalaridan Xasan Sabbohning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi «Sogirguzashti saydno» nomli kitob asosida yozilgan. Rashkduddam eronlik mashhur ensiklopedist olim: tarixchi filolog, vrach va yirik davlat arbobi. To’liq ismi: Rashiduddin Fazlulloh ibn Imoduddavla Abulhayr al Hamadoniy. Olimning bizning zamonimizgacha to’la tarzda yetib kelgan birdan-bir asari ana shu «Jome’ ut-tavorix» bo’lib, u o’rta asr tarixshunosligining o’ziga xos original asari hisoblanadi. «Jome’ ut-tavorix» o’rta asr sharq tarixchiligida yangi an’anani boshlab bergan asar. Ma’lumki, Rashiduddindan avval o’tgan, shuningdek, undan keyingi davrlarda yashab ijod etgan tarixchilarning ko’pchiligi umumiy tarix deganda faqat musulmon mamlakatlarining tarixini tushunlar. Rashiduddin esa, ulardan farqli o’laroq umumiy tarix deganda sharq mamlakatlari bilan bir qatorda g’arb mamlakatlari, Xitoy hamda Hindiston tarixini jahon tarixining faqat bir qismi, deb hisobladi. «Jome’ ut-tavorix» 1301-1311 yillar orasida Fozonxonning topshirig’i bilan yozilgan. Asar uch qismdan iborat: 1) Mo’g’ullar va ular asos solgan davlatlar (ulug’ yurt, ya’ni Mo’g’ulliston: Elxoniy davlati) hamda mo’g’ullar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar: Shimoliy Xitoy, O’rta Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari xalqlarining mo’g’ul istilosigacha bo’lgan qisqacha tarixi; 2) Sharq mamlakati xalqlarining mo’g’ul istilosiga bo’lgan qisqacha tarixi: Arab xalifaligi va uning tarkibida tashkil topgan feodal davlatlar (Faznaviylar imperiyasi, Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar davlati va boshqalar); Xitoy, qadimgi yahudiylar, franklar Rim imperiyasi va Hindiston tarixi; 3) Yer qurrasi hamda yetti iqlim mamlakatlarining geografik holati. Afsuski, asarning so’nggi uchinchi qismi saqlanmagan. Qo’lyozma 1318 yilda Rashiduddinning shaxsiy kutubxonasi talon-taroj qilingan vaqtda yo’qolgan bo’lishi mumkin. Sharofuddin Ali Yazdiy tarixda «Zafarnoma» (boshqa nomlari: «Fatxnomayi sohibqironiy», «Zafarnomayi Temuriy», «tarixi jahonkushoyi Temuriy») nomli kapital asari bilan shuhrat topdi. «Zafarnoma» asosan Nizomuddin Shomiyning yuqorida tilga olingan shu nomli asari asosida zo’r badiiy mahorat bilan yozilgan. Lekin Sharofuddin Ali Yazdiy Nizomuddin Shomiy asarida bayon etilgan voqealarning ba’zilariga yangi tarixiy fakt va dalillar bilan boyitdi. To’g’ri, Sharofuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida Temurning shaxsi nihoyatda ideallashtirilgan. Shunga qaramay, uning shaxsiyati va faoliyatidagi qarama-qarshiliklar, ya’ni uning bir tomondan zolim fotih ekanligi, ikkinchidan esa Movarounnahrda feodal tarqoqlikka barham berib, markazlashgan feodal davlatga asos solganligi birmuncha haqqoniy va to’g’ri tasvirlangan. «Tavorix-i guzida, nusratnoma» 1502-1505 yillar orasida yozilgan bo’lib, ikki mustaqil qismdan - «Tavorih-i guzida» va Nusratnoma»dan iborat. Birinchi qismda O’g’uzxon va qadimgi turklar Chingizxon hamda uning Mo’g’uliston, Dashti Qipchoq, O’rta Osiyo va Eronda hukmronlik qilgan avlodi tarixi; ikkinchi qismda esa Shayboniyxon tavalludidan (1451 y) to uning O’rta Osiyoni istilo qilishigacha (1500-1505 yy) Dashti Qipchoq hamda O’rta Osiyoning ijtimoiy-siyosiy ahvoli bayon qilingan. Asar ayniqsa, uning ikkinchi qismi («Nusratnoma») zo’r ilmiy qimmatga ega. Unda Shayboniylar qo’shinining tuzilishi uning etnik tarkibi, shuningdek ko’chmanchilarning Qorako’l, Xisor, Nog’onyon, O’rta-tepa hamda Ho’jand viloyatlarida qilgan yovuzliklari haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Asarning yana bir qimmati shundaki, unda muhim tarixiy voqealarning sodir bo’lgan vaqti aniq ko’rsatilgan. Bundan tashqari, Shayboniy qo’shinlari tarixidan Farg’ona viloyatini bosib olinishi faqat «Nusratnoma»da to’la va to’g’ri yoritilgan. Muhammad Solih Shayboniyxonning hayoti va u olib bergan qonli urushlar haqida hikoya qiluvchi she’riy asar yozib qoldirgan. U Shayboniyxon tug’ilganidan boshlab, to 1505 yillar orasida Dashti Qipchoq, Movarounnahr ham ijtimoiy-siyosiy tarixidan bahs yuritadi. Asarda Shayboniyxon qo’shinlarining yovuzliklari, mehnatkash xalqining og’ir ahvoli, Qorako’l, Qarshi va Guzarda Shayboniylarga qarshi bo’lib o’tgan qo’zg’olonlar haqida ham qimmatli ma’lumotlar bor. Asar boy geografik va etnografik ma’lumotlarga ega. «Shayboniynoma» 1505 yildan keyin yozilgan. Uning qo’lyozma nusxalari ham kam - hozirgacha faqat ikkita nusxasi ma’lum: bulardan biri, Venada (Avstriya), ikkinchisi esa Leningrad Dorulfun kutubxonasida saqlangan. Asar to’rt marta (1885, 1908, 1961, 1989 yy) nashr etilgan. Abulg’ozixon tarix sahifasida feodal hukmdor sifatida emas, balki keng ma’lumotli olim sifatida ajoyib asrlari tufayli qoldi. U «Shajara-yi turk va mug’ul» hamda «Shajara-yi tarakima» nomli ikki yirik va muhim tarixiy asar yozib qoldirdi. «Shajara-yi tarakima» turkman xalqi va Turkmanistonning o’rta asrlardagi tarixini o’rganishda bosh manba rolini o’taydi. «Shajara-yi turk va mug’ul» esa O’zbekistonning XV-XVII asrlardagi tarixini o’rganishda muhim o’rin tutadi. «Shajara-yi tarokima» 1664 yilda yozilgan, lekin Abulg’ozixonning og’ir dardga chalinib qolishi va tez orada vafot etganligi sababli tamomlanmay qolgan. Asar 9-bobining davomi, ya’ni 1644-1663 yillar voqealari Anushaxonning topshirig’i bilan Mahmud ibn Mulla Muhammad Urganjoy degan shaxs tomonidan yozilgan. Asarning 1-6 boblari ham o’sha Mahmud ibn Muhammad Urganjiyning qalamiga mansubdir. «Shajara-yi turk va mug’ul» qisqacha muqaddima va to’qqiz bobdan iborat. Muqaddimada asosan asarning yozilish sabablari haqida gap boradi. Birinchi bobda Odam Atodan to Mug’ulxongacha, 2-bobda Mug’ulxondan Chingizxongacha, 3-bobda Chingizxonning tug’ilishidan to vafotigacha, 4-bobda Ugaday qon va uning Mug’ulistonda hukmronlik qilgan avlodi, 5-bobda Chig’atoyxon va uning Movarounnahrda podsholik qilgan vorislari, 6-bobda Elxoniylar, 7-bobda Jo’jixon va uning Dashti Qipchoqda podsholik qilgan avlodi, 8-bobda Shayboniyxon va uning Movarounnahr, Qozog’iston, Sibir va Qrimda hukmronlik qilgan farzandlari va nihoyat, 9-bobda. Shayboniyxonning 1511 yildan Xorazmda podsholik qilgan avlodi hukmronligi yillarida yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda sodir bo’lgan ijtimoiy-siyosiy voqealar bayon etilgan. Tarixshunoslik tarix fanlari tizimida o’ziga xos mustaqil o’ringa ega bo’lib, uning o’zining manbalari va tadqiqot usullari mavjud. Tarixshunoslikning ob’ekti tarixiy jarayonning o’zigina bo’lib qolmay, balki tarixiy tafakkur, uni o’rganish va tarix haqidagi fan hisoblanadi. Masalan, Markaziy Osiyo hududidagi ilk o’rta asrlar davri tarixi mintaqada mavjud davlatlar, arablar istilosi, islom dinining yoyildashi, markazlashgan davlatlarning paydo bo’lishi va hokazolarni o’rganadi. Ilk o’rta asrlar Markaziy Osiyo tarixshunosligi esa bu davr tarixi o’rta asrlarda, yangi davrda va bizning kunlarda qanday tadqiq etilganligini o’rganadi. Tarixshunoslik ijtimoiy-tarixiy tafakkur haqidagi fan bo’lib, u yoki bu davrning g’oyalarini o’zida aks ettiradi. Ushbu fan manbashunoslik bilan juda yaqin aloqada bo’lib, har bir davr manbalarining tuzilishi, ularga tanqidiy yondashuv va foydalanish usullari, tarixiy tafakkur va bilimlarning darajasi hamda saviyasini belgilaydi. Tarixshunoslikning rivojlanishida manbalar doirasining kengligi va o’sha davrdagi tarixiy tadqiqot usuli asosiy omil hisoblanadi. Tarixiy tadqiqot usullarining takomillashuvi (masalan, tanqidiy yondashuv, tarixiy taqqoslash va boshqalar), yangi manbalarning (epigrafik, arxeologik, numizmatik) paydo bo’lishi tarix fanining saviyasiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Mazkur fan tarmog’i manbashunoslik, arxeologiya, etnografiya, numizmatika va lingvistika bilan chambarchas bog’liq. Jahon tarixi tarixshunosligi insoniyat sivilizatsiyasi va tarixiy tafakkur darajasi xarakteriga qarab bir necha bo’limlarga bo’linadi. Bular: qadimgi, o’rta asrlar (medievistika), yangi va eng yangi davr tarixi tarixshunosligidir. Xususan, O’zbekiston tarixi tarixshunosligini ham shartli ravishda davrlar, tarixiy tafakkur hamda tadqiqot usullaridan kelib chiqib davrlarga bo’lish mumkin. Bular: O’zbekistonning qadimgi, o’rta asrlar, Rossiya mustamlakachiligi, sovet davri va mustaqillik davri tarixshunosligidir. Markaziy Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligi deganda, ushbu mintaqada yashagan qadimgi xalqlarining eng qadimgi zamonlardan hozirgacha bo’lgan tarixiga asosiy manba bo’lib xizmat qiluvchi tarixshunoslikka oid asarlar tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining yarim asrlik faoliyati davomida tarixshunoslik sohasi muhim rivojlanish bosqichiga ko’tarildi. Bu esa O’zbekistonda tarix fani rivojida tarixshunoslikning muhim o’ringa ekanligining yaqqol tasdig’idir. Aynan tarixshunoslik tarixni (tor ma’noda emas, balki tarix fanining tarixini yoritish sifatida) chuqur va har tomonlama o’rganish, ob’ektiv, tarixiy fikrning rivojlanish bosqichini uning muayyan bosqichlarida bilish, turli oqimlarda tahliliy ravishda ko’rib chiqish, amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, vazifalarni belgilash va keyingi tadqiqot yo’nalishlarini asosli shaklda tarixchilarga tavsiya qilishga xizmat qiladi. Shuningdek, tarixchilar tomonidan eng diqqatga sazovor tarixiy asarlar mualliflarining hayoti, faoliyati va erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi, jamoat muhitini turli bosqichlarda qayta tiklash bo’yicha keyingi tadqiqotlar yo’nalishlarini aniqlash, yosh olimlar ishini yengilashtirishda, ya’ni muayyan ilmiy muammo ustida adabiyotlar bilan tanishishga imkon beradi. Ma’lumki, tarixshunoslik tadqiqotlari tahliliy fikr erkinligi, ta’qiqlangan mavzular va nomlarning yo’qligi, chuqur bilimlar hamda adabiyot masalalarini tanqidiy idrok etishda o’zining afzalliklari va kamchiliklari bilan tarixiy olimlarning turli qarashlari, tushunchalarini hisobga olish, taqqoslash hamda aniqlab olish qobiliyatlarini talab qiladi. Ular eng muhim va haqqoniy, asosga ega bo’lib, o’rganilayotgan muammoning to’g’ri yoritilishiga xizmat qiladi. Tarix fan sifatida qachon va qanday paydo bo’lgan? Ushbu savolga javob olish uchun antik, ya’ni qadimgi manbalarga murojaat qilinadi. Yozuv vujudga kelgunga qadar epik asarlar (“epos” – grekcha so’z bo’lib, “doston”, “rivoyat” va “afsona” ma’nolarini anglatadi) tarixni o’rganish uchun yagona manba hisoblangan (masalan, Gomerning “Iliada” va “Odisseya”, Markaziy Osiyo xalqlarining “Alpomish”, “Manas” va “Go’ro’g’li” dostonlari bilan birga rus bahodirlari haqidagi Vladimir, Muromli Ilya, Dobrinya Nikitich, Alyosha Popovich kabi xalq eposlari yoki “Igor polki jangnomasi”). Yozuv ixtiro qilinganidan so’ng tosh yoki binolardagi bitiklar va yilnomalar eng qadimgi yozma tarix manbalari hisoblanadi. O’sha davrlardagi voqealarning guvohlari yoki zamondoshlari yozib qoldirgan manbalar, keyinchalik xattot va shoirlar tomonidan qayta-qayta ko’chirilgan yoki og’izdan-og’izga ko’chib, bizgacha yetib kelgan asarlar qadimiy manba hisoblanadi. Chamasi, o’z yozuviga ega bo’lgan barcha xalqlarda bitiklar va yilnomalar uchraydi. Masalan, yunon olimi Gerodotning mashhur “Tarix” kitobi bizgacha yetib kelgan eng qadimgi tarixiy manbadir.
Arxiv - bu idoralar, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa. Markaziy Osiyoda arxiv yozuv bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Arxeologlar qadimgi Tuproqqal’a harobalaridan Xorazm shohlarga tegishli III-IV asr boshlariga oid qadimgi hujjatlardan iborat arxiv qoldiqlarini topishdi. 1930 yil boshlarida qadimgi Sug’diyona davlatining mug’ tog’lari harobalaridan Divashtich arxivi topildi. Qazishmalar natijasida VIII asrga oid 80dan ortiq qo’lyozma hujjatlari topildi. Bizga tarixdan ma’lumki, Buxoroda IX-X asrlarda Abu Ali ibn Sino foydalangan arxiv kutubxona bo’lgan. O’rta Osiyoda arxivlar XI-XII asrlarda Xorazm davlatida keyinchalik Oltin O’rdada, temuriylar ashtarxoniylar davrida ham mavjud edi. O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi millatimiz, o’zbek xalqining hujjatli madaniy yodgorliklari saqlanadigan eng katta boy arxiv xazinasidir. Bu yerda saqlanayotgan eng qadimgi hujjatlar vaqfnomalar bo’lib, ular XIII-XX asrlarga oiddir. Kadimgi davlatlarning xonliklarining XIX asrgacha bo’lgan hujjatlar manbalari baxtga qarshi bizgacha saqlanmagan. O’zaro feodal urushlari vayrongarchiliklar natijasida yo’q bo’lib ketgan. Qo’qon va Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining Qushbegi arxivi saqlanib qolgan. Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi saqlangan xolos. Markaziy Osiyoning chor Rossiyasi bosib olgandan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari to’la saqlangan. Qo’qon va Xiva xonliklari tarixi o’ziga xosdir. Chorizm bu xonliklarni bosib olganidan keyin ushbu arxiv materiallari 1876 yil Peterburgga - imperator kutubxonasi olib ketiladi. Bu hujjatlar 30-yilning oxirigacha e’tiboran chetda qolib, umumiy ishda foydalanilmay keldi. Keyin bu arxivlar topilib ularning Qo’qon, Xiva arxivlari ekanligi aniqlandi. Shundan so’ng ulardan keng foydalanila boshlandi. Qo’qon xonlari arxivi haqida tarixchi Troitskaya 1968 yilda «Katalog arxivi Kokandskix xanov XIX veka» nomli ma’lumotnomasini e’lon qildi. 1982 yilda bu hujjatlar Leningraddan Toshkentdagi Markaziy davlat arxiviga olib kelingan. Xiva xonlari arxivini birinchi bo’lib 1939 yilda tarixchi olim P.P.Ivanov o’rganib chiqib, bu arxiv to’g’risida xabar beradi. O’zbekiston Respublikasining Markaziy davlat arxivida Qo’qon, Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining Qushbegi arxivi, Turkiston general-gubernatorligi, uning barcha tashkilotlari arxivlari shuningdek, O’zbekistonning oktyabr to’ntarishidan keyingi davr. Sovet davri tashkilotlarining arxiv materiallari saqlangan. Bu arxivda bir milliondan ortiq yig’ma nildlar bor. Bu O’rta Osiyodagi eng katta boy arxivdir. Arxiv hujjatlari yozma va og’zaki shaklda bo’lishi mumkin. Og’zaki tarixiy hujjatlar har xil texnika vositalari bilan yozib yoki tasvirlab olinadi. Hujjatlar maxsus joylari, ya’ni arxivlarda sohalarga ajratilgan xronologik sanalarga ajratilgan. Toshkent O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi (O’zR. MDA) saqlanayotgan qimmatbaho hujjatlarning soni va mohiyati jihatidan O’rta Osiyo respublikalari markaziy davlat arxivlari ichida eng kattasidir. Unda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab to hozirgi kunimizgacha bo’lgan juda ko’p sonli hujjatlar saqlanmoqda. Turkiston general-gubernatorligiga qarashli. Hozirgi O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston va qisman Qozog’iston respublikalari hududidagi viloyatlar, uyezdlar, volostlar, muassasa va korxona hamda tashkilotlarning tarixiy faoliyatiga doir barcha hujjatlar mana shu markaziy arxivda mujassamlashtirilgan. Bu hujjatlardagi Turkiston chor hukumatining olib borgan mustamlakamachilik siyosati, rus xalqi bilan O’rta Osiyo shu jumladan o’zbek xalqining madaniy aloqalari, chor burjua apparati va tashkilotlarning bekor qilinishi haqidagi xilma-xil va boy materiallar O’rta Osiyo xalqlari tarixini har tomonlama chuqur o’rganishda bebaho durdona bo’lib xizmat qiladi. O’rta Osiyo xonliklari, bekliklari, diniy boshqarmalari faoliyatiga doir hujjatlar deyarli yo’q bo’lib ketgan. Ayrim mavjud materiallar esa o’lkani Rossiyaning bosib olish jarayonidagi harbiy to’qnashuvlar davrida yo’q qilib yuborilgan. 1917 yilgi oktyabr vohalariga qadar hujjatlar har bir idora va tashkilotning o’zida saqlangan. Arxivlar tarqoq holda bo’lib hujjatlar bir joyda yig’ilmagan, markazlashmagan edi. Oktyabr to’ntarishidan keyin Turkiston RSFSR tarkibida avtonom respublika sifatida faoliyat ko’rsata boshladi. Rossiya hukumati chiqargan qonunlar Turkiston uchun ham tegishli edi. Shuni aytish kerakki, RSFSR hukumati 1918 1 iyunda «Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish to’g’risida» dekret qabul qilindi. Bu dekretga asosan barcha tarqoq arxivlar markazlashdi. 1919 yil 15 noyabrda Turkiston Respublikasi maorif xalq komissarligi qaroriga binoan Arxiv ishlari Markaziy Bosh boshqarmasi tuzildi va V.N.Kucherboyev boshqarma boshlig’i etib tayinlandi. Davlat arxiv bo’limi 8ta seksiya va 4 bo’limdan iborat edi. Bo’limlar quyidagilardan iborat bo’lgan.
1-bo’lim - ma’muriy-diplomatik (yuridik seksiyalarini birlashtiradi).
2-bo’lim - harbiy seksiya.
3-bo’lim - maorif va iqtisodiyot.
4-bo’lim - tarixiy-inqilobiy, sharq va matbuot seksiyalari.
Davlat arxiv jamg’armasiga faqat 1917 yildan oldingi tashkilotlar arxiv hujjatlarigagina emas, balki sovet tashkilotlari arxiv hujjatlari ham aytila boshladi. Tashkilotlarda hujjatlar 5 yil saqlanishi va keyin Davlat arxiviga topshirishi belgilari. Bu qoida 1921 yil 30 sentyabrdan kuchga kiradi. Joylarda viloyat arxiv jamg’armalari tashkil qilindi.
Ma’lumki 1924 yilda O’rta Osiyo respublikalari (Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari)da milliy davlati chegaralanishi o’tkaziladi. Natijada RSFSR tarkibida O’zbekiston SSR va Turkmaniston SSR. Tojikiston ASSR (UzSSR tarkibida), Qozog’iston ASSR va Qirg’iziston avtonom viloyati tashkil qilindi. Buning natijasida O’zSSRning o’z arxiv tashkilotlari vujudga keldi. Arxiy hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar o’rtasida quyidagi tartibda bo’linadigan bo’ldi. O’rta Osiyo va ittifoq ahamiyatiga ega bo’lgan arxiv jamg’armalari O’rta Osiyo Markaziy arxivida - Toshkentda saqlanadigan bo’ldi. Har bir respublikalarga oid arxiv jamg’armalari shu respublikalarga beriladigan bo’ldi. Turkiston Respublikasining yagona davlat arxivi jamg’armasi shu tarzda bo’lindi. 1924 yilda 28 dekabrda maxsus qaror bilan O’zSSR M.I.K. huzurida arxiv ishlari markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O’zbekiston hududida tashkil qilingan barcha arxivlar, masalan, Farg’ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarida vujudga kelgan arxiv jamg’armalari O’zSSR arxivi ishlari markaziy boshqarmasiga topshirildi. Shuningdek O’rta Osiyo ahamiyatiga ega bo’lgan arxiv jamg’armalari ham O’rta Osiyo markaziy arxivi tuzilmaganligi uchun O’zbekiston arxiv boshqarmasiga topshirlid. Chunki bu O’rta Osiyo arxiv jamg’armalari Toshkentda vujudga kelgan edi. Shunday qilib, O’zSSR arxivida faqat respublika tarixiga oid hujjatlargina emas, balki butun O’rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlana boshladi. Viloyatlarda ham viloyat arxiv byurolari tashkil etildi. 1925 yilda Farg’ona, Samarqand, Toshkent, Zarafshon viloyat arxiv byurolari, 1926 yilda esa Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari arxiv byurolari ochildi. Arxiv hujjatlarini Markaziy arxivga yig’ish ishlari keyingi yillarda ham davom etdi. 1925-1929 yillarda 134 arxiv jamg’armasi qabul qilindi. 1929 yilda Markaziy arxivda 873ta arxiv jamg’armasi va 764 ming hujjat jamlangan edi. Viloyatlar arxivlarida 924 arxiv jamg’armasi va 994 ming hujjat saqlanardi. Ta’kidlash kerakki, arxiv xodimlari kam bo’lganligi uchun davlat arxivlardagi hujjatlarning yarmidan ko’pi tartibga solinmagan, bayon qilinmagan edi. Tabiiyki, bunday hollarda ulardan foydalanishning ham imkoni bo’lmagan. Shuning uchun davlat tashkilotlarining o’z arxivlarini tartibga solib, ro’yxat tuzib ularni davlat arxivlariga (Markaziy va viloyat arxivlariga) topshirishi talabi qo’yildi.


Yüklə 50,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə