Kirish I bob


Oilaviy munosabatlar doirasida tizimli yondoshuvlar



Yüklə 71,73 Kb.
səhifə4/11
tarix26.10.2023
ölçüsü71,73 Kb.
#130862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
imomova (2).docx Sitora

1.2.Oilaviy munosabatlar doirasida tizimli yondoshuvlar
21-asr oilasi konsepsiyasi. XXI asr kontseptsiyasini yaratish va uni hayotga joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – milliy an’analar, urf-odatlar, umuminsoniy kadriyatlar va jamiyat taraqqiyoti istiqbollarini hisobga olgan oila va uning ijtimoiy muhofazasiga aloqador tashkilot va jamoatchilik muassasalari uchun, oila borasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi olimlar va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga mas’ul bo‘lgan ta’lim va tarbiya masakanlari, ota-onalar uchun o‘zbek mentaliteti, xalqimizning o‘lmas madaniy meroslari, milliy qadriyatlarni inobatga olgan va uning ertasini belgilovchi metodologik hamda nazariy-amaliy qarashlar majmuini yaratishdan iboratdir. Bu ish Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazida “Ona va bola yili” davlat dasturi doirasida ishlab chiqildi. XXI asr oilasi kontseptsiyasini yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasining asriy an’analari, oilaviy urf-odatlari, milliy qadriyatlarini tarixiy-etnografik asosda o‘rgangan holda O‘zbekiston oilalarining istiqbolini belgilovchii ustivor vazifalarni va faoliyat strategiyalarini belgilashdan iboratdir.
O‘zbekiston oilalariga xos bo‘lgan ustivor xususiyatlar, milliy qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan oilaviy udumlar, rasm-rusmlar va an’analarning shaxsga tarbiyalovchi ta’sir ko‘rsatuvchi jihatlari ilmiy jihatlarini ochishga yo‘naltirilgan ushbu hujjat Respublikamizda istiqlol yillarida oilani ijtimoiy jihatdan himoya qilish, ota-onalarga berilgan imtiyozlar va bola tarbiyasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning komil inson tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarini inbatga olgan holda mavjud bo‘lgan muammolar doirasida oilaning istiqboli, rivojlanish tendentsiyalarini belgilaydi. «XXI asr oilasi» kontseptsiyasi asosida oilani kompleks o‘rganish dasturi taklif etilgan. Mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan oila siyosatining tom ma’nosi XXI asr oilasining istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlari jamiyat taraqqiyotining kafolatlari to‘g‘risidagi ezgu g‘oyalarimizga hamohangdir. SHunga tayangan holda XXI asrda oilalar rivojlanishiga asos bo‘luvchi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy omillar va tamoyillar quyidagicha ifodalanishi mumkin:
XXI asr oilasi jamiyatda ustivor bo‘lgan demokratik tamoyillarga asoslangan, hech qanday siyosiy kuchlarning sub’ektiv xohish-irodasiga qaram bo‘lmaydigan, jamiyatni olg‘a rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi illat va asoratlarni bartaraf etishga qodir bo‘lgan maskan rolini o‘ynaydi;
Yangi asr oilasi milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlar, an’analar va udumlarning jamiyat rivoji va oila barqarorligiga xizmat qiluvchi jihatlarini ilg‘or, insoniyat taraqqiyotiga aloqador an’analar bilan uyg‘unlashtiruvchi tabiiy makondir;
XXI asr oilasi insonparvarlik va demokratiya tamoyillarining tom ma’noda jamiyatda ustivor bo‘lishi va har bir jamiyat a’zosi bo‘lgan fuqaro tomonidan ongli tarzda idrok qilinishi uchun ma’rifat maktabini o‘ynaydi;
XXI asr oilasi umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatda tinchlik va xavfsizllikni ta’minlanishi uchun ma’naviy qo‘rg‘on rolini o‘ynaydigan ijtimoiy institutdir;
XXI asr oilasi “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat”, “Inson va uning manfaatlari har narsadan ulug‘” degan tamoyillarni o‘z a’zolari ongiga singdirish uchun qulay bo‘lgan mafkuraviy muhitdir;
XXI asr oilasi xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon tsivilizatsiyasining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradigan va shu asnoda har tomonlama barkamol sog‘lom avlodni tarbiyalovchi maskandir;
XXI asr oilasi har bir fuqaroning kuch va iqtidorini o‘z halol va safarbar mehnati orqali ro‘zg‘orning iqtisodiy takomilini ta’minlash, shu orqali jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining samaradorligi va qudratini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar makonidir. Oila iqtisodini barqarorlashtirishda oilaviy tadbirkorlik, ijara, oilaviy ishlab chiqarish, kasanachilik shakllaridan oqilona foydalanadi va oila budjetini yaxshilash, turmush tarzini farovonlashtirish uchun zamonaviy texnika va texnologiyalardan, maishiy xizmat shahobchalari xizmatidan unumli va o‘rindi foydalanadir.
XXI asr oilasi o‘z fuqarolarida yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish orqali insonlarga berilgan huquq va erkinliklarga ongli munosabatini ta’minlovchi, bunda milliy, umuminsoniy va demokratik tamoyillar ma’no-mohiyatini etkazuvchi ijtimoiy institutdir;
XXI asr oilasi o‘zining intellektual salohiyati, aql-zakovati va iqtidori bilan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanish orqali innovatsion kashfiyotlar va yuksak texnologiyalarni oila barqarorligiga yo‘naltiruvchi, sog‘lom ijodiy muhitni ta’minlovchi makondir.
Oilaning ijtimoiy mohiyati. Oilaviy munosabatlar attraktsiyasi. Oila a’zolari o‘rtasida sodir bo‘ladigan murakkab va serqirrali o‘zaro munosabatlar ko‘plab olimlar, shu jumladan, O‘zbekistonlik olimlar (M.Davletshin, G‘.SHoumarov, E.G‘oziev, B.Qodirov, X.Karimov, N.Sog‘inov, F.Akramova, G.YAdgarova, N.Salaeva, D.Xoliqov va boshqalar) tomonidan o‘rganilgan. Ularda ko‘proq o‘zbek oilasiga xos urf-odatlar, udumlar, an’analar nuqtai nazaridan oilaviy munosabatlarning etnopsixologik qirralari tadqiq etilgan. Lekin oila institutini ijtimoiy voqelik sifatida uning qonuniyatlarini tahlil etar ekanmiz, bu o‘rinda biz oilaviy o‘zaro munosabatlarga xos bo‘lgan munosabatlarning psixologik tabiatiga, kelib chiqishi va dinamikasiga e’tiborni qaratgan ko‘plab tadqiqotlarda ilgari surilgan ma’lumotlarni keltirishni joiz deb bildik. SHu nuqtai nazardan oilaviy munosabatlar fenomenologiyasi ijtimoiy-psixologik izlanishlar ob’ekti sifatida o‘rganilgan bir qator tadqiqotlar natijalariga murojaat qilamiz.
Oiladagi ijtimoiy munosabatlar va ularning kelib chiqish qonuniyatlarini batafsil monografik tarzda o‘rganganlardan biri rus olimi L.Y. Gozman (1987) hisoblanadi. U bu qonuniyatlarni ilmiy jihatdan tahlil etish uchun attraktsiya tushunchasini ishlatgan. Attraktsiya inglizcha attraction – tortilish, intilish so‘zlaridan olingan bo‘lib, u bir insonning ikkinchi bir insonga nisbatan his qiladigan ijobiy munosabatini anglatadi. Har qanday ana shu zayldagi diadik, ya’ni, diada – ikki kishi o‘rtasidagi munosabatlarning boshlanishi simpatiya, yoqtirish yoki attraktsiya bilan bog‘liqdir.
Oilaning turmush tarzi olimlar talqinida: V. Satirning tizimli yondoshuvi.
Oilaviy hayotni tizimli tarzda tasavvur etib, uning psixologik xususiyatlarini o‘rganishga jazm etgan olimlardan biri amerikalik tadqiqotchi Virjiniya Satir (1992, 2000) hisoblanadi. U oilaviy hayotni tavsiflash uchun quyidagi tushunchalarni ishlatadi: oila energetikasi, oila tizimi, chegarasi va funktsional xususiyatlari. Bu bilan u kelib chiqishi nuqtai nazaridan biologik hisoblangan ijtimoiy institutga texnologik metodologiyani tadbiq etishga urinadi. Bunday yondoshuv XX asr o‘rtalariga xos bo‘lib, u tufayli olim oilani tushunish borasida nafaqat yangi yo‘nalishga asos soldi, balki uni davolash, bu boradagi tibbiy muammolarni ham o‘rganishni boshlab berdi. Oila energetikasi tushunchasi o‘z ichiga ko‘plab jabhalarni xususan, oilaning tibbiy-biologik xususiyatlaridan tortib, uning psixologik mavjudligini belgilovchi omillar, ekologik shart-sharoitlardan boshlab, tiriklikning mezonlari bo‘lmish ovqatlanish hamda har bir oila a’zosining xatti-harakatlarining namoyon bo‘lishigacha qamrab oldi. Oilaviy hayotning psixologik energetikasini tavsiflash uchun Satir “oilaning emotsional qozoni” tushunchasini ishlatadi, ya’ni, oila a’zolarining kundalik muloqot, muomala jarayonlarini u go‘yoki “bir qozonda qaynovchilarning birgalikda yashashida namoyon bo‘ladigan hissiyotlar ko‘zgusiday” tasavvur etadi. Bu “qozonda”gi his-kechinmalar hayotning muayyan davrlarida o‘ta jo‘shqin va boy bo‘lsa, boshqa bir davrda mazmunan tor yoki tarang ham bo‘lishi mumkin. Oila a’zolarining bir birlariga mehr-muhabbati, yaqinligi, hamkorligi ma’lum davrlarda kuchli ijobiy bo‘lsa, boshqa davrda kimnidir kimdandir tobeligi bois yoki kimningdir qattiqqo‘lligi bois torroq, mazmunsizroq bo‘lishi ham ko‘zatiladi. Oilaviy munosabatlar tizimi – Satir ta’rifida oila a’zolarining muayyan rollar doirasida u yoki bu holatlarda o‘zligini namoyon etishi yoki ijrosi emas, balki, bu har bir oilaga xos bo‘lgan o‘zaro munosabatlar “xaritasi”dir. Masalan, biror oilaga yordam bermoqchi bo‘lgan terapevtga ayni shu xarita kerak, chunki u real a’zolarning real o‘zaro munosabatlarini boshqachasiga tasavvur etishi mushkul. Bu xaritaga ayni shu oila a’zolaridan tashqari, ularning yaqinlarining ta’siri ham kiradi. Masalan, agar erkak kishi oilada qandaydir ajrab qolgan bo‘lib, xotini va farzandlari bilan yashagan taqdirda ham uning xotiniga bo‘lgan real munosabatlariga boshqa uyda yashaydigan onasining ta’siri bo‘lsa, demak, oilaviy munosabatlar xaritasida qaynonaning ta’siri ham albatta nazarda tutilishi shart. yoki birinchi nikohidan ajralgan ayol sobiq erining farzandi bilan birga yashayotganligi bois, hamisha uni eslab turishi, bolasining istagiga ko‘ra, sobiq eri bilan ko‘rishib turishi, hattoki, moliyaviy jihatdan unga tobe ham bo‘lishi mumkin. Bu, tabiiy, ayni paytda real oilaviy munosabatlarga ta’sir etmay qolmaydi. Oilaning funktsional xususiyatlari – bu oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning sifatiy taraflarini tavsiflaydi.

Yüklə 71,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə