Kirish I. Umumiy qism



Yüklə 4,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/23
tarix26.05.2023
ölçüsü4,04 Mb.
#113013
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
uruglik paxtani yetishtirish saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

 
G‘o‘zani sug‘orish. 
Yuqori va sifatli hosil yetishtirishda suvning roli benihoyadir. Paxta maydonida 
suvning umumiy sarfi va transpiratsiyasining hajmi atrof muhit sharoitiga, 


agrotexnika darajasiga va dalaga quyiladigan suvning miqdoriga qarab keskin 
o‗zgaradi. 
Sug‗orish sxemalari tuproq tipi, mexanik tarkibi, yer osti suvining chuqur yoki 
yuza joylashganligiga qarab har-xil bo‗lishi mumkin, chunonchi 1:3:1; 1:4:1; 2:5:1; 
2:6:2 va hokozalar. 
G‗o‗zada butun o‗suv davrida mintaqalarga qarab gidromodul rayonlar 
e‘tiborga olinib, 2 martadan 12 martagacha sug‗orish o‗tkaziladi. 
G‗o‗zani umuman mavsumiy sug‗orish normasi gektariga 2000-8000 m gacha 
bo‗lishi mumkin. 
Sug‗orish meyori yengil (qumli va qumok) tuproqda g‗o‗za gullaguncha 
gektariga 500-600 m , gullash davrida 700-800 m , o‗rta qumoq tuproqlarda 
gullashgacha 600-700 m 3, gullash davrida 800-900 m , og‗ir tarkibli tuproqlarda 
gullashgacha 700 m atrofida, gullash davrida 1000-1100 m bo‗lishi kerak. 
G‗o‗zaning pishish davridagi sug‗orish meyori har gektariga 500-600 m dan 600- 700 
m gacha bo‗lishi mumkin. 
Qumli, shag‗al qatlamli tuproqlarda g‗o‗za 9-12 martagacha, o‗rta qumoq, sizot 
suvlari chuqur joylashgan yerlarda 7-9 martagacha, yer osti suvi yuza joylashgan 
yerlarada 2-4 martagacha sug‗oriladi. 
 
Chilpish (chekanka). 
G‗o‗zaning bosh poyasi va monopodial shoxining o‗sishini to‗xtatish 
maqsadida o‗sish nuqtasini yulib tashlash chilpish nomi bilan yuritiladi. 
Chilpishning ahamiyati shundaki, assimilyatsiya mahsulotlari o‗simlikka bir xil 
taqsimlanadi, hosil tugunchalarining to‗kilishi kamayadi, ko‗sak soni 1-2 tagacha, 
ko‗sakdagi paxta vazni 0,2-0,5 grammga ortadi, tola sifati yaxshilanadi, o‗suv davri 
5-10 kunga qisqaradi, hosildorlik gektariga 1,5-2,5 s oshadi. Chilpish muddatlarini 
belgilashda ko‗chat qalinligi, nav xususiyatlari, hosil shoxlarining soni hisobga 
olinadi. Tup soni 110-120 ming bo‗lgan maydonlarda hosil shoxi 15-16, 130-140 
ming tup bo‗lganda 13-14 taga yetganda chilpish o‗tkaziladi. 


Ingichka tolali g‗o‗zalarda ko‗chat qalinligi gektariga 130-140 ming bo‗lganda, 
hosil shoxlari soni 20-22 ta, 140-150 ming bo‗lganda 18-20 bo‗lganda o‗tkazilish 
ma‘qo‗l hisoblanadi. Chilpish qo‗l kuchi bilan, CHVX-4, CHVX-3,6 va CHXT-4 B 
markali moslamalar yordamida o‗tkaziladi. 
Kimyoviy chekanka qilinganda TUR yoki PIKS preparatlari ishlatiladi. O‗rta 
tolali g‗o‗zalar uchun TUR dan gektariga 0,25 kg, ingichka tolali g‗o‗zalarga esa 0,4 
kg, PIKS preparatidan 1,0-1,3 litr sarflanadi. Har gektar maydonga 300 litr hisobida 
ishchi eritma sepiladi. 

Yüklə 4,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə