Kirish I. Umumiy qism


IV. ATROF MUHIT MUHOFAZASI



Yüklə 4,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/23
tarix26.05.2023
ölçüsü4,04 Mb.
#113013
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
uruglik paxtani yetishtirish saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

IV. ATROF MUHIT MUHOFAZASI 
Chigitli paxtani dastlabki qayta ishlash texnologik jarayonining ishlab 
chiqarish sexi binolardagi havo va atrof-muhitni ifloslaydigan ko‗p chang ajralishi 
sababli, ishchilar sog‗lig‗iga salbiy ta‘siri katta. Bu esa o‗z navbatida, kasb 
patologiyasi va allergik kasalliklarini vujudga kelishiga sabab bo‗lishi mumkin. 
Ishlab chiqarish binolari havosining changlanishini kamaytirishga havo so‗rish 
tizimlari (aspiratsiya), atmosferaga chiqarilgan iflosliklarni tozalashga esa havo 
tozalagichlaridan foydalanish bilan erishiladi. Texnologik uskunalardan chiqadigan 
va havo so‗rish tizimlari yordamida uzoqlashtiriladigan havo 800-3000 mg/m3 gacha 
o‗zgarib turadigan boshlang‗ich changlanishga ega. 
4.1-jadvalda paxta tozalash zavodi asosiy chang manbalarining tavsifi 
keltirilgan. 
4.1-jadval 
t/r 
Chang manbayi 
Atmosferaga 
chiqariladigan havo 
miqdori, m
3
/s 
Tozalangan havoning 
changligi, mg/m
2
1. Tozalash uskunalarning havo 
so‗rish tizimi 
4’6 
1000’3000 
2. Tolaning pnevmotransport tizimi 
10’13 
1700’2000 
3. Paxtaning pnevmotransport tizimi 

3000 gacha 
4. Momiqning pnevmotransport 
tizimi 
6-9 
1700 
5. Paxta quritish barabanlarida 
ishlatiladigan quritish agenti 
6’9 
1700’2000 
6. Jin-linter sexi texnologik 
uskunasining havo so‗rish tizimi 
4,5’6 
1700’2000 
Chigitli paxtadan ajralgan chang organik va mineral fraksiyalardan iborat. 
Texnologik jarayon boshida, chigitli paxtani tashish, quritish va iflos 
aralashmalardan tozalash vaqtida mineral chang ajralib, havoni ifloslaydi. Texnologik 


jarayon oxirida, ayniqsa momiq ajratilganda va uni shibbalaganda organik chang 
ajraladi. Paxtani pnevmotransport tizimida ishlatilgan havoda 10-20 foizgacha 
organik va 80-90 foiz mineral zarralar bo‗ladi. 
Linterlash texnologik jarayonining oxirida momiqni zichlash sexiga havo 
yordamida uzatilishi sababli lint qoidalaridan chiqarilgan havo tarkibida organik 
fraksiya ulushi 90 foizgacha yetadi. Agar bunday zararli iflosliklardan havoni 
tozalamasdan atrof-muhitga chiqaradigan bo‗lsak, unda paxta tozalash zavod hududi 
chang bosib qo‗ymasdan atrof-muhiti ekologiyasiga ham katta zarar keltirgan bo‗lar 
edi. Shuning uchun paxta tozalash zavodining chang chiqaradigan barcha texnologik 
uskunalari va mexanizmlari mahalliy havo so‗rish tizimi bilan ta‘minlanishi kerak. 
Paxta tozalash zavodining jami texnologik uskunalari chang ajratadi va 
mahalliy chang so‗rish uskuna hamda mexanizmlarni changsizlantirishning asosiy 
usuli bo‗lib hisoblanadi. 
Ish joylariga changning chiqishini kamaytirish maqsadida texnologik uskunalar 
tirqishlarini biriktirish uchun quyidagilarni bajarish shart: 

chigitli paxtani quritish barabani bilan dudburon shaxtasi tutashtirilgan joyni 
issiqqa chidamli rezina bilan zichlash kerak; 

chigitli paxtani quritkichdan transport vositasiga tushadigan joyini yopgich bilan 
jihozlash; 

chigitli paxtaning transportyordan transportyorga tushish joyini havo so‗riladigan 
yopgich bilan ta‘minlash; 

mayda iflosliklardan tozalagich uskunasining chigitli paxtani konveyerga tushish 
joyini yopgich bilan jihozlash; 

jin va literlardan chigitning chigit konveyeriga tushish joyini zich berkitishdan 
iborat. 
Sexga chang chiqishini va havo almashuvini kamaytirish maqsadida 1VP yoki 
3OVP-M rusumli tola tozalagichlarga jin va linterlar qatorlariga o‗rnatilgan arrali 
silindrdan tola hamda lint (momiq) olish uchun ishlatiladigan ventilatorlarga havoni 
tashkiliy ravishda berishni tashkil qilish kerak. 


Yuqorida aytib o‗tilgan paxta tozalash zavodlarining sexlari ichiga o‗rnatilgan 
texnologik uskunalarning ishlash jarayonida ko‗plab zararli mineral hamda organik 
iflosliklar va kimyoviy moddalar ajralib chiqadi. Ularni havo quvurlari orqali 
ventilator ko‗magida chang tutish qurilmalariga berilib, keyin tozalangan holda atrof-
muhitiga uzatiladi. YA‘ni, paxta tozalash zavodi hududida va uning atrofidagi aholi 
joylashgan maskanlarning ekologik xavfsizligini ta‘minlash uchun bajariladi. 
Atmosfera havosining 78 foizini azot, 20,95 foizini kislurod, 0,93 foizini 
argon, 0,03 foizini karbonat angidrid va boshqa changlar, gazlar, havo bug‗lari tashkil 
qiladi. 
Bir kishi bir kecha-kunduz (sutka)da o‗rtacha 1 kg ovqat, 2 litr suv iste‘mol 
qilsa, nafas olish natijasida esa 25 kg havoni yutadi. 
Bundan kelib chiqadigan xulosa atrof-muhit va atmosferani iflos chiqindilardan 
himoya qilish paxta sanoati korxonalarining asosiy muammolarining biri bo‗lib 
hisoblanadi. Hozirgi kunda atrof-muhitni iflos chiqindilardan qo‗riqlash uchun har xil 
chang tutgich (ushlash) qurilmalari va moslamalaridan foydalaniladi. Har bir 
changsizlantiradigan qurilma chang tutish samarasi bilan tavsiflanadi u quyidagi 
tenglama bilan ifodalanadi: 
%
100
*
1
2
G
G


bunda: G
l
— ishlov beriladigan havo changning umumiy vazni, mg;
G
2
— changsizlantirish qurilmasi tomonidan tutilgan chang vazni, mg. 
Bir necha ketma-ket o‗rnatilgan chang tutkichlarning umumiy chang tutish 
samaradorligi ushbu formula bo‗yicha aniqlanadi: 


%
100
*
)
1
(
*
)...
1
(
*
)
1
(
1
2
1
n
um









bunda: η
1,
η
2
... η
n
- har bir ketma-ket o‗rnatilgan chang tutkichlarning chang 
tutish samaradorligi. 
Markazdan qochirma chang tutkichlar (siklonlar) changning ajratish uchun 
tutqich korpusida havoning aylanma harakati natijasida paydo bo‗ladigan markazdan 


qochma kuchdan foydalanadigan quruq inersion tutkichlardir. Chang tutkichning 
korpusi silindrsimon, silindrsimon-konusli yoki konussimon shaklda bo‗lishi 
mumkin. Havoni tozalash samaradorligi 85-90 foiz. 
Keyingi paytlarda paxta tozalash zavodlarida havo bo‗yicha ish unumdorligi 3 
va 6 m3/s bo‗lgan girdobli VZP-800 va VZP-1200 rusumli chang tutkichlar keng 
ishlatilmoqda. Uchrashuvchi burama oqimli mazkur chang tutkichlar havoni quruq 
markazdan qochma usulidagi tozalovchi chang tutkichlar guruhiga kiradi va chigitli 
paxtani qayta ishlashda foydalaniladigan iflos havoni tozalash uchun mo‗ljallangan. 
Hozirgi vaqtda bu girdobli chang tutkichlarning VZP-M3 rusumli takomillashtirilgan 
turlari ishlab chiqarishga joriy etilmoqda. Havoni tozalash samaradorligi 91-95 foiz. 
Respublika ilmiy markazi (RIM) «Paxtasanoat» bilan Moskva to‗qimachilik 
instituti (MTI) hamkorligida yuqori samaradorli, uch siklonli chang tutkich qurilma 
ishlab chiqildi. Undan chigitli paxta uchun havo yordamida tashish tizimining 
ishlatiladigan havosini tozalash uchun foydalaniladi. 
Qurilma ikkita VZP-M3, siklon UVS,-3M, yig‗ma vintli konveyer, ventilator, 
ventilatordan chiqishda havo oqimini ajratish uchun ayri quvur diametri 450 mm 
havo o‗tkazgich va bog‗lovchi elementlardan iborat. Chang tutish samaradorligi 96-
98 foizgacha bo‗ladi. 



Yüklə 4,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə