Kirish I. Umumiy qism


partiya qilib joylashtirish 10-15 kundan oshmasligi lozim



Yüklə 4,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix26.05.2023
ölçüsü4,04 Mb.
#113013
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
uruglik paxtani yetishtirish saqlash va qayta ishlash texnologiyasi


partiya qilib joylashtirish 10-15 kundan oshmasligi lozim. 
Urug‗lik paxtani qabul qilishda paxta tozalash zavodining urug‗lik 
laboratoriyasi har bir xo‗jalikning topshirgan paxtasidan chigitning pishganligi va 
unuvchanligini tekshirish maqsadida namunalar oladi. Namunalar urug‗lik paxtaning 
massasiga qarab har bir partiyadan yoki uning ma‘lum qismidan olinishi mumkin. 
Elita urug‗larning har 15, birinchi reproduksiya urug‗larining har 30, ikkinchi 
reproduksiya urug‗larning har 60, uchinchi va undan keyingi reproduksiyalarning har 
150 tonnasidan namuna olinadi. 
Paxtaning elita urug‗lari xo‗jaliklardan qabul qilib olingan qoplarda saqlanadi. 
Sifati har xil bo‗lgan urug‗lik paxta aralashib ketmasligi uchun ular alohida 
omborlarda saqlanadi. Birinchi reproduksiya urug‗larining massasi 200 t dan ortiq 
bo‗l-sa, ular ochiq maydonlarda bunt qilinib yangi brezent yopilib saqlanadi. 
Urug‗lik paxta saqlanadigan har bir omborda yoki buntda joylashtirilgan 
urug‗lik paxtaning partiyasi va massasi, navi, sanoat sorti, reproduksiyasi, nav 
tozaligi, dala aprobatsiya guruhi, ombor yoki bunt raqami, komplektlashning 
boshlanishi va oxiri, qo‗l yoki mashina terimi, tovarshunosning familiyasi yozilgan 
pasport o‗rnatiladi. 
Urug‗lik paxtani saqlash davrida har 10 kunda uning harorati o‗lchab turiladi. 
Agar urug‗lik paxta saqlanayotgan buntning 3 metr chuqurligida harorat 30S dan 
ortiq bo‗lsa, bunday paxta shamollatiladi. Urug‗lik paxta tayyorlov punktidan paxta 
tozalash zavodlariga maxsus idishlarda tashiladi. 
 
2.3. Urug‘lik paxtani sifatiga talablar. 
Urug‗lik paxtani paxta tozalash zavodlarining tayyorlash maskanlarida qabul 
qilish, saqlash, ishlab chiqarish sexlarida qayta ishlash va urug‗lik chigitni tayyorlash 


«Urug‗lik paxtani qayta ishlash va urug‗lik chigitni tayyorlashning 
muvofiqlashtirilgan texnologiyasi» (PDQI-44-2002) asosida amalga oshiriladi. 
Urug‗lik paxtani qabul qilishda oldin paxta tozalash zavodlarida urug‗lik paxta 
uchun ajratilgan omborxonalar, g‗aram maydonchalari, zararkunandalarga qarshi 
dezinfeksiya va dezinseksiya qilinadi. Brezentlar fumigatsiyalanadi (kimyoviy ishlov 
berish). Urug‗lik paxtani, elita urug‗larni tashish va saqlash uchun yangi qoplar 
tayyorlaydi. 
Paxta tozalash zavodi va paxta tayyorlash maskanlarining ishchi-xodimlari 
o‗rtasida urug‗lik paxtani qabul qilish, to‗dalarga ajratish, saqlash va ishlab chiqarish 
texnologiyasi bo‗yicha instruktaj-maslahat o‗tkaziladi. 
Paxta terimi boshlanishidan 15 kun oldin tuzilgan komissiya a‘zolari paxta 
tozalash zavodining mavsumiga tayyorgarligini tekshirib, o‗z fikrlarini bildiradi. 
Urug‗lik paxtaning seleksion navi, tola tipi, paxta sinfi va reproduksiyasi davlat 
standard O‗zRST 615-94 talablariga asosan qabul qilinadi. 
Urug‗lik paxta iflosligi, namligi va chigitlarining mexanikaviy shikastlanishiga 
asosan ikki sinfga (1,2) ajratiladi va 2.2-jadvalda berilgan normativ ko‗rsatkichlarga 
to‗g‗ri kelishi kerak: 
Urug‗lik paxtaning sinfi iflosligi yoki urug‗ining shikastlanishini eng yomon 
ko‗rsatkichi bo‗yicha aniqlanadi. Urug‗lik mahsulot tayyorlash uchun chigitli 
paxtaning elita, R1, R2, R3 reproduksiyalaridan foydalaniladi. 
Ayrim paytlarda qishloq va suv xo‗jaligi vazirligining ruxsati bilan urug‗lik 
paxtaning R4, R5 reproduksiyalarini ham ishlatish mumkin. 
2.2-Jadval 
Sinfi bo‗yicha dastlabki urug‗lik paxtaning ko‗rsatkichlari 
t/r 
Ko‗rsatkichlarning nomi 
1-sinf 
2-sinf 
1. Iflosligi, % ko‗p emas 
3,0 
8,0 
2. Namligi, % ko‗p emas 
8,0 
9,5 
3. Urug‗ining shikastlanishi, % 
0,5 
1,0 


Davlat standarti O‗zRST 615-94 da ko‗rsatilgan talablar asosida urug‗lik 
paxtaning konditsion vazni bo‗yicha to‗da (partiya)ga ajratilib qabul qilinadi. Qabul 
qilish paytida urug‗lik paxtaning oldindan tekshirilganligi (aprobatsiya qilingan) va 
daladan terilganligi to‗g‗risida hujjat (akt) bo‗lishi shart. 
Xo‗jaliklardan qabul qilingan urug‗lik paxta, xom ashyoni tayyorlash rejasi va 
oldindan tekshirish natijalari asosida to‗dalarga ajratilib, maxsus ochiq yoki yopiq 
omborlarda ishlab chiqarishga berilgungacha saqlanadi. 
Urug‗lik paxtaning sifat ko‗rsatkichlarini nazorat qilish quyidagi normativ 
hujjatlar asosida olib boriladi: 
O‗zRST 643-95 - qabul qilishda namuna olish; GOST 21820.0 - tayyorlashda 
va tashishda namuna olish; O‗zRST 644-95 - namligini aniqlash; O‗zRST 592-92 - 
iflosligini aniqlash; O‗zRST 593-92 - rangi va tashqi ko‗rinishini aniqlash; 
GOST 21820.3 - chigitning mexanik shikastlanishini aniqlash. Urug‗lik paxtani 
saqlash davrida paxta tayyorlash maskanlarining laboratoriyasi va paxta tozalash 
zavodi «Texnik nazorat bo‗limi» (TNB) xodimlari tomonidan ombordagi yoki 
g‗aramdagi chigitli paxtaning tashqi ko‗rinishi hamda haroratini o‗lchash va kuzatish 
asosida doimiy nazorat olib boriladi. Agar urug‗lik paxtani saqlash davomida 
qandaydir hamda salbiy o‗zgarishlar yuz bersa, zudlik bilan chora ko‗rilishi lozim. 

Yüklə 4,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə