Kirish Kurs ishining dolzarbligi



Yüklə 61,73 Kb.
səhifə10/14
tarix10.06.2023
ölçüsü61,73 Kb.
#116466
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kurs ishi 111

Amortizatsiya usullari
Foydalaniladigan amortizatsiya usuli bank aktivdan olinadigan iqtisodiy foydani iste’mol qiladigan sxemani aks ettirishi lozim. Agar bunday jadval aniq belgilanishi mumkin bo‘lmasa, unda amortizatsiyani teng maromli hisoblash usulini qo‘llash lozim.
Amortizatsiya quyidagi usullarni qo‘llash yo‘li bilan hisoblanadi:
1) teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli;
2) bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli;
3) kamayib boruvchi qoldiq usuli.
Turli xildagi aktivlarga amortizatsiya hisoblashning turli usullari qo‘llanishi mumkin. Bunda nomoddiy aktivlarning bir turiga faqat bitta usulni qo‘llash lozim.
Eskirish hisoblashning tanlangan usuli hisob siyosatida belgilanishi va bir hisobot davridan boshqasiga izchillik bilan qo‘llanishi va yil davomida o‘zgartirilmasligi lozim.
Teng maromli hisoblash usuli o‘zgarmas eskirish (amortizatsiya) summasini teng maromda, asosiy vositalarning foydali xizmat muddati mobaynida ularning qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblashga asoslanadi. Bunda quyidagi formulani ishlatish maqsadga muvofiq:

AQ AQ
YES = -------------- AM AXM = ------------ x100% OES = ------------ AM
100 AM 12x100

YES — yillik eskirish summasi;


AQ — aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati;
AXM — aktivning xizmat muddati;
AM — amortizatsiya me’yori;
OES — oylik eshkirish summasi.
Ushbu usul amortizatsiya faqat foydali xizmat muddatiga bog‘liq degan taxminga asoslangan.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli amortizatsiya summasini aktivning taxmin qilinayotgan ishlatilishi yoki taxmin qilinayotgan ishlab chiqarish unumdorligidan kelib chiqqan holda hisoblashga asoslangan. Bunda amortizatsiya quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
AQ
AS = ------------------------ x DBS
ChBS
AS — amortizatsiya summasi;
AQ — aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati;
DBS — mazkur davrdagi birliklar soni;
ChBS — aktivning butun foydali xizmat muddati uchun hisoblab chiqilgan (chamalangan) birliklar soni.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli amortizatsiya (eskirish) faqat foydalanish natijasi bo‘lib hisoblanishigagina asoslanadi va davrning bir qismi uning hisoblanish jarayonida biror-bir rol o‘ynamaydi.
Aktivdan intensiv foydalanilganda, ayniqsa ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta’sirida aktiv eskirishini jadallashtirilgan amortizatsiya usullari asosida hisoblash maqsadga muvofiqdir.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli hisoblanadigan amortizatsiya summasini aktivning foydali xizmat muddati mobaynida kamayishini anglatadi. Ushbu usulda teng maromli usulida foydalaniladigan me’yorga qaraganda ikki baravar oshirilgan amortizatsiya me’yori olinadi.
Nomoddiy aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan amortizatsiya usuli vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi lozim, agarda ushbu aktivlardan iqtisodiy foyda olishning taxmin qilinayotgan chizmasida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lgan holda, usul ushbu o‘zgarishlarni aks ettirish uchun o‘zgartirilishi va buxgalteriya baholarida o‘zgarishlar sifatida aks ettirilishi lozim, joriy va kelgusi davrlar amortizatsiya ajratmalariga esa tuzatish kiritilishi lozim.
Davrdagi amortizatsiya ajratmalari quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan bank xarajatlariga kiritiladi:
Dt 56618 “Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi”
Kt 16605 “Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi” (kontr-aktiv)


Yüklə 61,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə