Kirish Kurs ishining dolzarbligi


Nomoddiy aktivlar sotilishi va turli chiqimining hisobi



Yüklə 61,73 Kb.
səhifə11/14
tarix10.06.2023
ölçüsü61,73 Kb.
#116466
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kurs ishi 111

2.3 Nomoddiy aktivlar sotilishi va turli chiqimining hisobi.
Nomoddiy aktivlarni sotish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ular sotuvchi tashkilot balansidan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi.
Bunda tashkilot qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nomoddiy aktivlarni sotishning boshqacha qiymatini belgilash huquqiga egadir, bu qiymat balans qiymatidan farq qiladi.
Nomoddiy aktivlarni sotishdan moliyaviy natija (foyda yoki zarar), qo‘shilgan qiymat solig‘i va ularning sotish xarajatlarini, rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadigan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldosi)ga, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu obyektining avvalgi baholari o‘sishi summalarining uni avvalgi baholari pasayishi summalaridan oshgan summasiga korrektirovka qilgan holda nomoddiy aktivlarni sotishdan tushum va qoldiq (balans) qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni sotish munosabati bilan ularni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarning sotish (realizatsiya) qiymati summasiga:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
b) qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblangan taqdirda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyoti;
v) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatini hisobdan chiqarganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
g) nomoddiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilishida:
debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
d) sotish xarajatlari summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
Nomoddiy aktivlarni nomoddiy aktivlarga ayirboshlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ular mazkur aktivlarni nomoddiy aktivlarga ayirboshlashga berayotgan tashkilotning balansidan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday nomoddiy aktivga ayirboshlab olingan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning qoldiq qiymatiga tengdir.
Nomoddiy aktivlar qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan taqdirda xuddi shunday nomoddiy aktivga ayirboshlab sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning ayirboshlashda berilgan (olingan) pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari (qo‘shimcha to‘lov) summasiga ko‘paytirilgan (kamaytirilgan) qoldiq qiymatiga tengdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘xshash bo‘lmagan nomoddiy aktivga ayirboshlab olingan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning joriy qiymatiga tengdir.
Nomoddiy aktivlar qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan taqdirda o‘xshash bo‘lmagan nomoddiy aktivga ayirboshlab sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning ayirboshlashda berilgan (olingan) pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari (qo‘shimcha to‘lov) summasiga ko‘paytirilgan (kamaytirilgan) joriy qiymatiga tengdir.
Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni ayirboshlash munosabati bilan ularni balansdan chiqarish quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
b) nomoddiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilganda:
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
v) berilayotgan xuddi shunday nomoddiy aktivning qoldiq qiymati bo‘yicha yoki o‘xshash bo‘lmagan nomoddiy aktivga joriy qiymat bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovsiz ayirboshlab olingan nomoddiy aktivlar obyekti kirim qilinganida:
debet nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
g) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlab olingan nomoddiy aktivlar obyekti kirim qilinganida:
debet nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400) — berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati summasiga va pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlarining to‘lanadigan summasiga;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti — berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati bo‘yicha;
kredit 6990 “Boshqa majburiyatlar” schyoti — ayirboshlashda to‘lanadigan pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari summasiga;

Yüklə 61,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə