Kirish Kurs ishining dolzarbligi


Banklarda nomoddiy aktivlarni chiqib ketishi va sotilishi



Yüklə 61,73 Kb.
səhifə12/14
tarix10.06.2023
ölçüsü61,73 Kb.
#116466
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kurs ishi 111

Banklarda nomoddiy aktivlarni chiqib ketishi va sotilishi
Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan yuzaga keladigan foyda yoki zararlar aktivni sotishdan sof tushumlarning baholangan summasi bilan uning qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi hamda daromad yoki xarajat sifatida foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi.
Foydalanilishi to‘xtatilgan va chiqib ketish uchun mo‘ljallangan nomoddiy aktivlar aktivni faol foydalanishdan chiqarish sanasida ularning balans qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlar chiqib ketishida ularning qoldiq qiymati quyidagi tarzda aniqlanadi:
1) yig‘ilgan eskirish summasiga:
Dt 16605 “Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan amortizatsiyasi” (kontr-aktiv)
Kt 16601 “Nomoddiy aktivlar”
2) mazkur nomoddiy aktiv bo‘yicha 30908 — hisobvaraqda bor bo‘lgan qoldiq summasiga:
Dt 30908 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymat”
Kt 31203 “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)”
Hisobdan chiqariladigan nomoddiy aktivlar sotilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bajariladi:
1) nomoddiy aktivlar yetkazib berilgandan so‘ng xaridor tomonidan to‘lov amalga oshirilgan holda:
Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar”
Kt 16601 “Nomoddiy aktivlar”.
2) to‘lov kelib tushgandan keyingi buxgalteriya yozuvlari:
a) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan katta bo‘lsa:
Dt Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i
Kt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar”
Kt 45913 — “Bankning boshqa xususiy mulkini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda”
b) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan kichik bo‘lsa:
Dt Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i
Dt 55906 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar”
Kt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklari uchun to‘langan mablag‘lar”
3) oldindan to‘lov amalga oshirilgan holda:
Dt Bank vakillik hisobvarag‘i yoki xaridor hisobvarag‘i
Kt 29802 “Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi” va ayni vaqtda:
a) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan katta bo‘lsa:
Dt 29802 “Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi”
Kt 45913 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan foyda”
Kt 16601 “Nomoddiy aktivlar”
b) agar sotish narxi nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatidan kichik bo‘lsa:
Dt 29802 “Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi”
Dt 55906 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar”
Kt 16601 “Nomoddiy aktivlar”
To‘liq eskirganligi munosabati bilan, fors-major holatlarida, tekinga berilganda nomoddiy aktivlarning qiymati belgilangan tartibda zararga hisobdan chiqariladi va quyidagi o‘tkazma bilan rasmiylashtiriladi:
qoldiq qiymati summasiga:
Dt 55906 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar”
Kt 16601 “Nomoddiy aktivlar”
Agar nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqli bo‘lsa, xizmat muddati tugaganligiga qaramay bank ulardan foydalanishni davom ettirishi mumkin. Bunda nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblanmaydi.



Yüklə 61,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə