Kirish kurs ishining dolzarbligi



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə2/10
tarix11.10.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
.Fransiya va O\'zbekiston vvvvvvvNNNNNNNNNNNNN

Kurs ishing vazifasi: Oʻzbekiston dunyoning boshqa mamlakatlari bilan bir qatorda Fransiya bilan ham siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni oʻrnatdi. Shunday qilib, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi dastlabki munosabatlarning tamal toshi Amir Temur va Karl VI o‘rtasidagi o‘zaro hamkorliklari orqali qo‘yilgan hamda bu birdamlik munosabatlar hozirgi kunda ikki davlat o‘rtasida yangi sur’atlarda rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston-Fransiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yil fevralda o‘rnatilgan.

1.Fransiya va o'zbekiston o'rtasidagi xalqoro iqtisodiy hamkorlik.
Fransiya fuqarolarining O‘zbekiston hududiga kirishi uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim o‘rnatildi. Taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi.Keyingi yillar davomida ikki tomonlama hamkorlikda taʼlim sohasidagi o‘zaro hamkorlikka alohida eʼtibor qaratilmoqda.O‘zbekistonda704 ta maktab, kollej va litseylarda 170 mingdan ortiq o‘quvchi hamda 13 ta oliy o‘quv yurtida fransuz tilini o‘rganmoqda. Fransuz tilini o‘rgatuvchi fransuz operatori – Alyans Fransez Toshkentda faoliyat yuritadi.Sorbonna universiteti huzuridagi Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy institutida o‘zbek tili kurslari ochildiShu bilan birga, ilmiy-texnikaviy aloqalar ham shu davrda rivojlana boshladi, ya’ni ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida talaba va professional o‘qituvchilar almashish, amaliyot, o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslari yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida har yili yuzlab yurtdoshlarimiz Fransiyaning turli oliy o‘quv yurtlari (Parij, Lion, Marsel universitetlari) da o‘z bilimlarini oshirib kelmoqda. O‘z navbatida fransiyaliklar ham O‘zbekistonning yetakchi universitetlari ya’ni, Toshkent iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston jahon tillari universiteti, Buxoro va Samarqand universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning 1996-yil 21-24-apreldagi Fransiyaga bo‘lgan ikkinchi tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 8-9-oktabr kunlari Fransiya prezidenti Emmanuel Makron taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan birinchi marta Fransiyada bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyevning ish faoliyati davomidagi bu birinchi rasmiy tashrif ikki davlat o‘rtasidagi 22 yillik tanaffusdan so‘ng amalga oshirildi. Ushbu tashrif davomida Fransiya va O‘zbekiston davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan ` 239 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya uchrashuvlar o‘tkazildi. Oliy darajadagi O‘zbekiston — Fransiya muzokaralari kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, turli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, madaniygumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari o‘rin olgan. Olib borilgan uchrashuv va muzokaralar natijasida 10 dan ortiq idoralararo va hukumatlararo, shuningdek, transport, turizm, madaniyat va san’at, ekologiya, iqtisodiyot va moliya sohalarida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi va boshqa ko‘plab hujjatlar bo‘yicha qo‘shma qarorlar muhokama etildi va qabul qilindi. Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga bo‘lgan tashrifi davomida Fransiya bilan 5 milliard yevro miqdorida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Davlatimiz rahbarining Fransiyaga bo‘lgan ushbu ilk rasmiy tashrifi mamlakatlarimiz parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichi boshlanishiga turtki bo‘ldi. 2019-yil 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Fransiya Respublikasi Yevropa ishlari va tashqi ishlar vaziri huzuridagi Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda Fransiya O‘zbekistonning ishonchli va uzoq muddatli hamkor sifatida munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berayotgan davlat sifatida ta’kidladi. Ikki davlat vakillari orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil oktabrida Fransiyaga tashrifi davomida imzolangan shartnomalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi. Shuning bilan birga 2022-yil 21- noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning o‘zbek tilida chop etilgan “Yashasin, Fransiya” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu bo‘lib o‘tgan taqdimot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga bo‘lgan rasmiy tashrifiga bag‘ishlangan bo‘lib, tadbir Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev tomonidan ochib berildi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, “Fransiya universitetlari bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hozirgi kunga qadar 3 ta memorandum imzolagan. Mazkur kitobning o‘zbek tilida chop etilishi – katta hodisa. Sizlar uning birinchi mushtariylaridan bo‘lasizlar”, - deya ta’kidlab o‘tdi. Ushbu kitobni o‘qish orqali Fransiyaning hozirgi davrdagi siyosati, ustuvor yo‘nalishlari va bu davlatning O‘zbekiston siyosatiga bo‘lgan munosabatini tushunish mumkin.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 21-noyabr kuni Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan Fransiyaga tashrif buyurdi. Bu Shavkat Mirziyoyevning so‘ngi to‘rt yil ichidagi ikkinchi rasmiy tashrifi hisoblanadi. Shuni aytib o‘tish lozimki, Prezidentimiz bunchalik qisqa vaqt ichida hech bir Yevropa davlatiga ikki bor tashrif buyurmagan. Bu tashrif Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarning tobora mustahkamlanib borayotganligidan dalolat beradi. ` 240 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya Tashrifning birinchi kuni - 21-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu rasmiy tashrif doirasida Parij shahrida Fransiya taraqqiyot agentligi (FAR) bosh direktori Remi Riuni qabul qildi. Bu uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi istiqbolli loyihalar bilan boyitish masalalari yuzasidan kelishuvlar olib borildi. Ikki tomonlama imzolangan loyihalar portfeli 1 milliard yevroga yetdi. Muzokaralar davomida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, shuningdek ta’lim, sog‘liqni saqlash va infratuzilma sohalarini joriy qilish, energetika va transportda “yashil” iqtisodiyot loyihalarini rivojlantirish, agrosanoat majmuini qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlarni o‘qitish va ularning tadbirkorligini moliyalashtirish loyihalarini ilgari surish kabi ustuvor yo‘nalishlarda amaliy sheriklikni chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat xizmatchilari malaka oshirishlari uchun Fransiyada kurslar tashkil qilinadi. Ushbu hujjatda davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, sohaga oid loyihalarni amalga oshirish, o‘quv dasturlari va qo‘shma tadbirlarni tashkil qilish belgilangan. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki” AJ va O‘zbekiston Savdosanoat palatasi o‘rtasida Fransiyada yetakchi bo‘lgan FERRANDI Paris instituti bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Hamkorlik shartnomasiga binoan FERRANDI Paris instituti filiallari Toshkent va Samarqandda o‘z faoliyatlarini boshlaydi.
Tomonlar o‘rtasida imzolangan shartnomalarni ro‘yobga chiqarish yuzasidan “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashga kelishib oldilar va bir necha sohalarda aniq loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadigan 1 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan 2025-yilgacha strategik hamkorlik dasturini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. ` 241 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashrif davomida parijdagi Hôtel national des Invalides saroyida Fransiya Respublikasi Savdo vaziri-delegati, O‘zbekistonFransiya ishbilarmonlar kengashi raisi Oliver Besht bilan uchrashdi. Qayd etish joizki, Hôtel national des Invalides saroyi XVII asrda Fransiya qiroli Lyudovik XIV buyrug‘iga ko‘ra barpo etilgan arxitektura yodgorligidir. Bu saroyda taniqli fransuz imperatorlaridan biri Napoleon Bonapartning qabri joylashgan. 22-noyabr kuni Parijdagi faxriylar uyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy kutib olindi. Marosimda Prezidentimiz sharafiga Fransiya Respublika gvardiyasi harbiy xizmatchilari saf tortdi. Bo‘lib o‘tgan marosimdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi Yelisey saroyi - Fransiya Prezidentining qarorgohiga yo‘l oldi va ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Bunga ko‘ra, so‘ngi yillarda Fransiya kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar va qo‘shma korxonalar soni 3 barobar ko‘paydi. Yelisey saroyidagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekistonning madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar bilan tanishish uchun Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron o‘z rafiqalari hamrohligida Luvr muzeyi hamda Arab dunyosi institutiga tashrif buyurdi. U yerda institut va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari” hamda “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahalarida” nomli ko‘rgazmalar tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmalarda O‘zbekistonning XIX asr oxiri – XX asr boshlariga oid moddiy madaniyati taqdim etildi. yirik 9 ta muzeylaridan 300 dan ortiq eksponatdan iborat. Hunarmand ajdodlarimizning yuksak ijodiy tafakkuri va mahoratini namoyon etadigan Nukus, Samarqand, Buxoro va Toshkent muzeylaridan keltirilgan to‘qimachilik buyumlari, libos va poyabzallar, bosh kiyimlar, shuningdek, 89 ta zargarlik buyumlari ko‘rgazmadan joy oldi. Tashkil etilgan ko‘rgazma Yevropa xalqlari o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Shu sababli O‘zbekiston tarixi va madaniy hayotini aks ettirgan tarixiy eksponatlarni tomosha qilish uchun bu yerda uzun navbat yuzaga keldi. “Qariyb ikki ming yillik davrni qamrab olgan mazkur ko‘rgazma mamlakatimizning boy tarixi va merosini chet ellik tashrif buyuruvchilarga ochib beradi. Parijdagi ko‘rgazmalar ` 242 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya jamg‘armaning madaniyatimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha missiyasini yanada kengaytirishi, shuningdek, kelgusidagi ikki tomonlama hamkorligimiz uchun mustahkam poydevor yaratishi tabiiydir”, - deb o‘z fikrini bildirdi Gayane Umerova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori. Shuni aytib o‘tish joizki, yarim yil davom etadigan ushbu ko‘rgazma har kuni 20 ming sayyohni qabul qilmoqda. Luvr muzeyidagi ushbu ko‘rgazma 2022-yilning 23-noyabridan 2023-yil 4-iyun kuniga qadar keng xalqaro jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi.
Bu esa O‘zbekistonni butun dunyoga tanitishda katta ko‘prik vazifasini bajaradi. Shu bilan davlatimiz rahbarining Fransiyaga rasmiy tashrifi o‘z yakuniga yetdi. Ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgandan beri savdo aloqalari yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida umumiy savdo hajmi 7,6 % ga, O‘zbekiston mahsulotlari eksport hajmining Fransiyaga to‘g‘ri keladigan ulushi esa 8 barobarga ortdi. Tashrif davomida ham bu savdo aloqalarini yanada kengaytirishga katta e‘tibor qaratildi. O‘zbekiston havo yo‘llarini yanada kengaytirish maqsadida Fransiyadan 12 ta Airbus A320neo va A321neo hamda 5 ta ATR 72-600 samolyotlarini 813,5 million yevroga xarid qiladi. Xulosa qilib aytganda, Ikki davlatga ham manfaatli bo‘ladigan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, madaniy-tarixiy, ta’lim tizimi va davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik loyihalarini imzolanishi samarali bo‘ladi. Luvr muzeyida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazma O‘zbekistonning turizm sohasi rivojlanishida juda ham katta ahamiyat kasb etadi. Ikki mamlakat yetakchilarining o‘zaro kelishuvlari nafaqat O‘zbekiston va Fransiya xalqlari, balki, butun Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 2016 yilning 8 dekabr kuni YeXHT TIVKning navbatdagi majlisida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hamburg shahrida Fransiya Respublikasining Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.Muzokaralar yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Fransiya Respublikasi hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida Fransiya taraqqiyot agentligi va PROPARKOni ta'sis etish va ularning faoliyati to‘g‘risida Bitim imzolandi.Bitimda Fransiya taraqqiyot agentligi (FAR) va uning sho‘ba tashkiloti “Iqtisodiy hamkorlik uchun ko‘maklashish va ishtirok etish jamiyati” (PROPARKO)ning O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritish tartibi va shartlari belgilangan.Hujjat ikki davlatda ham belgilangan ichki protseduralar yakunlanganidan so‘ng kuchga kiradi va uchrashuvda ta'kidlanganidek, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi investitsion va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda samaradorlikni oshirishga imkon beradi. O‘zbekiston arxeologlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Qayd etish joizki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parijga rasmiy tashrifi doirasida jahonga mashhur Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida mamlakatimizning eng boy madaniy-tarixiy merosiga oid noyob ko‘rgazmalar ochiladi. Bu fransuzlarga O‘zbekiston tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. O‘zbekistonni butun dunyoga tanitishda katta ko‘prik vazifasini bajaradi. Shu bilan davlatimiz rahbarining Fransiyaga rasmiy tashrifi o‘z yakuniga yetdi. Ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgandan beri savdo aloqalari yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida umumiy savdo hajmi 7,6 % ga, O‘zbekiston mahsulotlari eksport hajmining Fransiyaga to‘g‘ri keladigan ulushi esa 8 barobarga ortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga bo‘lgan rasmiy tashrifiga bag‘ishlangan bo‘lib, tadbir Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev tomonidan ochib berildi.


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə