Kirish. Odam organizmi to’G’risida umumiy ma’lumot



Yüklə 172,93 Kb.
səhifə11/43
tarix28.11.2023
ölçüsü172,93 Kb.
#134660
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
8,9 kitobcha test

NAFAS OLISH SISTEMASI

1. Nafas olish sistemasining havo o’tkazuvchi yo’llarini aniqlang.


1-og’iz bo’shlig’i; 2-burun bo’shlig’i; 3-hiqildoq; 4-qizilo’ngach; 5-halqum; 6-kekirdak; 7-bronxlar; 8-o’pkalar;
A) 1, 3, 4, 7; B) 2, 3, 6, 7;
C) 2, 3, 5, 8; D) 4, 5, 6, 8;

2. Noto’g’ri fikrni aniqlang.


A) yutinish payitida hiqildoq yo’lini hiqildoqusti tog’ayi berkitadi;
B) ovozning balandligi ovoz paylarining uzunligiga bog’liq;
C) burun bo’shlig’i devoridagi tuklar havodagi mikroblarni zararsizlantiradi;
D) nafas olinganda burun bo’shlig’idan o’tayotgan havo namlanadi va iliydi;

3. Hiqildoqdagi ovoz teshigi qachon ochiq(I), yarim ochiq(II) va yopiq bo’ladi?


A) I –ashula aytganda; II –gapirganda; III –pichirlab gapirganda;
B) I –pichirlab gapirganda; II –ashula aytganda; III –gapirganda;
C) I –jim turganda; II –pichirlab gapirganda; III –ashula aytganda;
D) I –jim turganda; II – ashula aytganda; III –pichirlab gapirganda;

4. Odamning ovoz paylari bir sekundda minimal(I) va maksimal(II) holatdagi tebranishlar sonini aniqlang.


A) I –80; II –10000;
B) I –800; II –10000;
C) I –80; II –1000;
D) I –1000; II –800;

5. Ovoz qayerda ma’noli nutqqa aylanadi.


1-og’iz bo’shlig’i; 2-burun bo’shlig’i; 3-halqum; 4-g’ovak kalla suyagi; 5-yuqori jag’; 6-hiqildoq;
A) 2, 5, 6; B) 2, 3, 4;
C) 1, 3, 5; D) 1, 2, 6;

6. Nafas olishda (I) va nafas chiqarishda (II) qaysi muskullar qisqarishini aniqlang.


A) I – tashqi qovurg’alararo, diafragma muskullari; II – ichki qovurg’alararo muskullari;
B) I –ichki qovurg’alararo, diafragma muskullari; II – tashqi qovurg’alararo muskullari;
C) I –ichki qovurg’alararo, qorin muskullari; II –tashqi qovurg’alaraor, qori muskullari;
D) I –tashqi qovurg’alararo, qorin muskullari; II –ichki va tashqi qovurg’alararo muskullari;

7. O’pkaning tiriklik sig’imi(I), zaxiradagi havo(II), nafas havosi(III), qo’shimcha havo(IV) va qoldiq havo(V) hajmini aniqlang.


1 – 500; 2 – 1500; 3 – 4500; 4 – 3500; 5 – 1200; 6 – 7000- 7500;
A) I –4; II –2; III –1; IV –5; V –2;
B) I –6; II –5; III –1; IV –2; V –2;
C) I –4; II –2; III –1; IV –2; V –5;
D) I –3; II –2; III –2; IV –5; V –1;

8. Nafas olingan va chiqarilgan havo tarkibidagi kislorod gazi tarkibidagi farqini aniqlang (%).


A) 20,94 %; B) 16,3 %;
C) 4,91 %; D) 4,64 %;

9. Cho’kkan odamga sun’iy nafas berilgandan so’ng o’ziga kelganini qanday belgilar bilan anglash mumkin.


A) ko’z qorachig’i kengayadi, terisi oqaradi, tomir urishi tiklanadi;
B) ko’z qorachig’i torayadi, terisi qizaradi, tomir urishi to’xtaydi;
C) ko’z qorachig’i torayadi, terisi qizaradi, tomir urishi tiklanadi;
D) boshi og’riydi, ko’ngil ayniydi, ko’z qorachig’i kengayadi;

10. Gemoglobinga kislorodga nisbattan 300 marta tezroq bitiradigan moddani aniqlang.


A) karbonat angidrid; B) is gazi;
C) azot gazi; D) inert gazlar;

11. Bir kecha-kunduzda o’pka orqali necha litr qon o’tadi.


A) 1700 l; B) 1000 l;
C) 2300 l; D) 17000 l;

12. Odam tinch holatda bir minutda necha marta nafas olib, chiqaradi.


A) 12 – 14; B) 14 – 16;
C) 16 – 18; D) 18 – 20;

13. O’pka haqidagi to’g’ri ma’lumotni aniqlang.


A) hiqildoqning davomi bo’lib, uning oldingi devori yarim halqa tog’aydan, orqa devoir qizilo’ngachga yopishib turadigan yumshoq to’qimadan iborat;
B) qorin bo’shlig’ini to’ldirib turadi;
C) har bir o’pkada 750 mln atrofida alveolalar bo’ladi;
D) o’pkalar tashqi tomondan ikki qavat biriktiruvchi to’qimadan iborat plivra pardasi bilan qoplangan;

14. O’pkaning tiriklik sig’imi odam tug’ulgandan so’ng voyaga yetguncha necha martaga ortib boradi.


A) 40; B) 45; C) 50; D) 35;

15. Nafas oligandagi havo tarkibidan chiqarilgandagi havo tarkibida qaysi gazlar miqdori ortadi(I) va qaysi gazlar miqdori kamayadi(II).


1-kislorod; 2-azot; 3-karbonat angidrid;
4-suv bug’lari; 5-inert gazlar;
A) I –1; II – 2, 3, 4;
B) I –2, 3, 4; II –1, 5;
C) I –2, 3, 4; II –1;
D) I –1, 2, 3; II –4, 5;

16. Minutlik o’pka ventilatsiyasini aniqlang.


A) 6 – 8 l; B) 7 – 8 l;
C) 8 – 9 l; D) 8 – 10 l;

17. Nafas olish va chiqarishda qaysi gazlar tarkibi o’zgarmaydi.


A) azot; B) kislorod;
C) karbonat angidrid; D) boshqa gazlar;

18. Is gazi bilan zaharlanishning belgilarini aniqlang.


A) boshi og’riydi, ko’ngli ayniydi, hushidan ketadi, o’lib qolishi mumkin;
B) boshi aylanadi, hushidan ketadi, qaltiroq paydo bo’ladi;
C) bo’g’inlarda va belda og’riq paydo bo’ladi, hushini yo’qotadi;
D) boshi aylanadi, qaltiroq paydo bo’ladi, o’lib qoladi;

19. Nafas markazi bosh miyaning qaysi qismida joylashgan.


A) miyachada; B) uzunchoq miyada;
C) orqa miyada; D) miya ko’prigida;

20. Rinit kasalligi haqidagi to’g’ri ma’lumotni aniqlang.


1-tomoq shilliq pardasi yalig’lanishi;
2-viruslar paydo qiladi; 3-burun shilliq pardasining yalig’lanishi; 4-kasallikda burnidan suv oqadi; 5-tez-tez yo’tal paydo bo’ladi; 6-burun orqali nafas olish qiyinlashadi; 7-tez-tez aksa uradi; 8-hazm qilish sistemasi kasalligi; 9-burun shilliq pardasining yalig’lanishi;
A) 1, 2, 5, 8; B) 3, 4, 6, 9;
C) 2, 4, 6, 7; D) 3, 6, 8, 9;

21. Quyidagi ma’lumotlar ichidan noto’g’risini aniqlang.


A) yo’talish nafas yo’lining quyi qismlari – hiqildoq, kekirdak, bronxlardagi retseptorlarda paydo bo’ladigan qo’zg’alishlar bilan bog’liq jarayon;
B) aksirganda burun bo’shlig’iga tushib qolgan zarrachalar chiqib ketadi;
C) tumov bo’lganda burun bo’shlig’ida to’planib qolgan shilimshiq yo’talish refleksini paydo qiladi;
D) aksirganda burun bo’shlig’iga tushib qolgan zarrachalar chiqib ketadi;

22. Nafas olishning ixtiyoriy boshqarilishi qayerda joylashganini aniqlang.


A) uzunchoq miyada;
B) o’rta miyada;
C) bosh miya katta yarimsharlar po’slog’ida;
D) miya ko’prigida;

23. Gripp kasalligi haqida noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.


A) kasallikni viruslar paydo qiladi;
B) gripp juda tez tarqaladigan tomchi infeksiyali kasallik hisoblanadi;
C) infeksiya havo orqali sog’lom odam nafas yo’llariga tushganida kasallik yuqadi;
D) kasallik virusi bemorning burnidan oqib turadigan shilliq moddada, yo’talganida ajralib chiqadigan balg’ami va orqa miya suyuqligida bo’ladi;

24. Rinit kasalligi haqidagi noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.


1-tomoq shilliq pardasi yalig’lanishi;
2-viruslar paydo qiladi; 3-burun shilliq pardasining yalig’lanishi; 4-kasallikda burnidan suv oqadi; 5-tez-tez yo’tal paydo bo’ladi; 6-burun orqali nafas olish qiyinlashadi; 7-tez-tez aksa uradi; 8-hazm qilish sistemasi kasalligi; 9-burun shilliq pardasining yalig’lanishi;
A) 1, 2, 5, 8; B) 3, 4, 6, 9;
C) 2, 4, 6, 7; D) 3, 6, 8, 9;

25. Chiqarilgan havo tarkibidagi karbonat angidrid gazining miqdorini (%) aniqlang.


A) 16 %; B) 4 %;
C) 0,03%; D) 16,3 %;



Yüklə 172,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə