Kirish. Odam organizmi to’G’risida umumiy ma’lumot


Sekret chiqarish yo’li bo’lmaydigan bezni aniqlang. A) buyrak usti; B) oshqozonosti; C) jinsiy; D) yog’; 10



Yüklə 172,93 Kb.
səhifə6/43
tarix28.11.2023
ölçüsü172,93 Kb.
#134660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
8,9 kitobcha test

9. Sekret chiqarish yo’li bo’lmaydigan bezni aniqlang.
A) buyrak usti; B) oshqozonosti;
C) jinsiy; D) yog’;


10. Gem oqsili qayerdan ishlab chiqariladi?
A) jigardan;
B) oshqozonosti bezidan;
C) buyrak usti bezidan;
D) qalqonoldi bezidan;


11. Ichki sekretsiya bezlari ichida eng yirik bezni aniqlang.
A) gipofiz bezi; B) qalqonsimon bez;
C) timus; D) buyrakusti bezi;


12. Tiroksin gormoni yetishmaganda yosh bolalar qanday belgilar paydo bo’ladi va qanday kasallik yuzaga keladi?
A) o’sishi, aqliy va jismoniy rivojlanishi juda tezlashadi; kretinizm xastaligi paydo bo’ladi;
B) o’sishi, aqliy va jismoniy rivojlanishi juda sekinlashadi; miksedema xastaligi paydo bo’ladi;
C) o’sishi, aqliy va jismoniy rivojlanishi juda sekinlashadi; kretinizm xastaligi paydo bo’ladi;
D) qalqonsimon bez yiriklashib, bo’yinda shish paydo bo’ladi; endemik buqoq kasalligi yuzaga keladi;
13. Miksedema kasalligining begilarini aniqlang.
A) bolalarning o’sishi, aqliy va jismoniy rivojlanishi juda sekinlashadi;
B) qalqonsimon bezyiriklashib, bo’yinda shish paydo bo’ladi;
C) moddalar almashinuvi sekinlashib, nerv sistemasi qo’zg’alishi pasayadi, qovoqlar shishib ketadi;
D) moddalar almashinuvi kuchayib, nerv sistemasining qo’zg’aluvchanligi ortadi va kishi ozib ketadi;


14. Qizlar balog’atga yetishi davrida qalqonsimon bez funksiyasi kuchaysa qanday kasallik paydo bo’ladi va uning belgilarini aniqlang.
A) Bazedov kasalligi; moddalar almashinuvi kuchayib, nerv sistemasining qo’zg’aluvchanligi ortadi va kishi ozib ketadi;
B) tireotoksikoz; tez jahl chiqishi, uyqusizlik, terlash, ishtahaning pasayishi;
C) kretinizm; uyqusizlik, terlash, aqliy va jismoniy rivojlanishining sekinlashishi;
D) endemik buqoq; bo’yinda shish paydo bo’lishi;


15. Qaysi xastalikda ko’zlar notabiiy chaqchayadi;
A) kretinizm;
B) miksedema;
C) endemik buqoq;
D) Bazedov kasalligi;


16. Sekretsiya bezlari va ularning faoliyatini juflab yozing.
I-ichki; II-tashqi; III-aralash;
1-sekreti organlar bo’shlig’i va qonga ajraladi; 2-sekreti qonga ajraladi;
3-sekreti organlar bo’shlig’i yoki teri yuzasiga ajraladi;
A) I –2; II –3; III –1;
B) I –1; II –2; III –3;
C) I –2; II –1; III –3;
D) I –3; II –2; III –1;


17. Kasalliklarni ularni ularni davolash yo’llari bilan birga juftlab yozing.
I-endemik buqoq; II-bazedov;
A) I-qalqonsimon bez funksiyasini pasaytiradigan preparatlardan foydalaniladi; II-bezning bir qismi olib tashlanadi;
B) I- qalqonsimon bez funksiyasini pasaytiradigan preparatlardan foydalaniladi; II-osh tuziga yod moddasi qo’shib, ishlov beriladi;
C) I - bezning bir qismi olib tashlanadi; II- qalqonsimon bez funksiyasini pasaytiradigan preparatlardan foydalaniladi;
D) I- osh tuziga yod moddasi qo’shib, ishlov beriladi; II- qalqonsimon bez funksiyasini pasaytiradigan preparatlardan foydalaniladi;


18. Paratgormon haqida to’g’ri ma’lumotni aniqlang.
1-qalqonsimon bezdan ishlab chiqariladi; 2-kalsiy va fosfor miqdorini boshqaradi; 3-nerv muskul qo’zg’aluvchanligiga ta’sir qiladi; 4-ko’p ishlab chiqarilsa fosfor miqdori ortadi; 5-paratgormon qonda D vitamini bo’lganida sintezlanadi;
A) 2, 3, 5; B) 1, 2, 3;
C)2, 3, 4; D)3, 4, 5;


19. Paratgormon kam ishlab chiqarilganda (I) va ko’p ishlab chiqarilganda (II) yuzaga keladigan jarayonlar bilan juftlab yozing.
1-kalsiy miqdori ortadi; 2-kalsiy miqdori kamayadi; 3-nerv-muskul qo’zg’aluvchanligi ortadi; 4-suyaklar yumshab, deformatsiyaga uchraydi; 5-qovoq va lablar pirpiraydi; 6-qo’llar qaltiraydi; 7-tana muskullari bo’shashadi; 8-holsizlanib, tez charchaydi;
A) I –2, 3, 5; II –1, 4, 8;
B) I –1, 4, 7; II –2, 3, 6;
C) I –3, 5, 6; II –2, 7, 8;
D) I –2, 5, 8; II –1, 4, 7;


20. Tutqanoq (tetaniya) nima sababdan yuzaga keladi.
A) qalqonsimon bez funksiyasi pasayganda;
B) paratgormon ko’p ishlab chiqarilganda;
C) paratgormon kam ishlab chiqarilganda;
D) qonda D vitamini normal bo’lganda;


21. Quyidagi qaysi gormon gipofiz bezidan ajralib chiqmaydi.
A) somatotrop gormoni;
B) tireotrop gormoni;
C) adrenalin gormoni;
D) gonadotrop gormoni;


22. Gipofiz beziga xos hususiyatni aniqlang.
1-massasi 0,5-0.6 g; 2-o’rta miyada joylashgan; 3-shakli no’xatsimon; 4-qon tomirlari orqali bosh miya gipotalamus bilan bog’langan; 5-bezning adrenokortikoid gormoni oshqazonosti bezi faoliyatini boshqaradi; 6-bezning somatatrop gormoni ko’p ishlab chiqarilsa nanizm kasalligi kelib chiqadi;
A) 1, 2, 3; B) 1, 3, 4;
C) 2, 3, 4; D) 2, 5, 6;



Yüklə 172,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə