Kirish Xom-ashyolardan hamma tomonlama foydalanish Asosiy qism


Qattiq chiqindilarni hosil qiluvchi manbalar



Yüklə 47,13 Kb.
səhifə3/5
tarix29.09.2023
ölçüsü47,13 Kb.
#125027
1   2   3   4   5
chiqindi

Qattiq chiqindilarni hosil qiluvchi manbalar.

Sanoatning shiddat bilan rivojlanishi mineral xomashyolardan keng miqyosda foydalanishiga olib keladi. 104 ta kimyoviy elementlaming 87 tasidan ishlab chiqarishda foydalanib kelinyapti. Natijada mineral xomashyoning ayovsiz sarflanishi, qattiq chiqindilar uyumining ortib borishi kuzatilyapti. Sanoat korxonalarida ko‘plab miqdorda chiqindilarning yig‘ilib qolishiga sabab xomashyoni qayta ishlash texnologiyalarining eskiligi va undan kompleks ravishda foydalanish imkoniyatining yo‘qligidir. Chiqindilarni yo‘qotish transportirovka qilish, ularni maxsus joylarda saqlash uchun ancha mablag‘ talab qilinadi. Metallurgiya, ko‘mir qazib olish, IESlarida chiqindiga sarflanadigan xarajatlar asosiy mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlaming 8—30% ni tashkil etadi.


Ishlab chiqarishda hosil bo‘layotgan qattiq chiqindilar manbalari Qattiq chiqindilarni ularni hosil qilayotgan sanoat sohalariga binoan tasnif qilinadi. Masalan, kimyo sanoati, metallurgiya, yoqilg'i va boshqa tur sanoat korxonalari chiqindilari yoki bir sohaning korxonalari turlariga binoan guruhlarga ajratiladi. Masalan, sulfat kislotasi soda, fosforli mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilari. Qattiq chiqindilar turlarining ko‘pligi ularni utilizatsiyalash masalasini juda murakkablashtirib yuboradi. Lekin shunga qaramay ko‘pgina korxona chiqindilaridan foydalanishning samarali texnologiyalari ishlab chiqilgan. Shuningdek, chiqindilarni rekuperatsiya qilish texnologiyalari asosida ikkilamchi ashyoviy resurslarni utilizatsiyalash, ularni qayta ishlash, xomashyo sifatida ishlatish jarayonlari yotadi. Qattiq chiqindilarni utilizatsiyalash uchun avvalo, ularni komponentlarga ajratish zarur.
Boyitish.
Rekuperatsiya texnologiyasida turli boyitish usullari (gravitatsion, magnit elektrik, flongatsion va maxsus) qo‘llaniladi. Sanoat chiqindilaridan foydalanishni tashkil qilish jarayonlari qayta ishlanayotgan mahsulotlarni ba’zan ishqorsizlantirish (ekstraksiya), eritish va kristallash usullari bilan amalga oshiriladi. Qattiq chiqindilarni boyitish va maydalash foydali qazilmalami qazib olishda, metallurgiya korxonalari shlaklarini qayta ishlashda, ishdan chiqqan rezina-texnik mahsulotlarini, plastmassa, qurilish va boshqa mahsulotlarni qayta ishlashda qo‘llaniladi.



Yüklə 47,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə