Kirish Xom-ashyolardan hamma tomonlama foydalanish Asosiy qism


Metallurgiya sanoati ikkilamchi chiqindilari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar samaradorligi



Yüklə 47,13 Kb.
səhifə4/5
tarix29.09.2023
ölçüsü47,13 Kb.
#125027
1   2   3   4   5
chiqindi

Metallurgiya sanoati ikkilamchi chiqindilari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar samaradorligi
Qora va rangli metallurgiya sanoatining metallurgiya shlaklari qurilish
materiallari ishlab chiqarish uchun bebaho xom-ashyolardan biri hisoblanadi.
Maqbul tarkib asosida beton tayyorlash texnologiyasida metallurgiyasi sanoati
chiqindilari shlaklar o'zining barcha parametlari va xossalari bo'yicha to'liq tabiiy to'ldiruvchilarning o'rnini bosishi mumkin.
Qora va rangli metallurgiya sanoatining metallurgiya shlaklari qurilish
materiallari ishlab chiqarish uchun bebaho xom-ashyolardan biri hisoblanadi.
Maqbul tarkib asosida beton tayyorlash texnologiyasida metallurgiyasi sanoati
chiqindilari shlaklar o'zining barcha parametlari va xossalari bo'yicha to'liq tabiiy
to'ldiruvchilarning o'rnini bosishi mumkin.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog'i bo'lib, u butun xalq
xo'jaligining rivojlanishi darajasini belgilab beradi. Sanoatda ishlab chiqarish
qurollari va vositalari hamda xalq iste'moli mollarining asosiy qismi bunyod
etiladi. Mehnat predmeti (kishi mehnati yo'naltirilgan buyum)ga bo'lgan t a'sir
xarakteriga qarab sanoat konchilik sanoati va ishlov berish tarmoqlariga
bo'linadi. Birinchi tarmoq, ruda, ko'mir, neft, gaz va boshqa tabiiy xomashyo
qazib olish, gidroelektrostansiyalar va boshqa korxonalarni o'z ichiga oladi.
Ikkinchi tarmoqqa esa qora va rangli metallar, prokatlar, kimyoviy va neft-kimyo
mahsulotlari, qurilish materiallari, o'rmonchilik, oziq-ovqat va boshqa xalq
iste'moli mollari mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, atom, issiqlik
elektrostansiyalari kiradi. O'zbekistonda sanoatning quyidagi tarmoqlari muvofiq
ravishda rivojlanib bormoqda:

  1. metallurgiya kompleksi;

  2. mashinasozlik kompleksi;

  3. neft-kimyo kompleksi;

  4. agrosanoat kompleksi;

Sanoatning rivojlanishi dinamik xarakterga ega bo'lib, unda doimo o'zgarishlar
sodir bo'lib turadi. Sanoat ishlab chiqarish o'zaro bog'liq bo'lgan mehnat
jarayonlari va tabiiy jarayonlar yig'indisidan iborat. Bu jarayonlar yordamida
korxonaga keltirilgan xomashyoga ishlov berishda ularni tashishga, ko'chirishga,
nazorat qilishga, ishlab chiqarish uchun zarur b o ig an jihozlar va turli xil energiya
bilan ta'm inlash uchun juda ko'p m ehnat sarf qilinadi. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni texnologik, transport, energetik va shu kabi bir qancha
jarayonlardan iborat boladi. Lekin ishlab chiqarish asosini texnologik jarayonlar
tashkil etadi. Texnologik jarayonlar yordamida xomashyo ishlab chiqarish
mahsulotiga aylantiriladi. Texnologik jarayonlar turli prinsip asosida, masalan,
ishlatilayotgan xomashyo turiga ko'ra (neft, o'simlik va hayvonot xomashyolari
texnologiyasi), olish usullariga ko'ra (oksidlash, qaytarish, elektrlash, suyultirish
va hokazo), ishlatilishiga ko'ra (qog'oz, plastmassa va qurilish m ateriallari
texnologiyasi) tasniflanadi. Texnologik jarayonlar quyidagi turlarga o'linadi:

  1. davriy jarayon;

  2. uzluksiz jarayon;

  3. kombinatsiyalashgan (davriy, uzluksiz) jarayon.

Davriy jarayonda kerakli miqdordagi xomashyo apparatga tushiriladi, texnologik
jarayonlar o'tkaziladi va tayyor mahsulot chiqarib olinadi. So'ngra apparatni
yuvib, tozalab, yana yangi xomashyo tushiriladi va yuqoridagi jarayonlar
takrorlanadi. Bu ish ko'p m arta qaytariladi. Davriy jarayonga davriy ishlaydigan
pechlarda g'isht pishirish va p o'latga term ik ishlov berish jarayonlarini misol
qilib olish mumkin.
Uzluksiz jarayonlarda apparatning hamma qismlarida kerakli parametrlar
(harorat, bosim va hokazo) o'zgarishsiz saqlanadi. Apparatga bir tomondan
to'xtovsiz sur'atda xomashyo tushirib turiladi va qayta ishlanayotgan material
ketma-ket bir qancha bosqichlardan o'tib, tayyor mahsulot sifatida ikkinchi
tomondan to'xtovsiz ravishda chiqarib turiladi. Bunday apparatlarda uzluksiz
jarayonlar ma'lum vaqt davom ida to'xtovsiz ravishda olib boriladi. Ba'zan
uzluksiz jarayonlarda apparatga xomashyo bo'lib bo'lib tushiriladi, tayyor
mahsulot ham alohida-alohida chiqarib olinadi, lekin umumiy jarayon
to'xtatilmaydi, ya'ni uzluksizligicha qoladi. Bunday jarayonlar
kombinatsiyalashgan yoki uzluksiz davriy jarayonlar deb yuritiladi (domna
pechida cho'yan, marten pechlarida poiat suyuqlantirib olish va hokazo
jarayonlar).
Bugungi kunda sanoat korxonalari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri yillar
davomida to'planib qolgan texnogen chiqindilarni qayta ishlash hisoblanadi. Bu
yo'nalishda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mutaxassislari tomonidan bir
necha yillardan buyon samarali ishlar olib borilib, yangi texnologiyalar
yaratilmoqda. Jumladan, Mis eritish zavodining Metallurgiya sexida konverter
toshqollarini maydalash uchastkasi faoliyati yo'lga qo'yildi. Mazkur uchastkaning
faoliyatini yo'lga qo'yishdan asosiy ko'zlangan maqsad texnogen chiqindilar
tarkibidagi mis, oltin va kumushni ajratib olish darajasini oshirish orqali
qo'shimcha mahsulotlar olishdan iborat.
Loyihaning e'tiborga molik tomoni shundaki, texnogen chiqindilarni qayta ishlash
loyihasi ortiqcha mablag'lar sarfisiz amalga oshirildi. Misni boyitish fabrikasini
rekonstruksiya qilish davomida almashtirilgan maydalagich (drobilka)
metallolomga topshirilmadi, aksincha unga “ikkinchi hayot baxsh etildi”. Natijada
mazkur ob'ektni ishga tushirish uchun atigi 395 ming dollar mablag' sarflandi.
Ushbu uchastkada mis shteynlarini konverterlash jarayonida hosil bo'ladigan
texnogen chiqindilar (toshqollar), aylanma materiallarini maydalash hamda
klinker (rux ishlab chiqarish jarayonida hosil bo'ladigan chiqindi) bilan xomashyo
qorishmasi tayyorlanib, Vanyukov pechida to'g'ridan-to'g'ri eritiladi.
Xulosa
Kombinat tomonidan birmuncha oldin yaratilgan texnologiya bo'yicha texnogen
chiqindilar 2-Mis boyitish fabrikasida (oraliq masofasi 6 km) qayta ishlanib,
konsentrat sifatida qaytarib olinar edi. Mazkur jarayonlarda transport, ishchi
xizmati, yonilg'i resurslari, boyitishda foydalaniladigan kimyoviy reagentlarga
bo'lgan xarajatlari oyiga o'rtacha 587 mln so'm tashkil qilar edi. Ishlab
chiqarishda qo'llanilgan yangi texnologiya yiliga 7,04 mlrd so'm mablag'larni
tejash imkonini beradi.
Yana bir ahamiyatli jihati shundaki 2-Mis boyitish fabrikasida texnogen
chiqindilarni qayta ishlash orqali foydali metallarni olish ko'rsatkichi mis bo'yicha
60-72% bo'lgan. Metallurgiya sexi Vanyukov pechidan to'g'ridan-to'g'ri qayta
ishlash jarayoni orqali xomashyodan mis tayyor mahsulotini ajratib olish
ko'rsatkichi esa 93,87% tashkil etadi. Buning natijasida qo'shimcha mahsulot
olishga erishiladi.
Shuningdek, kombinatda yana bir yangilik yaratildi. Rux zavodi texnogen
chiqindilarini qayta ishlash jarayoniga jalb qilish orqali Metallurgiya sexi
Vanyukov pechi, eritish va konverter pechlaridagi tabiy gazni tejab qolish va
qo'shimcha mis, oltin va kumush mahsulotlarini ajratib olish imkonini beradi.
E'tiboringizni raqamlarga qaratadigan bo'lsak, mazkur uchastkada yiliga:
Mis eritish zavodining 24 000 tonna texnogen chiqindilari qayta ishlanadi.
Natijada yiliga qo'shimcha 789 tonna mis katodi, 58 kg oltin va 442 kg kumush
ajratib olinadi.
Rux zavodining 96 000 tonna texnogen chiqindilarini (klinker) qayta ishlash esa
qo'shimcha 2 028 tonna mis katodi, 121,2 kg oltin va 29,9 tonna kumush olish
imkoniyatini yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, texnogen chiqindilarni qayta ishlash natijasida yiliga 59,2
mln dollar daromad olinadi.

Yüklə 47,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə