Kirish Xom-ashyolardan hamma tomonlama foydalanish Asosiy qism


Qora va rangli metall temir-tersaklarga ishlov berishdan keyingi chiqindilar klassifikatsiyasi



Yüklə 47,13 Kb.
səhifə2/5
tarix29.09.2023
ölçüsü47,13 Kb.
#125027
1   2   3   4   5
chiqindi

Qora va rangli metall temir-tersaklarga ishlov berishdan keyingi chiqindilar klassifikatsiyasi

Ikkilamchi qora metallar - qora metallar metallurgiyasining asosiy xom


ashyosi hisoblanadi. Har qaysi turdagi metallurgik agregatlarga (marten pechi,
elektropo‘lat eritish pechi, domna pech) alohida nav va sinflardagi temir-tersak va
ularni chiqindilari talab qilinadi. Shuning uchun ikkilamchi qora metallar
klassifikatsiyalanadi.
Ikkilamchi qora metallarni sinflarga, kategoriyalarga, turlarga, guruhlarga
klassifikatsiyalashda kimyoviy tarkibi, sifati, o‘lchamlari hisobga olinadi. Hamma
qora metallarning temir-tersaklari va ularning chiqindilari ikkita sinf, ikkita
kategoriya, yigirma sakkiz tur va oltmish etti guruhga bo‘linadi. Qora metall temir-
tersaklari va ularni chiqindilari sinf bo‘yicha po‘latli va cho‘yanli temir-tersak va
ularni chiqindilarga bo‘linadi. Po‘latli temir-tersak va chiqindilarga po‘lat eritish
agregatlari uchun mo‘ljallangan ugleroAdli (tarkibida uglerod miqdori 2 foizgacha bo‘lgan) qora metallarni temir-tersaklari va chiqindilari kiradi.
Cho‘yanli temir-tersak va chiqindilariga vagranka uchun mo‘ljallangan,
uglerodni miqdori 2 foizdan ko‘p bo‘lgan, qora metallarni temir-tersaklari va ularni
chiqindilari kiradi. Bu ikki sinfga ham kirmaydigan, ya’ni bu sinflardan tashqari
temir-tersak chiqindilar bor. Bular domna pech qo‘shilmalari, prokat ishlab
chiqarishidagi va temirchilikdagi metall kuyindilari, svarka shlaklari kiradi.
Legirlovchi element miqdoriga ko‘ra, bu sinflar quyidagi ikkita kategoriyaga
bo‘linadi: A - legirlanmagan uglerodli; B - legirlangan .
Marganets miqdori po‘latli temir-tersaklarda 1 foizgacha, cho‘yanli temir-
tersaklarda 2 foizgacha bo‘lsa, kremniy miqdori po‘latli temir-tersaklarda 0,8 foiz,
cho‘yanli temir-tersaklarda 4 foizgacha bo‘lsa, fosfor miqdori cho‘yanli temir-
tersaklarda 1,5 foizgacha bo‘lsa, legirlanmagan hisoblanadi. Qolgan elementlarni
har qanday miqdorida temir-tersak legirlangan hisoblanadi.
Rangli metallarning temir-tersak va chiqindilari - rangli metallarning
temir-tersaklari va chiqindilar ishlab chiqarishda, ishlatish muddati o‘tishida, rangli
metallardan turli xil detallar tayyorlashda hosil bo‘ladi. Ikkilamchi xom ashyo
quyidagilarga bo‘linadi:
1) amartizatsion chiqindilar;
2) maishiy temir-tersaklar va chiqindilar;
3) ishlab chiqarish chiqindilari.
Xalq xo‘jaligida ikkilamchi xom ashyolardan ratsional foydalanish
maqsadida rangli metallarning temir-tersaklari va chiqindilariga Davlat standarti
belgilangan. Davlat standartiga muvofiq har bir turdagi xom ashyoni sifati
aniqlanadi va iste’molchiga etkaziladi. Ikkilamchi rangli metallarning temir-
tersaklari va chiqindilarining kimyoviy tarkibi bo‘yicha guruh va markalarga, fizik
xususiyatlariga ko‘ra - sinflarga va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha nav (sort)larga
ajratiladi. Ikkilamchi rangli metallarni fizik alomati - ularning qaysi temir-tersakka,
qism chiqindilariga, list kesimlariga, shlamlarga yoki boshqa chiqindilarga
tegishliligini aniqlaydi.
Rangli metallarning temir-tersaklari va chiqindilari to‘rt sinfga bo‘linadi. Bu
sinflarga quyidagi temir-tersaklar kiradi:
1) a sinfga - temir-tersaklar va bo‘lak-bo‘lak chiqindilar;
2) b sinfga - qirindilar;
3) v sinfga - kukunsimon chiqindilar;
4) g sinfga-boshqa chiqindilar.
Guruhlar bo‘yicha bo‘linish, guruhda bir-biriga kimyoviy tarkibi bo‘yicha
yaqin bo‘lgan qotishmalarni biriktirishiga asoslangan. Bunda bir guruhdagi temir-
tersak va chiqindilarni qayta ishlab mazkur tarkibdagi qotishmalar olish mumkin.
Birinchi guruhga toza metallar, keyingi guruhlarga ularni qotishmalari
kiradi. lyuminiy, mis, nikel, qalay, ruxni har bir sinfini oxirgi guruhlariga past
sifatli aralashgan temir-tersak va chiqindilar kiradi.
Temir-tersak va chiqindilarni navlarga bo‘lishda, ularni ifloslanishi, massasi
va o‘lcham (gabarit) lari hisobga olinadi.
Birinchi navga G sinfdan tashqari hamma temir-tersak va chiqindilar kiradi.
Birinchi navga tegishli temir-tersak va chiqindilarni qo‘shimcha ishlov bermasdan
metallurgik qayta ishlash mumkin. Past sifatli va G sinfga tegishli temir-tersaklar
va ularning chiqindilaridan tashqari, barcha temir-tersak va chiqindilar maxsus
pasport bo‘yicha etkazib beriladi. Bu pasportda temir-tersak va ularning
chiqindilarini nomlanishi, sinfi, guruhi ko‘rsatiladi.
Rangli metall va qotishmalarning temir-tersaklari va chiqindilari har bir xili
(alohida metall), sinfi, guruhi yoki markasi alohida yig‘ilishi kerak. YA’ni bir
metall temir-tersaklari va chiqindilari ikkinchi metall temir-tersaklari va
chiqindilari bilan bir guruh, sinf, marka temir-tersaklari va chiqindilari ikkinchi
guruh, sinf, marka temir-tersaklari va chiqindilari bilan aralashishi qa’tiyan
ta’qiqlanadi. Faqat ayrim hollarda iste’molchi bilan kelishilgan hollardagina
aralashgan temir-tersak va chiqindilar yig‘iladi.
Har qanday rangli metall va qotishmalarning sochiluvchan qirindilarining
uzunligi 100 mm dan oshmasligi va 3 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Topshirilgan temir-tersaklari va chiqindilarni portlash xavfi bor-yo‘qligi
tekshiriladi, portlash xavfi bo‘lgan detallar, qirindilaridetal qismlari ajratib olinadi.
Bundan tashqari barcha yig‘ilgan temir-tersaklari va chiqindilarning portlash xavfi
bor-yo‘qligi nazorat shaklida tekshiriladi.
YOpiq idishlar, rezervuarlar, balonlar, bochkalar, trubalar va boshqa jismlar
ichi to‘liq bo‘shatiladi, bundan tashqari bu jismlarning ichi tekshiriladi. Standart
bo‘yicha samolyot va harbiy texnika temir-tersaklari yoqilg‘idan, moylovchi
materiallardan, suyuqliklardan tozalanadi. Bundan tashqari harbiy texnika temir-
tersaklari o‘q doridan, portlash xavfi bo‘lgan agregatlardan, qismlardan,
detallardan ajratiladi. Portlash xavfi bo‘lgan temir-tersaklar keyingi qayta ishlashga
yuborilishdan oldin, maxsus alohida maydonchalarda pirotexnik rahbarligida
tekshiriladi.
Navga bo‘linishi tegishli metallarni miqdori va zararlanishiga bog‘liq.
Metall miqdori qancha ko‘p va zararlanish qancha kam bo‘lsa, rangli metallar
temir-tersak va chiqindilarining navi shunchalik yuqori bo‘ladi. Zararlanish deb
ularda chang, moy, tuproq, namlik, kraska, saqich, izolyasiyalovchi va o‘rovchi
materiallarni, turli xil begona qismlarini, temir-tersak va chiqindiga kirmaydigan
turli detallarni borligiga aytiladi. Past navlarga hech qanday talablarga javob
bermaydigan metallar kiradi. Rangli metallarni temir-tersaklari va chiqindilari xar
bir metalni va qotishmasini aloxida eritish uchun xom ashyo hisoblanadi.
Ikkilamchi rangli metallarni qayta eritish quyidagi asosiy tip metallurgik
pechlarida amalga oshiriladi: yallig‘ qaytaruvchi shaxtali, tigelli, elektro, yoyli,
induksion va qarshilik pechlari. Alyuminiyli qotishmalar asosan alyuminiy temir-
tersak va chiqindilarini elektropechlardan qayta eritish orqali olinadi. Bunda
metalning kuyishi unchalik ko‘p bo‘lmaydi. Sifatli ikkilamchi alyuminiy olish
uchun alyuminiy rafinirlanadi, ya’ni turli xil aralashmalardan tozalanadi. Har qaysi
metall va qotishmalarni temir-tersak va chiqindilardan eritib olish texnologiyasi
o‘ziga xos xususiyatiga ega. Masalan: ikkilamchi bronza va latunni eritish yallig‘
pechda olib boriladi. Dastavval suyuq vanna hosil qilish uchun bo‘lak-bo‘lak
temir-tersaklar va ularni chiqindilari eritiladi. Keyin shixta yuklanadi. SHixta - bu
pechlarda eritilishi kerak bo‘lgan ma’danli xom ashyo bilan flyuslar qorishmasidir.
Qizdirish rejimi shixtaning tarkibiga qarab o‘zgartiriladi: ya’ni toza misni
eritish, latunli chiqindilarini eritishga nisbatan jadal olib boriladi. Eritishni tezlatish
uchun qattiq shixta aralashtiriladi. Paketlar po‘latli ilgak bilan tutiladi,
yumshatiladi.
Qiyin eriydigan shixtalar yuqori temperaturali zonalariga yuklanadi, ya’ni
hamma solingan narsalarning eng ustki qismiga tashlanadi. Gorizontal joylashgan
yoyli elektropechlarda rux miqdori yuqori bo‘lgan qalayli bronza eritiladi. 1000-
1100С temperaturaga qizdirilgan pechga dastavval zich shixta bo‘lmagan ruh
metali bronza va mis temir-tersak va chiqindilari xomaki bronza zich shixta yuklanadi. Shixta flyus bilan qoplanadi. Qizdirish 1200C ga etganda, latunli
temir-tersaklar, bronza va latun qirindilari solinadi. Flyus - metallurgiyada shixta
tarkibiga qo‘shiladigan va yuqori temperaturada keraksiz jismlar bilan reaksiyaga
kirishib shlak hosil qiluvchi modda shlakning suyuqlanish temperaturasini
kamaytiradi.
Hamma solingan xom ashyolar erigandan so‘ng shlak chiqarib yuboradi va
qalay va qo‘rg‘oshin qizdiriladi. Metall 1100-1150С temperaturada chiqarib
olinadi. Qo‘rg‘oshinli ikkilamchi qotishmalarni akkumulyator chiqindilarni
shaxtali pechda eritish orqali olish mumkin. Mayda sochiluvchan xom ashyolar
qizdirilib biriktiradigan konveyer mashinalarda bo‘lak xoliga keltiriladi.
Shixtali eritish jarayonida xomaki qo‘rg‘oshin yoki babbitlar ishlab
chiqarish uchun qotishma olinadi. Unga o‘tkir, achchiq o‘yuvchi natriy xlor natriy
va selitra bilan ishlov beriladi, bug‘ puflanadi, alyuminiy qo‘shib aralashmalardan
tozalanadi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, har qaysi markadagi temir-tersak va
chiqindilardan rangli metallar va qotishmalar olish juda ham murakkab jarayon bo‘lib maxsus o‘rganishlarni talab qiladi
bo‘lib maxsus o‘rganishlarni talab qiladi

Yüklə 47,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə