Kommutatsiya va marshrutizatsiya



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə27/40
tarix24.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#160607
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
kkkkk

advipservicesk9- funktsiyalar to'plamini belgilaydi. Ushbu misolda advipservicesk9 kengaytirilgan IP xizmatlari texnologiya paketiga ishora qiladi, u ham ilg'or xavfsizlik funksiyalarini, ham IPv6 bilan tashuvchi to'plamlarini o'z ichiga oladi.
Mz- obrazni qayerdan boshlash kerakligini va uning fayli siqilganligini ko'rsatadi. Bu misolda mz fayl operativ xotiradan (OЗУ) ishga tushirilayotganini va u siqilganligini bildiradi.
124-22.T - uchun fayl nomi formati 12.4 (6) T.
bin — Fayl kengaytmasi. Bu kengaytma ikkilik bajariladigan faylni bildiradi.
Tarmoq kengayishi bilan Cisco IOS obrazi va konfiguratsiya fayllari markaziy TFTP serverida saqlanishi mumkin. Bu IOS obrazi lari va versiyalari sonini, shuningdek, saqlanishi kerak bo'lgan OS konfiguratsiya fayllarini boshqarish imkonini beradi.
TFTP (Trivial File Transfer Protocol –файлларни узатишни оддий протоколи) протоколи ишлатилади. У UDP -69 транспорт протоколи устида ишлайди. Пакетни стандарт узунлиги 512 байт, сарловҳаси 4 байт. Хатоларни назорат қилиш бажарилмайди. Пакетга тасдиқ келган бўлса қабул қилинган ҳисобланади. Акс ҳолда бир каррали узатиш бажарилади.





13 – laboratoriya ishi. IP – telefoniya xizmatini tashkil etish


Ishdan maqsad
IP – telefoniya xizmatini harakteristikalarini, tarmoqda tashkil etishni va ulanish usullarini o‘rganish.


Topshiriq

  1. IP – telefoniya xizmatini tavsiflari

  2. IP – telefoniya xizmatini tashkil etish asoslari

  3. Har xil turdagi qurilmalarda IP – telefoniya xizmatini tashkil etish


13.1 – rasm. Tarmoq topologiyasi

Qisqacha nazariy ma’lumotlar

IP - telefoniyani joriy etilishidagi eng muhim muammolardan biri - xizmatlarning yuqori sifatini ta’minlashdir. IP - telefoniya telekommunikatsiya bozorida nisbatan yosh vosita bo‘lib, IP tarmoqda xizmatlarning sifatini ta’minlash mexanizmlarining samarali bo‘lishini ta’minlashga erishish talab etiladi. Ushbu muammoni echilishida, belgilangan QoS xizmatlari sifatini ta’minlovchi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llanilishida ham tarmoqni qamrab olish ko‘lamida ham turkum hususiyatga ega bo‘lish lozim.


IP tarmoqlarda belgilangan QoS xizmatlari sifatini ta’minlash masalalari bilan telekommunikatsiya sohasini standartlashtiruvchi xalqaro tashkilotlar shug‘ullanadilar.
Tarmoq zahiralariga maxsus talablar bilan so‘z jo‘natmalarini uzatish zarurati xizmatlar sifatini ta’minlovchi ko‘plab texnologiya va protokollarni ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi.
QoS mexanizmlari quyidagi vazifalarni amalga oshirilishini ta’minlashlari lozim:

  • tarmoq zahiralarini boshqarish (o‘tkazish polosalari, tarmoq qurilmalarini boshqarish amalga oshiriladi, global tarmoqda ishlash imkoniyatidan foydalaniladi va boshqalar);

  • tarmoq zahiralaridan samaralari foydalanish (iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida jo‘natmalarni nazorat etish imkonini beruvchi menejment va ta’rifikatsiya);

  • o‘ziga xos xizmatlar ko‘rsatkichlarini boshqarish va nazorat qilish, xizmat operatorlari uchun o‘z mijozlariga turli darajadagi xizmatlarni ta’minlash imkonini beradi;

  • to‘liq integrallashgan tarmoq uchun asos yaratish (tarmoqda QoS mexanizmlaridan foydalanish kelajakda integral mulьtimedia tarmog‘ini yuzaga kelishiga olib keladi).

Tayinlanish xususiyatiga muvofiq paketli kommutatsiya tarmoqlaridagi so‘z xizmati sifatini yaratuvchi mexanizmlarni uch guruhga bo‘lish mumkin:

  • har bir tarmoq elementidagi QoS mexanizmi (masalan, navbatlarni tashkil etish vazifasi, jo‘natmalarni yo‘naltirish kabilar);

  • QoS mexanizatsiya signalizatsiyalari tarmoqdagi tarmoq elementlari orasida ochiq sifatni ta’minlaydi;

  • tarmoq jo‘natmalarini boshqarish uchun QoS ni ta’minlaydigan hisob, boshqaruvi va usul vazifalari.

Quyidagilar IP - telefoniyaning asosiy sifatlarini tashkil etuvchilari hisoblanadi:
Tushunarlilik – so‘zlarning sofligi va aniqligiga:

  • aks sado (exo) - o‘zining so‘zlarini eshitish;

  • daraja - so‘zning balandligi.

Signallashuv sifatlariga:

  • chaqiruvni o‘rnatilishi - samarali ulanish tezligi va bog‘lanish;

  • vaqtining o‘rnatilishi;

  • chaqiruvni yakunlanishi - yakun vaqti va uzilish tezligi;

  • DTMF - ko‘p chastotali raqamlarni terish signallarini aniqlash va

  • belgilash.

IP - telefoniya sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1. IP tarmoqning sifat omillari:

  • yuqori o‘tkazuvchanlik xususiyati - u o‘tkazayotgan kerakli va ortiqcha ma’lumotlarning eng yuqori soni;

  • ushlanish-tarmoq orqali paket uzatilishi uchun kerak bo‘ladigan vaqt oralig‘i;

  • djitter - ikki ketma - ket paketlar orasidagi ushlanish;

  • paketlarni yo‘qotish - tarmoq orqali uzatishda yo‘qolgan paket va

  • ma’lumotlar.

  1. Yo‘lak sifatining omili:

  • kerakli o‘tkazish polosasi – turli dekoderlar turli polosani talab

  • qiladi. Masalan, G.723 vokoderi har bir so‘z kanali uchun 16.3 kbit/s li yo‘lakni talab qiladi;

  • ushlanish-raqamli signal protsessori yoki boshqa qayta ishlash qurilmalari uchun so‘z signallarini kodlash va koddan chiqarishga etarli vaqt;

  • djitter buferi barcha paketlar olinmagunga qadar ma’lumot paketlarini saqlash va djitterni kamaytirish uchun kerakli ketma - ketlikda uzatish imkoni;

  • paketlarni yo‘qotish, paketlarni zichlash yoki IP - telefoniya jihozlariga uzatishda paketni yo‘qotilishi;

  • o‘lchamni boshqarish so‘zlar balandligini nazorat etish imkoniyligi.

Ushlanish muloqotni amalga oshirilishida noqulayliklar tug‘diradi, so‘zlashuvni yo‘qolishiga va aks - sadolarni yopilishiga olib keladi. Aks -sado esa masofadagi nuqtadan kelayotgan signal bilan birga unga urilib qaytgan so‘z signali gapirayotganning qulog‘iga yana qaytib kelganda paydo bo‘ladi. Aks - sado xizmat sifatining muammosi ekan paketli kommutatsiya so‘zlari tizimi aks - sadoni boshqarish imkoniga ega bo‘lishi va aks - sadoni kamaytirishning samarali usullaridan foydalanishi kerak.
Agar ushlanish 250 ms xolatidan oshsa muloqotni qiyinlashuvi va suhbatni yomonlashuvi sifatni jiddiy muammosiga aylanadi. Boshidan ohirigacha paketli so‘zlarni uzatilishida ushlanishning quyidagi manbalarini ajratish mumkin:

  • to‘planib qolib ushlanish: bu so‘z koderida amalga oshiriladigan so‘z

  • hisob bo‘laklarini to‘plash zaruriyatiga asoslanuvchi ushlanish hisoblanadi;

  • ushlanish hajmi so‘z koderi tomonidan belgilanadi va kichik hajmlar (0.125 mks) dan bir necha ms ga o‘zgaradi;

  • qayta ishlashdagi ushlanish: paketli tarmoq orqali uzatish uchun kodlash jarayoni va paketlarga kodlangan hisobotlarni to‘planishi ma’lum bir ushlanishni keltirib chiqaradi;

  • tarmoqda ushlanish: bu ushlanishga so‘z ma’lumotlarni uzatish uchun qo‘llaniladigan fizik muhit va protokollar hamda qabul tomonida paketlar djitterini yo‘qotish uchun qo‘llanilayotgan buferlar sabab bo‘ladi. Tarmoqdagi ushlanish tarmoq hajmi va tarmoq orqali paketlarni uzatish jarayoniga bog‘liq;

  • kodlash va qayta ishlashning ushlanishlari protsessorlarning ish vaqtiga va foydalanayotgan qayta ishlash algoritmlarining turiga bog‘liq.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə