Kommutatsiya va marshrutizatsiya



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə33/40
tarix24.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#160607
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
kkkkk

TeamViewer
Bu Internet yoki lokal tarmoq orqali kompyuterlarni masofadan nazorat qilish uchun dasturiy ta’minot paketi hisoblanadi. Masofadan boshqarish uchun eng mashhur dasturlaridan biri hisoblanadi. Olisdagi ishchi stolga ulanish, fayllarni uzatish, veb-konferensiyalarni tashkil qilish, matnli va ovozli chat orqali muloqot qilish imkoniyatini beradigan keng funksionalga ega, shuningdek, manzillar kitobini yuritish imkoniyati mavjud.
Avzalliklariga quyidagilar kiradi:
- Ma’lumotlarni shifrlashning ilg‘or usullari;
- Bir nechta ochiq sessiyalar bilan ishlash imkoniyati;
- Dasturni turli xil operatsion tizimlar (Windows, Linux, Mac OS) ostida ishga tushirish mumkin.
- Android va iOS ostidagi mobil tizimlar uchun mijoz dasturi mavjud;
- Notijorat maqsadlarda foydalanish uchun dasturdan bepul foydalanish mumkin;
- Mijoz va server dasturlarining ko‘chma versiyalari mavjud;
- Dastur manzillar kitobini yuritish bilan tarmoqni mantiqiy segmentlarga ajratish imkoniyatiga ega.
Kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
- Ko‘p sonli personal kompyuterlarni ma’murlashtirishda qiyinchiliklar vujudga keladi;
- Korporativ foydalanish uchun yuqori litsenziya narxi;
- Konsol yoki terminal orqali masofadan ma’murlashtirishni amalga oshirish ikoniyati mavjud emas.
Litsenziya narxiga boshqariladigan personal kompyuterlar soni kiradi. 2017 yil 11/07 uchun 50,200,500 kompyuterlar uchun litsenziyaning narxi mos ravishda 29,900, 59,200, 99,900 rublni tashkil qiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan dasturiy ta’minotlarning qiyosiy jadvalini tuzamiz.
1.1-jadval
Masofadan nazorat qilish DTlarining qiyosiy jadvali




Radmin

Ammyy Admin

Remote Master

Team Viewer

Krossplatformalilik (platformalararo ishlashlik)

Yo‘q

Windows/ Linux

Yo‘q

Ha

Mobil tizimlar uchun mijoz

Yo‘q

Yo‘q

Yo‘q

Ha

Konsolga ulanish

Ha

Yo‘q

Yo‘q

Ha

Kompyuterlar guruhlarida komandalar skriptlarini bajarilishi imkoniyati

Yo‘q

Yo‘q

Yo‘q

Yo‘q

Ko‘p sonli kompyuterlarni qulay ma’murlashtirish

Ha

Ha

Yo‘q

Yo‘q

IP filtrlash

Ha

Ha

Yo‘q

Ha

Internet orqali olisdagi kompyuterga ulanish imkoniyati

Yo‘q

Ha

Yo‘q

Ha

Qiyosiy tahlil qilishdan kelib chiqish bilan shuni xulosa qilish mumkinki, aksariyat masofadan ulanish dasturlarida juda ko‘p sonli personal kompyuterlarni ma’murlashtirish funksiyalari, mobil platformalar uchun mijoz dasturlari, umuman platformalararo dasturlar mavjud emas. Afzalliklardan ta’kidlash joizki, deyarli barcha dasturlarda o‘rnatilgan ma’lumotlarni himoya qilish, IP filtrlash funksiyalari va olisdagi ishchi stolni boshqarish imkoniyati mavjud.


Masofadan ulanish dasturlarida krossplatformalilikning (platformalararo ishlashlikning) mavjud emasligi sezilarli kamchilik hisoblanadi. Tashkilot krossplatformaliliknini ta’minlamaydigan dasturiy ta’minotni sotib olishida, agar ishchi lokal tarmoqda turli xil operatsion tizimlarga ega bo‘lgan ko‘plab personal kompyuterlar mavjud bo‘lsa, undan samarali foydalanish imkoniyati mumkin bo‘lmaydi (2-rasmdagi tarmoq sxemasiga misol).
Amalda bu kamchilikni foydalanuvchi operatsion tizimiga mos keladigan dasturiy ta’minotni o‘rnatish orqali bartaraf etish mumkin. Shuni ham ta’kidlash kerakki, konsol, terminal yoki skript tillari orqali olisdagi kompyuter bilan ishlash imkoniyatining yo‘qligi sezilarli kamchilik hisoblanadi. Ko‘pincha tizim ma’muriga juda ko‘p sonli personal kompyuterlarda o‘sha bir amallar ketma-ketligini bajarish zarur bo‘ladi va ko‘pincha bu amallar ketma-ketligi oddiy konsol yoki terminal yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Kelajakda maqola mualliflari tomonidan turli xil operatsion tizimlarga ega bo‘lgan ko‘p sonli personal kompyuterlarni masofadan ma’murlashtirishga imkon beradigan dasturiy ta’minot kompleksini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Ishlab chiqiladigan dasturiy vosita yirik lokal tarmoqlarga oson integratsiyalash va joriy etishga bog‘liq qator afzalliklarga ega bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Dasturiy yechim mavjud dasturiy vositalarning asosiy kamchiliklarini bartaraf etishi rejalashtirilgan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə