Kommutatsiya va marshrutizatsiya



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə34/40
tarix24.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#160607
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
kkkkk

15 – laboratoriya ishi.
Global tarmoq trafigini Wireshark tarmoq analizatori yordamida o‘rganish


Ishdan maqsad
T
armoqda uzatilayotgan paketlarni tuzilishini, Wireshark dasturini ishlashini o‘rganish va tarmoq trafigini taxlil qilish.
15.1 – rasm. Tarmoq topologiyasi

Topshiriq


1. Wireshark dasturini o‘rnatish (shart emas)
2. Wireshark dasturida lokal xostlar bo‘yicha ICMP protokolini ma’lumotlarini yig‘ish va taxlil qilish

Qisqacha nazariy ma’lumotlar


Wireshark — tarmoqda nosozlikni izlash va bartaraf etish, taxlil qilish, protokollar va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va o‘rganish uchun ishlatiluvchi protokollarni (paketlar analizatori) taxlil qiluvchi dastur. Tarmoq bo‘ylab ma’lumotlar oqimini harakatlanishida analizator har bir ma’lumotlarning protokol bloke (PDU)ni ushlaydi va RFC va boshqa xujjatlarga mos ravishda paketning mazmunini shifrini ochadi va taxlil qiladi.
Wireshark dasturini yuklash

  • Wireshark dasturini www.wireshark.org. manzilidan yuklash mumkin.

  • Download Wireshark ni bosing.


15.2 – rasm. YUklash oynasi



  • kompyuterning operatsion tizimi (OT)ga mos keluvchi dastur versiyasini tanlang. Agar kompyuter 64-razryadli Windows OT bo‘lsa, Windows Installer (64-bit) ni tanlang.


15.3 – rasm. Windowsni turlari


Wireshark dasturini o‘rnatish

  1. YUklangan fayl Wireshark-win64-x.x.x.exe deb nomlangan. «x» versiya raqami. O‘rnatish uchun 2 marta faylga bosing.

  2. Ekranda paydo bo‘lgan barcha xavfsizlik xabarlariga javob bering. Agar kompyuterda eski Wireshark nushasi bo‘lsa, oldingi versiyani o‘chirib tashlash to‘g‘risida xabar chiqadi. Dasturni o‘rnatishdan oldin eski versiyani o‘chirib tashlash tavsiya qilinadi. Oldingi versiyani o‘chirish uchun «Da» tugmasini bosing.


15.4 – rasm. Oldingi versiyani o‘chirish oynasi



  1. Agar Wireshark dasturi birinchi marta o‘rnatilayotgan bo‘lsa, Wireshark dasturining master oynasi ochiladi. «Next» tugmasini savollarga qarab, o‘rnatilguncha bosing.


15.5 – rasm. Wireshark dasturini o‘rnatish oynasi
Wireshark dasturida lokal xostlar bo‘yicha ICMP protokolini ma’lumotlarini yig‘ish va taxlil qilish
Ping buyrug‘i yordamida boshqa kompyuterga exo – so‘rov jo‘nating va Wireshark dasturini ishga tushirib, ICMP – so‘rovni ushlang. Bundan tashqari to‘plangan kadrlardan kerakli axborotni topish kerak. Bu taxlil ma’lumotlarni kerakli joyga uzatish uchun paketlarning sarlovhasi qanday ishlatilishi to‘g‘risida tushuncha beradi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə