Kompozisiya va shakllantirishning kompozision turlari


Shox-shabbalari egilgan forzisiya -



Yüklə 193,5 Kb.
səhifə18/21
tarix17.02.2022
ölçüsü193,5 Kb.
#83805
növüKompozisiya
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
7. KASALXONALAR XUDUDINI KO’KALAMZORLASHTIRISH

3. Shox-shabbalari egilgan forzisiya - Zaytundoshlar oilasiga mansub o’simlik.

Bo’yi 2-3 m keladigan shox-shabbalari yoysimon shaklda yegilib o’suvchi, novdalarini bir qismi tuproqning ustki qismida yotuvchi buta.

Barglari cho’zinchoq tuxumsimon, tishli, uzunligi 6-10 sm, ayrim holda uch bargli yoki uchga bo’lingan. Gulchalari 1-3 tadan, kamdan-kam hollarda 6 tadan, tillasimon sarg’ish rangli, gulqo’rg’oni quvurchasining ich tomoni to’q sariq chiziqli, gulqo’rg’onning qiyshaygan joylari uzun bo’ladi.

Tez o’sadi. shahar sharoiti uchun sovuqqa chidamli. Ozuqa moddalarga boy bo’lgan, tarkibida ohak mavjud bo’lgan tuproqlarda yaxshiroq o’sadi va rivojlanadi.

Vatani – Xitoy.

Manzarali bog’dorchilik uchun ko’proq forzisiyaning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:

-ola-bula shakli – sariq ola-bula bargli va gulchalari to’q sariq rangli shakli;

-tanasi to’q qizil rangli shakli - tanasi to’q qizil rangli hamda barglari yoyilish davrida ham to’q qizil rangli.

Daraxtlar guruhlarning chetiga va mustaqil guruh holida maysazorga yekish uchun samaralidir. Qiyaliklarning manzarasini boyitish uchun ham foydalaniladi.

O’zbekistonning barcha mintaqalarida o’stirish uchun tavsiya yetiladi.




Yüklə 193,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə