Kompozisiya va shakllantirishning kompozision turlari



Yüklə 193,5 Kb.
səhifə19/21
tarix17.02.2022
ölçüsü193,5 Kb.
#83805
növüKompozisiya
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
7. KASALXONALAR XUDUDINI KO’KALAMZORLASHTIRISH

4. Oddiy siren – Zaytundoshlar oilasi ga mansub o’simlik.

Yirik buta yoki daraxtcha, bo’yi 5-6 (8) m, barglari yuraksimon, qalin, to’q yashil, yalang’och, uzunligi 5-12 sm va bandlarining uzunligi 3 sm gacha. Gullari xushbo’y hidli, uzunligi 10-20 sm bo’lgan piramidasimon shaklli murakkab guli (supurgisimon shaklli). Gulchalarining rangi har xil tusli – toza oqdan binafsha ranggacha, gulchalari oddiy va jingalik (naviga qarab). Juda ko’p navlari mavjud. Tipik manzarali shakli jingalaksiz har xil binafsha rangli gulchalariga yegadir.

Alrelda, 4 yoshida gullay boshlaydi. O’sish tezligi o’rtacha. Sovuqqa chidamli, -30 0S haroratga ham bardosh beradi. Qurg’oqchilikka chidamli va qurg’ochil tumanlarda jazirama issiqda gullariniig to’liq rivojlanishi uchun sug’orishni talab qiladi. Tuproqqa talabchan emas. Kuchsiz tuproqlarda ham (qumli tuproqda ham) o’sadi. Tuproqda sho’rlik darajasi kamroq bo’lsa unga chidash beradi. Ohakka boy bo’lgan tuproqda, toshloq joylarda o’sishi mumkin. Ammo, unumdor tuproqda o’sishi va rivojlanishi kuchli bo’ladi. Shahar sharoitiga va kuchsiz soyalikka chidamlidir. Ko’p miqdorda ildizidan bachki novdalar beradi, bu yesa qiyaliklarda tuproqni yeroziyadan himoyalashga imkon beradi.

Siren (nastarin) ning vatani – Yevropaning janubi-sharq qismidir.

Shaharlarni va aholi punktlarini ko’kalamzorlashtirish uchun ko’pincha quyidagi navlaridan foydalaniladi:

-«Jambul» navi - murakkab gullari ikki panjadan iborat, gulchalari to’q binafsha rangli. Gulbargchalarining chetlarida tor oq rangli chiziqlari mavjud. To’q binafsha tusli gulbarglaridagi oq chiziqchalari birgalashib har bir gulchaning konturini chiroyli qilib turadi.

-«Orzu» navi - to’p gullari yirik siren. Zangori gulchali (uzunligi 3-3,5 sm), panjalari keng piramidasimon, gulchalarining kapaligi katta gulli floksga teng keladi.

Oddiy siren (nastarin) va uning bog’ navlari – yeng manzarali o’simliklardir va ular jamoa bog’lari, parklar va tomorqa daraxtzorlarida keng tarqalish uchun katta ye’tiborga loyiq.

Siren o’sish sharoitlariga uncha talabgor bo’lmagan tipik «yovvoyi» shaklida ham manzaralidir. Jonli shakllantirilgan devorlar uchun qimmatli butadir. Uni guruh-guruh, daraxtzorlarning chetlariga, qiyaliklarga yekish mumkin. U tuproqni yeroziyadan yaxshi himoyalaydi.

Tup shaklidagi bog’li navlaridan, parklardagi va yo’l bo’ylaridagi maysazorlarga yekish uchun qulay keladigan buta sifatida foydalanish mumkin.

O’zbekistonning barcha viloyatlarida qisman sug’orishdan foydalanib o’stirish mumkin.


Yüklə 193,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə