Kompyuter grafikasi haqida tushuncha Sun’iy intellect va axborot tizimlari kafedrasi



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə3/8
tarix10.03.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#102255
1   2   3   4   5   6   7   8
1 дарс Комп граф кириш

Injenerlik grafikasi

bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo’llaniladi. Injener-lik grafikasi analiz, sintez, modellashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi loyixalashni ishlarini avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o’z ichiga oladi.

Ilmiy grafika

ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo’llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo’ladigan axborotlarni vizuallashtirish - ko’zga ko’rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo’nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika, samolyotsozlikda, geografiyada va okeanologiyada - xulas qamrovi katta bo’lgan, tez kechadigan jarayonlarni o’rganishda juda keng qo’llaniladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar, xaritalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashdaishlatilishi mumkin.

Ko’rgazmaviy grafika

namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo’lib, shu ikkala grafika imkoniyatlarini yig’indisi integratciyasini tashkil etadi. Bu grafika ayrim grafikalarini slaydlar ketma-ketligidan iborat slaydfilm qilib yaratib, so’ngra uni ma`lum vaqt ichida ekranda ketma-ket ko’rgazma shaklida namoyish etadi. Har bir slaydning ekrandagi tasviri ovoz va vizual effektlar bilan qo’shib olib borilishi mumkin. Undan tashqari, tayyor grafikni tahrir qilish imkoniyat ham mavjud.

Animatsion grafika

rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni injenerlik grafikasidagi uch o’chovli ob`ektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan reklama e`lonlari va teleko’rsatuvdagi bir tasvirni ichiga ikkinchisini kiritish) qo’shib uyg’unlashtirilgan.

Mashina grafikasi

bu kompyuter yordamida ob`ekt shakllari, uning modelini yaratish va saqlash uchun xizmat qiluvchi kompyuter grafiksining bir bo’limi. Kompyuterda turli grafik tasvirlarni hosil qilish mumkin, biroq ular bir – biridan farqlanadi, chunki hozirgi zamon kompyuterlari o’tgan asrning 90-yillardagi tizimlarga nisbatan shakllarni aniq tasvirlash imkoniyatiga ega bo’lgan va maxsus dastur bilan kengaytirilagan tizimlar yaratildi. Interfaol grafika – bu mashina grafakasi sanaladi.


Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə