Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent



Yüklə 48,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.12.2023
ölçüsü48,39 Kb.
#153956
1   2   3   4
atamuratov-r.k.-shakirova-s.t.-axborot-texnologiyalari-sohasiga-doir-xorijiy-tillardan-ozlashgan-sozlar-tadqiqi-

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 
Vol. 1 
 
№. 01 (2023)
 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
355 
intralingvistik sabablarga ko'ra xorijiy tillardan o‘zlashishning faollashishi bilan 
tavsiflanadi. Axborot texnologiyalari terminologiyasida boshqa terminologik 
tizimlarga qaraganda koʻproq xorijiy o‘zlashma so‘zlar mavjud va ularning aksariyati 
ingliz tilidan olingan. Masalan, IT - ingliz tilidan olingan “Information Technology” 
so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, o‘zbek tilida “Axborot texnologiyalari” deb 
yuritiladi. Shunday bo‘lsa ham, bu so‘z IT ko‘rinishida hozirgi kunda og‘zaki va 
yozma nutqda talaffuz qilinadi va ishlatiladi.
Tadqiqotimiz davomida axborot texnologiyalari sohasida o‘zga tillardan 
o‘zbek tiliga o‘zlashgan, hozirda keng qamrovda rasmiy muloqot va nashrlarda 
ishlatib kelinayotgan o‘zlashgan so‘zlar tarkibi keltirilgan. 
IT Park
(IT-ingliz tilidan olingan “
Information Technology
” so‘zlarining 
qisqartmasi) IT Park– istiqbolli startap loyihalarni ishga tushirish va bozorga 
chiqarishni taʼminlash uchun moʻljallangan obyektlar, binolar va inshootlar 
majmuasi, IT-kompaniyalar uchun, shu jumladan, ilmiy va taʼlim tashkilotlari bilan 
integratsiyalashgan holda hududiy erkin iqtisodiy zona. IT sohasida faol va iqtidorli 
insonlar buxgalteriya hisobi, yuridik, marketing va taʼlim orqali oʻz gʻoyalarini 
haqiqiy biznes loyihalariga aylantirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega boʻladigan 
joy. 
Messenjer
(inglizcha 
kuryer, messenjer
) — matnli xabarlar, audioyozuvlar, 
fotosuratlar va boshqa multimediyalarni bir zumda almashish uchun moʻljallangan 
dastur. Ilovalar (telegram, whatsapp, Instagram) kompyuter, smartfon, planshetga 
o‘rnatiladi va internet orqali ishlaydi.
Akkaunt 
(inglizcha 
account – hisob
) – bu saytda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng 
yaratiladigan foydalanuvchining shaxsiy sahifasi yoki shaxsiy kabineti. 
Bot
(ingliz tili “robot” so‘zidan olingan bo‘lib) – bu foydalanuvchilar uchun 
moʻljallangan interfeyslar orqali avtomatik ravishda berilgan jadvalga muvofiq har 
qanday harakatlarni bajaradigan maxsus dastur asosida ishlaydigan virtual robot 
(telegram ijtimoiy tarmog‘ida keng qamrovda qo‘llaniladi. 
Ban
(inglizcha 
taqiqlash, qulflash
) – bu internetdagi foydalanuvchilarning 
xatti-harakatlarini nazorat qilish usullaridan biri. Telegram ijtimoiy tarmog‘ida 
nojo‘yi xatti-harakat qilgan foydalanuvchi kanal admini tomonidan uch marta 
ogohlantiriladi. O‘zgarish yuz bermagan taqdirda, kanal admini tomonidan 
foydalanuvchi tarmoqda qulflanadi, unga tarmoqdan foydalanish taqiqlab qo‘yiladi. 
SMM
(inglizcha 
Social Media Marketing
) – ijtimoiy tarmoqlarda marketing 
bu mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish, uni yurgizish. 
Heshteg 
(inglizcha
hashtag
– hash belgisi (#) va teg-label) – kalit so‘z, 
xabarning mavzusi yoki bir nechta so‘zlari, teg (belgi) mikrobloglar va ijtimoiy 
tarmoqlarda qo‘llaniladi. 
Vidjet
(inglizcha widjet bezak) – bu kompyuter ish stoli, smartfon, planshet 
ekrani yoki veb-sayt sahifasida ma’lumotlarni aks ettiruvchi kichik grafik dastur. 



Yüklə 48,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə