Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar


Xab (inglizcha) – havola almashinuviga ilova bo‘lgan SEO doiralarida taniqli  havolalarni sotib olish va sotish tizimi.  Feedback



Yüklə 48,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix22.12.2023
ölçüsü48,39 Kb.
#153956
1   2   3   4
atamuratov-r.k.-shakirova-s.t.-axborot-texnologiyalari-sohasiga-doir-xorijiy-tillardan-ozlashgan-sozlar-tadqiqi-

Xab
(inglizcha) – havola almashinuviga ilova bo‘lgan SEO doiralarida taniqli 
havolalarni sotib olish va sotish tizimi. 
Feedback
(inglizcha 
Feedback
) – shaxs yoki guruhning har qanday harakat, 
hodisa, maʼlumotlarga munosabati. 
Promo kod
(inglizcha 
promo-kod
) – maxsus shartlarda mahsulot yoki 
xizmatni sotib olish huquqini beruvchi harflar yoki raqamlardan iborat belgilar 
to‘plami. 
Fleshmob
(inglizcha 
flesh-mob, flesh-lahza, mob-olomon
) – oldindan 
rejalashtirilgan ommaviy harakat. Odamlarning katta guruhi jamoat joyida yig‘ilib, 
oldindan belgilangan ommaviy harakatlarni amalga oshiradi. 
Brending
(inglizcha 
Branding
) – bu kompaniyaning brend identifikatorini 
yaratish jarayoni. Ushbu jarayon, logotip, shior, vizual dizayn kabi brendni qo‘llab-
quvvatlaydigan materiallarni taqdim etadi. 
Tilimizda o‘z muqobiliga ega bo‘lgan so‘zlar ham o‘zlashgan holda 
qo‘llanmoqda. Vaholanki, ayrim o‘zlashgan so‘zlarning tilimizda o‘z muqobili bor. 
Misol uchun 
trend
so‘zi. Kundalik hayotimizda 
trend
so‘zini musiqa, kiyim yoki 
ranglarga nisbatan trendga chiqdi sifatida ishlatilganini ko‘rish mumkin. Ammo 


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 
Vol. 1 
 
№. 01 (2023)
 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
357 
trend
so‘zining o‘zbek tilidagi muqobili sifatida 
ommabop
so‘zi mavjud. Bunday 
o‘zlashma so‘zlar talaygina.
Xulosa o‘rnida keltirish mumkinki: 
O‘zlashma so‘zlar jamiyat va davr ehtiyoji bilan paydo bo‘ladi va qo‘llanilishi 
bo‘yicha doimiylik tusini oladi. 
a) O‘zbek tili leksikasida inglizcha o‘zlashma so‘zlar soni ortib bormoqda. 
b) O‘zlashma so‘zlarning muqobil variant yo‘qligi sabab hech qanday 
o‘zgarishsiz qo‘llanmoqda. 
c) Ayrim o‘zlashma so‘zlar o‘zbek tili izohli lug‘atiga kiritilmagan. 
d) 2 xil qo‘llanilayotgan o‘zlashma so‘zlar imlo bo‘yicha ko‘pgina xatoliklarga 
sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli ularning faqatgina bitta ma‘noda qo‘llanilishini 
ta‘minlash lozim. 
Aytish joizki, bugungi kunda ingliz tili xalqaro til sifatida oʻz mavqeyini 
tobora mustahkamlamoqda va ilmiy tadqiqot tiliga aylanmoqda. Shu bois global va 
ijtimoiy tarmoq hamda ilmiy manbalar orqali ingliz tiliga oid soʻzlarning tarqalishi 
kengaymoqda. Ingliz tilida faol qoʻllanilayotgan soʻzlar termin mavqeyiga 
aylanmoqda. Shu bois turli manbalar orqali tilga kirib kelayotgan o‘zlashma soʻzlarni 
oʻzlashish jarayonida ularni toʻgʻri va oʻrinli qoʻllash, tarjima imkoniyati cheklangan 
yoxud asl oʻzlashma semalarini namoyon etadigan milliy soʻz ifodasi boʻlmagan 
holdagina o‘zlashma soʻzlarni matnlarda qoʻllash oʻrinli hisoblanadi. 
 
 
 

Yüklə 48,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə