Kompyuter tizimlari


Arifmetik-mantiqiy qurilmaning qo’shish va ko’paytirish



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə34/94
tarix24.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160599
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94
Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияла-hozir.org

Arifmetik-mantiqiy qurilmaning qo’shish va ko’paytirish

amallari algoritmi

Mikrodasturning sxematik ko‘rinishi rasmda keltirilgan. Ushbu algoritm quyidagilardan tashkil topgan:


  1. Birinchi qo‘shiluvchi Rg1- da joylashadi, uning ishorasi tahlildan o‘tadi, agar ishora manfiy bo‘lsa, operand Rg3-ga yuboriladi, agar musbat bo‘lsa, inversiyasiz Rg2 va Rg3-ga uzatiladi.


  2. Ikkinchi qo‘shiluvchi ham Rg1-ga keladi va uning ishorasi tekshiriladi, agar ishora manfiy bo‘lsa operand inversiyadan o‘tadi aks holda Rg2-- dagi operandlar yig‘indisi hisoblanadi(summator).


  3. Qo‘shilgandan keyin natija ishorasi tekshiriladi, agar natija manfiy bo‘lsa, u inversiyadan o‘tkaziladi, agar musbat bo‘lsa +1 qo‘shiladi.


  4. Mashina razryad setkasi to‘lishi yuz bersa to‘lib toshish holati bajariladi, aks holda qo‘shish mikrodasturining oxirida boriladi.


Endi ko‘paytirish algoritmini ko‘rib o‘tamiz. Fiksirlangan vergulli ikkilik sonlarni ko‘paytirishni surilish va qo‘shishlar ketma – ketligi ko‘rinishida ifodalash mumkin.


Quyidagi algoritm eng qulay va ixchamroq hisoblanadi. Ko‘paytirish ko‘paytmaning kichik razryadlaridan boshlanadi, ular unga suriladi, qisman yig‘indilar summasi ham o‘ngga suriladi, kupaytuvchi joyida qoladi (rasm).
  1. Boshida barcha registrlar 0 holatiga keltiriladi.


  2. Ko‘payuvchi va ko‘paytuvchi tegishli registrlarda joylashadi, shuningdek qisman yig‘indalar alohida regisrlarga ajratiladi.


  3. Kupaytuvining kichik razryadi tekshiriladi, agar u 1 bo‘lsa u holda qisman yig‘indiga ko‘payuvchi qo‘shiladi.


  4. Qisman yig‘ilgan summa va ko‘paytma bir razryad o‘ngga siljiydi.


  5. 3 va 4 amallar n marta takrorlanadi.


Algoritmdan ko‘rinib turibdiki, bunday ketma-ketlikda amallarni bajarish qurilmaning vaqtini tejaydi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə