Kompyuter tizimlari va tarmoqlari



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə13/26
tarix23.09.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#123561
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari

4 qatlam – Transport pog‘onasi.
Transport LaEr
Ushbu qatlamning asosiy vazifasi – bu axborotlarni to‘liq, aniq va saqlab Etkazib berishdan iborat. OSI modeliga binoan 5 ta servisni bajaradi:

  1. Tezlik bilan Etkazish.

  2. Uzilgan aloqalarni qayta tiklash.

  3. Bir nechta amaliy protokollarni umumlashtirib yagona transport protokoliga jamlash.

  4. Yuborilgan axborotlarni xatosini aniqlash.

  5. Aniqlangan xatolarni to‘g‘rilash.

Ushbu transport qatlamining vazifasi – ma’lumotlarni o‘rnatilgan yoki talab etilgan sifat darajasida tarmoq bog‘lamalariga Etkazib berish, ya’ni:

  • Seans qatlamiga axborotlarni paketlarga bo‘lib va nomerlab berish;

  • Qabul qilinayotgan paketlarni jamlash;

  • Kelayotgan paketlarni joy joyiga qo‘yish.

  • Amaliy jarayonlarni manzillashtirish.

  • Potoklarni boshqarish.

Ushbu protokollar transport qatlamining yuqori qatlamlarida asosan dasturiy operatsion vositalarining tizimlari orqali tahlil etiladi. Transport protokollariga TCP, UDP va SPX lar kiradi.


5 qatlam – Seans pog‘anasi.
Session LaEr
Ushbu qatlam uzatish yoki qabul qilishni (dialog) boshqarish uchun hizmat qiladi, ya’ni qaysi tamon aktivligini aniqlab, nazorat nuqtalarini katta xajmdagi axborotlarga qo‘shib chiqadi va sinxron ishlashni ta’minlaydi.
Uning asosiy vazifasi:

  1. Uzatish yoki qabul qilish turinianiqlaydi, ya’ni dupleks yoki yarimdupleks.

  2. Axborot almashinuvida sinxron ishlashni ta’minlaydi.

  3. Ayirboshlovda “kontrol nuqtalarini” tashkil etadi.

6 qatlam – Vakolat pog‘onasi.
Presentation LaEr
Ushbu qatlam uzatilayotgan axborotlarni ma’nosini o‘zgartirmasdan ularning ko‘rinishlarini (formalarini) tiklash uchun hizmat qiladi, ya’ni sintaksis farqini yoki simvollarni kodlash farqini bildiradi. Bundan tashqari, bu qatlamda ma’lumotlar shifrlanadi va deshifrlanadi.
Asosan 2 jarayonni kelishtiradi:

  1. Ma’lumotlarning tashqi formatidan ichki formatiga aylantirib beradi.

  2. Shifrlash va deshifrlash uchun xizmat qiladi.

7 qatlam – Amaliy bajarish pog‘onasi.
Application LaEr
Ushbu qatlam – har xil turdagi protokollarni yig‘ishtirib amaliy ishlarni bajarish uchun xizmat qiladi. Masalan, tashqi qurilmalarga printerlarga, Web – saytlarga murojaat etib ishlarni amalga oshirib beradi.
Amaliy qatlamda asosan axborot almashunuvi hisoblanadi, ya’ni hamma tarmoq servislaridan foydalanish demakdir.
Ushbu qatlamning vazifasi:

  1. Identifikatsiyalash, kirish xuquqini tekshirish.

  2. Print, faks – servis, pochta, masofadan kirish va boshqa jarayonlarni ta’minlash.

Tarmoqqa bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan qatlamlar:

    1. Jismoniy, kanalli va tarmoqli qatlamlar kompyuter tarmog‘iga bog‘liq qatlamlar deb hisoblanadi, ya’ni ishlatilayotgan protokollar uskunaviy (texnika vositalariga) bog‘liq bo‘ladi.

    2. Amaliy, vakolatli va seansli qatlamlar texnik vositalarga bog‘liq bo‘lmaganligi uchun, faqat dasturiy bo‘lganligi uchun ularni tarmoqqa bog‘liq emas qalamlar deyiladi.

    3. Faqat transport qatlami o‘rta qatlam hisoblanadi.

OSI modeli orqali har qanday kompyuterlar kontsentrator, modemlar, ko‘priklar, kommutatorlar, marshrutizatorlar yoki multipleksorlar orqali aloqada bo‘lishligi mumkin.

  1. Yüklə 0,97 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə