Kompyuter tizimlari va tarmoqlari


Internet – global kompyuter tarmog‘i



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə2/26
tarix23.09.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#123561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari

2.Internet – global kompyuter tarmog‘i. ..................................................................

    1. Internetning asosiy texnik vositalari va tushunchalar. .....................................

    2. MHD, axborot va moliyaviy telekommunikatsiya tarmoqlari.................................

    3. Internetda ishlash va Internet Explorerdasturida ishlash. ...................................

2.4. Internetda adreslashtirish va yo‘naltirish. ........................................................
2.5. MSInternet Explorer dasturi, funktsiyalari, ishchi o‘rni tafsiloti,
ishchi o‘rnini sozlash ......................................................................................................

  1. Amaliyot mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlarini bajarish uchun tavsiyalar.....

  2. Kompyuter tizimlarii va tarmoqlari” fanidan test savollari. ...................

Adabiyotlar ..........................................................................................................................

Kompyuter tizimi va tarmoqlari.


Reja:

    1. Kompyuter tarmoqlarining kelib chiqish tarixi.

    2. Kompyuter tarmoqlari nazariyasiga kirish.

    3. Tarmoq servisi.

    4. Lokal kompyuter tarmoqlari.

    5. Lokal kompyuter tarmog‘ining asosiy turlari.

    6. Hozirgi zamon kompyuter tarmoqlari.

Hozirgi zamon jamiyat xayotini informatsion texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuterlar na faqat bank tizimida, atom reaktorini nazorat etishda, quvvatni taqsimlashda, samolyot va kosmik kemalarni boshqarishda emas, balki maktab o‘quvchilarida, kolledj, akademik litsey va O‘zbekistonimizdagi Oliy o‘quv yurtlaridagi talabalarda bemalol ishlatilmoqda. Hozirda kompyuter sistemalari va telekommunikatsiyalar mamlakat mudofaa sistemasining ishonchliligini va havfsizligini aniqlaydi, har hil ma’lumotlarni saqlash, ishlash, iste’molchiga Etkazish yo‘li bilan axborot texnologiyalarni amalga oshiradi.
Ushbu 1 – nchi bo‘limda “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” faniga tegishli bo‘lgan barcha mavzular bo‘yicha bakalavrlarga Davlat ta’lim standartlari asosida Etkazilishi shart bo‘lgan minimum bilimlar va ko‘nikmalar to‘la qamrab olingan. Zamonaviy kompyuter tizimlarini yaratilishi va global axborot tarmoqlarini paydo bo‘lishi, ularning tarixi, shaxsiy kompyuterlar va ularning asosiy texnik va dasturiy vositalari, bir mashinali va ko‘p mashinali, hamda ko‘p protsessorli kompyuter tizimlari, tarmoqlarda ishlatiladigan asosiy texnikaviy va dasturiy vositalar, tarmoq turlari, ularning topologiya va strukturalari, xalqaro kompyuter tarmg‘i bo‘lmish Internet tarmog‘ining yaratilishi, unga ulanish usullari, hamda Internetdan foydalanish masalalarini talabalarga o‘rgatish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi. Hozirgi kunda kompyuter tarmog‘isiz hech qanday masalalarni Echib bo‘lmaydi. Zamonaviy axborot texnologiyalarning juda tez rivojlanib borish natijasida barcha davlatlar elektron xujjat almashinuvi natijasida shartnomalar tuzmoqdalar va
barcha kelishuvlarni kompyuter tarmoqlari orqali hal etmoqdalar. Xar bir ma’lumot, xabar yoki axborot o‘z qiymatiga ega bo‘la boshladi. Ya’ni o‘z vaqtida Etkazib berilmagan yoki xato va soxtalashib qabul qilingan har qanday ma’lumot qabul qiluvchini yoki boshqaruv tizimini no’to‘g‘ri qaror chiqarishiga olib keladi. Bularni to‘g‘rilash esa katta moliyaviy xarajatlarga olib kelishi mumkin. Keng kompyuterlashtirilgan va axborotlashtirilgan zamonaviy jamiyatda real qadriyatlarga ega bo‘lish, ularni boshqarish, qadriyatlarni uzatish va ularga murojaat qilish ko‘pincha nomoddiy axborotlarga, ya’ni mavjud bo‘lishi fizik tashuvchidagi birorta yozuv bilan bog‘lanishi majburiy bo‘lmagan axborotlarga asoslangandir.
Kompyuter tizimi va tarmoqlarida axborotlar almashinuvi darajasi oshib borayotganligi, ma’lumotlarni hilma hilligi, ularni telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatilayotgan tezligi juda yuqori ekanligi, qabul qilayotgan foydalanuvchilarga o‘z vaqtida, aniq va to‘liq Etkazib berish jarayonida tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish vazifasi asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shuning uchun bakalavrlarni va magistrlarni kompyuter tizimi va tarmoqlarni yaratish usullarini, ulardan to‘g‘ri foydalanish, asosiy texnik va dasturiy vositalarni ishlata bilish, hamda ularni tuzilishini va xarakteristikalarini mukammal bilgan xolda amaliyotga tadbiq etishni o‘rgatishdan iboratdir. Kompyuter tizimi va tarmoqlarini yaratilish tarihini, lokal, koorporativ va global tarmoqlarning tuzilish strukturalarini, ishlash tezliklarini, asosiy texnik va dasturiy vositalarni, xalqaro kompyuter tarmog‘i bo‘lmish Internet tarmog‘iga ulanish usullarini, Web brauzerlardan foydalanish, internet protokollarini qo‘llanishini, har saytlarga kirib ma’lumotlarni topib olishni, kerakli o‘zgarishlarni bajarishni o‘rganishdan iborat.
Ushbu bo‘limni o‘rganish uchun talabalardan kompyuterning tuzilishi, ularning asosiy texnik va dasturiy vositalarini bilish, Informatika fanida o‘tilgan HTML, Front Page va Web saytlar yaratishni, Etti darajali protokollarning
tuzilishi hamda xalqaro kompyuter tarmog‘i bo‘lmish Internetda ishlash jarayonlarini mukammal bilishi talab etiladi.
Fanni o‘rganish davomida talabalar kompyuter tizimi va tarmoqlarni yaratilish tarixini, kampus, lokal (maxalliy), metropoliten, keng va global tarmoqlarning tuzilishlarini, ularning har topologiyalarini, ishlash tezligiga va operatsion tizimiga qarab bo‘linishlarini, tarmoqda qo‘llaniladigan texnikaviy vositalarni turlarini va ularning xarakteristikalarini, kompyuterlarni bog‘lovchi koaksial, juft o‘ramli va shisha tolali kabellarni tuzilishini, parametrlarini, hozirgi paytlarda ishlatilayotgan simsiz bog‘lanishlar, ya’ni WI FI, WI MAX, Flesh modemlar, USB modemlar va mobil aloqa telefonlari orqali Internetga ulanib, ma’lumotlar olish va berish texnologiyalarini, elektron raqamli imzo, elektron xukumat va xozirgi zamonoviy intelektual texnikaviy vositalarni o‘rganadilar.

      1. Yüklə 0,97 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə