Kompyuter tizimlari va tarmoqlari



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə5/26
tarix23.09.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#123561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari

Tarmoq servisi.


Tarmoqda bir necha hil serverlar bo‘lishi mumkin. Kompyuter tarmog‘i o‘z mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo‘lishi juda muximdir. Ular bilan tanishamiz:


-fayl-server-mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga kirish ruxsatini berishi zarur. Bunda bir vaqtning o‘zida turli stantsiyalardan bir hil so‘rov kelganda, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy xal etiladi;


-print-server umumiy xolda ko‘pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak;
-faks-server-mijozlarga faks-modem telefon tarmoq-lari bilan mujassam tarmoqli xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.Bu go‘yo axborot chiqarishga o‘xshaydi (printer kabi). Faks-server olgan faksimil xabarlar aloxida tarmoqda qayta ishlanadi. Bundan tashqari, tarmoqda quyidagi xizmatlar bo‘lishi mumkin:
-elektron pochta (E-mail)-mijozlar o‘rtasida, ular bir-birlaridan qancha uzoqlikda joylashganligidan qat'iy nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu Erda jarayon xuddi oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o‘z adresiga ega. Uni jo‘natuvchi
desak, qabul qiluvchi ham o‘z adresiga ega. "Xat" pochta qutisiga tashlanadi (ya’ni pochta serveri) va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta qutisiga etkaziladi, ya’ni bu Erda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo‘ladi. Shu tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi. Oxang, tovush kartalari yoki ovozli modemlar xatto tovushlarni ham uzatish imkonini beradi;
-bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o‘zaro axborot almashinishi tushuniladi, ya’ni bir kompyuter klaviaturasida terilgan axborotlar ayni vaqtning o‘zida boshqa kompyuter ekranida paydo bo‘laveradi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia vositalarini qo‘llaganda, videokonferentsiyalar o‘tkazish imkoniyati tug‘iladi. Bunday xolatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning o‘tkazish qobiliyati kuchli bo‘lishi lozim.



  1. Yüklə 0,97 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə