Kompyuter tizimlari va tarmoqlari


Global kompyuter tarmoqlarining tijoratda qo‘llanilishi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə15/26
tarix23.09.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#123561
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari

Global kompyuter tarmoqlarining tijoratda qo‘llanilishi.


Axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika yutuqlari bilan o‘zaro almashish ehtiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo hamkorlik dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qo‘ydi. Ilmiy va maorif maqsadlari va biznes uchun ko‘plab kompyuter tarmoqlari tashkil etilgan. Ko‘plab tarmoqlarni birlashtira oluvchi va dunyo hamjamiyatiga kirish imkoniyatini beruvchi tarmoq - bu Internet. Internet foydalanuvchiga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi. Do‘stona grafik interfeys Internet xizmatidan har bir kishining foydalana olishi uchun imkoniyat yaratadi.


Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatdagi global kompyuter tarmoqlari.


Zamonaviy axborot texnologiyasiga ega hisoblash texnikasidan va elektron uzatish tizimidan foydalanmay turib zamon talabiga javob beruvchi moliyaviy muassasalarni tashkil etish mumkin emas. Shu bois, bunday muassasalar ham dasturli – apparat kompleksi sifatida, ham elektron shaklda axborot uzatishning kommunikatsiya vositasi sifatida eng yirik iste’molchilar hisoblanadi. Tashkilotlarning alohida avtomatlashtirilgan komplekslarini bog‘lovchi global tarmoqlar milliy va xalqaro darajada hisob-kitoblar o‘tkazish imkonini beradi.


  1. Internetda ishlash va Internet Explorer dasturida ishlash.


Printspi jixatidan Internet xech kim tomonidan yagona boshqarilmaydi, u xar biri muvofiqlashtirib turiluvchi organlarga ega ommaviy tarmoq xisoblanadi. Biroq
xalqaro nodavlat Internet Soiety (ISO) tashkiloti 1992 yilda tuzilgan. Bu tashkilot global masshtabda tarmoqqa javob beradi va ikkita asosiy masalani xal qiladi - yagona standartlarni ishlab chiqadi va adreslarni tayinlaydi.
Internet orqali ma’lumot jo‘natganingizda, u ko‘zlangan manzilga osongina Etib borgandek tuyuladi. Aslida bu juda murakkab jarayon. Internet orqali ma’lumot uzatganingizda kompyuterlar internet bo‘ylab ma’lumot uzatishda foydalanadigan TCP (Transmission Control Protocol – uzatishni boshqarish protokoli) protokoli ma’lumotni avval kichikroq bo‘laklar – paketlarga bo‘lib chiqadi. Bu paketlarda boshqa foydali ma’lumotlar ham bo‘ladi-ki, ular paketlarni internet bo‘ylab to‘g‘ri yo‘naltirishga yordam
beradi.
Sizning kompyuteringiz bu paketlarni sizning mahalliy kompyuter tarmog‘ingizga, Internet xizmatlari provayderiga yoki on layn xizmatini ko‘rsatuvchi boshqa tashkilot kompyuteriga jo‘natadi. Paketlar oxirgi manzilga Etib borguncha, turli tarmoqlardan, kompyuterlardan va aloqa liniyalaridan o‘tadi. Bir qator apparat qurilmalari paketlarni qayta ishlaydi va to‘g‘ri yo‘nalishda yo‘naltirib turadi. Bu qurilmalar tarmoqlar orasida ma’lumot uzatishga xizmat qiladi va internetning yagona tarmoq sifatida faoliyat ko‘rsatishiga olib keladi.
Beshta eng asosiy qurilma: hub (tugun), bridge (ko‘prik), gateway (darboza yoki shlyuz), repeater (tiklagich), router (marshrutizator - yo‘naltirgich) lardir. Hub (hab deb o‘qiladi) juda muhim ahamiyatga ega. Ular bir guruh kompyuterlarni bir- biri
bilan bog‘lab, kompyuterlarning mahalliy tarmog‘ini (local area network yoki qisqacha LAN) yaratishga va kompyuterlarni bir-biriga ulana olishiga xizmat qiladi. Ko‘priklar mahalliy tarmoqlarni bir-biri bilan bog‘laydi. Ular mahalliy tarmoqqa jo‘natiladigan ma’lumotlarni tarmoq ichida olib qoladi va boshqa mahalliy tarmoqdagi kompyuterga jo‘natilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni tarmoqdan tashqariga chiqarib yuboradi. Shlyuzlar ko‘priklarning o‘zi, lekin ular zarurat paydo bo‘lganda, ma’lumotlarni bir turdan ikkinchi tarmoq uchun tushunarli boshqa turga aylantiradi.
Internet bo‘ylab ma’lumotlar uzatilganda ular uzoq masofaga jo‘natilishi mumkin. Bunda esa ma’lumotlarni tashuvchi signallar so‘na boshlaydi. Repiterlar signallar so‘nib qolmasligi uchun ma’lum masofadan keyin ularni kuchaytiradilar. Marshrutizatorlar. Internetdagi ma’lumotlar oqimini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ularning vazifasi ma’lumotlar joylangan paketlarni har doim kerakli yo‘nalishda borishini ta’minlashdir.
Agar ma’lumotlar bitta mahalliy tarmoqqa tegishli kompyuterlar orasida uzatilsa, marshrutizatorlarning keragi yo‘q, chunki Hubning o‘zi mahalliy oqimni boshqara oladi. Marshrutizatorlar ikkita tarmoq orasida ma’lumot uzatilayotganda ishlay boshlaydilar. Marshrutizatorlar paketlarni tekshirib, ularning oxirgi manzillarini aniqlaydi va paketlarni bu manzilga yaqinroq boshqa marshrutizatorga uzatadi. Marshrutizatorlarning ishlashi bilan quyida batafsilroq tanishib chiqamiz. Yuqoridagi barcha qurilmalar ko‘plab tarmoqlarni birlashtiradi va bularning hammasi
Internetni tashkil etadi. Korporativ mahalliy tarmoqlar eng kichik tarmoqlardir. Ular birlashib, o‘rtacha darajadagi tarmoqlarni tashkil qiladi. Bir geografik xududda joylashgan tarmoqlar birlashib, mintaqaviy tarmoqlarni tashkil etadi. O‘z navbatida bu tarmoqlar ham birlashib, keng hududli tarmoqlar (wide area network yoki qisqacha WAN)ni tashkil etadi. Bir mintaqaviy tarmoq ichida ma’lumotlar marshrutizatorlar yordamida uzatilishi mumkin. Lekin ma’lumotni bir mintaqaviy tarmoqdan ikkinchisiga uzatish kerak bo‘lsa, bu ma’lumot tarmoqning kirish nuqtasi (network access point yoki qisqacha NAP)ga jo‘natiladi. Bu nuqtadan ma’lumot magistrallar orqali katta tezlikda ikkinchi mintaqaviy tarmoqning kirish nuqtasiga uzatiladi. Bu magistrallarda ma’lumotlar 155 Mb/s va undan katta tezlikda uzatiladi. Hozirgi kunda tezligi 10-20 Gigabit/s bo‘lgan va multimedia koridorlari deb ataluvchi magistrallar mavjud.
Bugungi kunda Internet 50000 dan ortiq aloxida tarmoqlarni bog‘laydi. Ular turli zamonaviy axborotlarni taklif etib kelmoqdalar. Masalan, Nyu-York fond birjasi aktsiyalari kotirovkasini Massachuset texnologiya institutida ko‘rib chiqish mumkin. Usenet sistemasi yordamida xonadon yoki global muammolarni
baxslashib, muxokama qilish mumkin. Yaxoo yoki Rambler izlash sistemasi orqali Sizga kerakli axborot tez va soz topiladi. Masalan, oddiy tovarlar narxidan boshlab, teatr repertuarigacha axborot olish mumkin. Internet tarmog‘i orqali bugungi kunda kundalik ro‘zg‘or xaridlari amalga oshirilmoqda.


Elektron nashr, kutubxona sistemalari esa juda ommaviylashib ketdi. Ular yirik kutubxona va nashriyotlarni o‘zaro bog‘laydi. Biroq elektron pochta esa eng ko‘p ommalashdi. Bu sistema bir zumda dunyoning xoxlagan burchagiga xabar etkaza oladi.





  1. Yüklə 0,97 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə