Korea licorice



Yüklə 20,03 Kb.
səhifə1/3
tarix30.05.2023
ölçüsü20,03 Kb.
#114148
  1   2   3
Abdug\'ani


Nukus tumanlararo
iqtisodiy sudiga
E’TIROZNOMA
(huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaga nisbatan)
Da`vogar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi
javobgar – “KOREA LICORICE” QK MChJga nisbatan huquqiy ta’sir chorasini
qo‘llash to‘g‘risidagi ariza bilan Nukus tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat
qilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil
12 iyunda 2467-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan
monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bandiga asosan tijorat
banklar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda va TSOYEAT (tashqi savdo
operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi)
dasturi ma’lumotlarida
jamiyatning 13 040,9 AQSh dollar miqdorida muddati o‘tgan debitorlik
qarzdorligi mavjudligi sababli javobgardan 7 120 237,8 so‘m miqdorida jarima
undirishni so‘ragan.
Arizachining arizasi asossiz bo‘lib, quyidagi asoslarga ko‘ra
to‘liq rad qilinishi lozim:
Korxonamiz – “KOREA LICORICE” QK MChJ nomidan shuni ma’lum
qilamizki, SIA Ardena Transport korxonasi (ushbu transport kompaniyasi Latviya
korxonasi bo‘lib, bizning Germaniyaga eksport qilayotgan tovarimizni Furada
Germaniyadagi mijozimizgacha yetkazib bergan) bilan eksport emas, №2108-L-
1265 raqamli import shartnomasi 2021-yil 25-avgustda imzolangan. Shartnoma
summasi 3740.5 AQSH dollari bo‘lib, bu summani korxonamiz 50/50 qilib 2021-
yil 8-sentyabrda 1870.25$ hamda 2021-yil 6-oktyabrda 1870.25$ pulni SIA
Ardena Transport korxonasi hisob raqamiga to‘liq o‘tkazib to‘lab bo‘lganmiz. Jami
3740.5 AQSH dollar to‘liq o‘tkazilib bo‘lingan va bu korxonaga nisbatan hech
qanday qarzdorlik qolmagan. Ish bajarilganligi to‘g‘risidagi aktlar esa TSOYEAT
sistemasiga ham kiritilgan. 2021-yil 27-avgust kuni hisob raqamimizdan SIA
Ardena Transport korxonasi hisob raqamiga 1870.25$ yuborilgan, ammo ushbu
mablag‘ texnik nosozliklar tufayli 2021-yil 27-avgust kuni soat 17:54:33 da
bizning hisob raqamimiz: 20208840900935419001 ga qaytib kelgan hamda SIA
Ardena Transport korxonasi hisob raqamiga pul tushmagan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.04.2021 yilda qabul
qilingan 216-sonli “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot
tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi


Yüklə 20,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə