Республикамизда божхона идоралари фаолиятининг ҳУҚУҚий асослари



Yüklə 261,5 Kb.
səhifə1/17
tarix25.12.2023
ölçüsü261,5 Kb.
#161232
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bojxona 7


BOJXONA ISHI FANIGA KIRISH BOJXONA ISHINING VUJUDGA KELISH TARIXI
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 18 yanvardagi «O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq bosh boshqarmasini O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasiga aylantirisli to'g'risida»gi farmoniga ko'ra, nazorat qiluvchi organlarning faoliyatini tartibga solish, yagona soliq siyosatini o'tkazish, mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi negizida Davlat soliq qo'mitasi tuzildi.
Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 4 martda qabul qilgan «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasini tashkil qilish va uning faoliyati to'g'risida»gi 114sonli qaroriga muvofiq, ushbu qo'mita soliq siyosatini amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizning iqtisodiy manfaatlarini va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasidagi nazorat organi hisoblanadi. Soliq qo'raitasining o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirlikiar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar totnonidan, ularning mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, bajarilishi shaitdir. Ko'rsatilgan farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi to'g'risidagi nizom ham tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkaraasining 1998 yil 12 yanvarda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to'g'risidaftgi 14-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan yangi nizom O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Davlat soliq qo'mitasi soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta'minlash, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat qilish bo'yicha markaziy organi hisoblanadi.
Davlat soliq qo'mitasining tasarrufida bo'lgan va mamlakatimiz soliq organlarining yagona tizimini tashkil etuvchi organlar quyidagilar hisoblanadi:
- Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari;
- viloyatlar davlat soliq boshqarmalari;
- tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari.
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va unga qarashli muassasalarning mansabdor shaxslari huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi «Davlat soliq xizmati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinadi.
Quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining vazifalari hisoblanadi:
a) O'zbekiston Respublikasi da o'tkazilayotgan soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita qatnashish;
b) nazorat organlari tomonidan olib borilayotgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo'jalik faoliyatini barcha tekshiruv va taftishlarini muvofiqlashtirish;
v) quyidagilar bo'yicha ishni tashkil etish va ular ustidan nazorat qilish;
- soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlar (keying! o'rinlarda soliqlar deb yuritiladi) to'g'ri hisoblab chiqarilishi, to'liq va o'z vaqtida tolanishi;
- soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlash, soliq to'lovchilarga soliqlar bo'yicha majburiyatlarni bajarishlarida yordam ko'rsatish;
~ soliq solinadigan subyektlar va obyektlaming to'liq va o'z vaqtida hisob0a olinishini ta'minlash;
- soliqlar bo'yicha huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish.
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi o'ziga yuklatilgan vazifalami boshqa davlat boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda bajaradi.
Davlat soliq qo'mitasi zimmasiga yuklangan vazifalaiga muvofiq, quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1) qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar to'g'ri hisoblanishi, to'liq va o'z vaqtida to'lanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, mana shu maqsadda:
-soliq solinadigan subyektlar va obyektlar, hisoblab chiqilgan va to'langan soliqlarning to'liq va o'z vaqtida hisobga olinishini, jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni ta'minlash;
- soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish faktlarini to'plash, tahlil etish va baholash harnda soliqlar bo'yicha huquqbuzarliklarga yo'l ochib berayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida tegishli organlarga takliflar kiritish;
-yuridik va jismoniy shaxslarga ular soliq to'lovchi sifatida ro'yxatga olinganliklari to'g'risidagi hujjatlarni, ro'yxatdan o'tkazish (identifikatsiyalash) tartib raqamlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish;
-soliq tushumlarini ta'minlash bo'yicha topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil etish;
-jismoniy shaxslarning daromadlari yalpi deklaratsiya qilinishini bosqichma-bosqich joriy etish;
-xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini soliq bilan tartibga solish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, soliq siyosatini muvofiqlashtirish bo'yicha hukumatlararo bitimlar va shartnomalarni, shuningdek, ikki tomonlama soliq solishni bartaraf etish bo'yicha bitimlarni tayyorlash va tuzish;
-muddatida to'lanmagan soliqlarni undirish, musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, xazinalarni, shuningdek, meros qilib qoldirish huquqi bilan davlatga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga o'tgan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish ustidan nazoratni yuritish bo'yicha ishlarni tashkil etadi;
2) yagona umumdavlat soliq siyosatining amalga oshirilishda qatnashadi, shu maqsadda:
- soliq haqidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo'yicha uslubiy va metodologik ishlarni olib boradi;
- Moliya vazirligi va O' zbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralari bilan birgalikda soliq to'g'risidagi qonunlarni va boshqa qonun hujjatlarini qo'llash masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi hududida bajarish majburiy bo'lgan yo'riqnomalar va boshqa normativ hujjatlarni belgilangan tartibda chiqaradi;
- budjetga soliqlar tushumi prognozini ishtab chiqishda qatnashadi; -soliqlarni hisoblash va to'lash bilan bog'liq hisob-kitoblar,
deklaratsiyalar va boshqa hujjatlar shakllarini ir-hlab chiqadi;
-soliq haqidagi qonun hujjatlari bo'yicha normativ hujjatlar to'plamlarini tayyorlaydi va nashr etadi, o'ziga qarashli organlarning qonun hujjatlari va yo'riqnoma materiallari, soliq to'lovchilarni hisobga olish shakllari bilan ta'minlash chora-tadbirlarini ko'radi;
3) yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini htmoya qiladi, soliq solish va soliq haqidagi qonun hujjatlari buzilishi masalalari bo'yicha shikoyatlar va arizalarni belgilangan tartibda ko'rib chiqadi, shu maqsadda:
-soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari bo'yicha norm at iv hujjatlar soliq to'lovchilarga o'z vaqtida yetkazilishi;
-soliq haqidagi qonun hujjatlari to'g'risidagi axborot nashr etilishi, ko'paytirilishi va o'ziga qarashli tashkilotlarga yetkazilishi uchun servis-markazlar faoliyatini, soliq to'lovchilarni soliqlarni to'g'ri hisoblashga o'rgatish, hisobotlar va deklaratsiyalar taqdim etish, shuningdek, maslahat xizmatlari ko'rsatish bo'yicha ishlarni tashkil etadi;
4) O'zbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlantirish yo'nalishlaridan kelib chiqib va davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq haqidagi qonun hujjatlari qo'llanilishi amaliyotini hisobga olib davlat soliq xizmati organlari ishining ustuvor yo'nalishlarini belgilaydi, ular faoliyatini takomillashtirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, davlat soliq xizmati organiarining faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va kiritadi;
5) huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqlar bo'yicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
6) soliq haqidagi qonun hujjatlari buzilishi to'g'risidagi arizalar, xabarlar va boshqa axborotni tekshiradi;
7) davlat soliq xizmati organiarining mansabdor shaxslari xizmat vazifa'arini bajarayotganda ular faoliyatining xavfsizligini ta'minlaydi;
8% q onun hujj atlariga muvofiq soliq to 'lo vchi to' g' risidagi ina'lumotlar sir saqlanishi bo'yicha ishlarni tashkil etadi;
9) o'ziga qarashli bo'linmalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
10) kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qo'yish bo'yicha davlat soliq xizmati organlari ishini tashkil etadi, kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi, shu maqsadda davlat soliq xizmati organiarining kadrlarini tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha maxsus o'quv yurtlari va markazlar tashkil etadi;
11) davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozimlari malaka tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaxassislarni attestatsiyadan o'tkazadi, ularga belgilangan tartibda maxsus unvonlar beradi;
12) davlat soliq xizmati organiarining samarali ishlashini ta'minlash maqsadida:
-ko'p mehnat talab qiladigan jarayonlarni avtomatlashtirish, soliq axborotini qabul qilish, qayta ishlash, o'tkazish va saqlash maqsadida soliq tushumlari, barcha soliq to'lovchilar - yuridik va jismoniy shaxslar
haqidagi ma'lumotlami ishlab chiqish bo'yicha yagona kompyuter tizimini barpo etadi va undan foydalanadi, soliq to'lovchilar - yuridik va jismoniy shaxslarning yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
-davlat soliq xizmati organlarini moddiy-texnik ta'minlaydi, materiallar va asbob-uskunalarga ajratilgan fondlar foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
-davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-texnik ta'minlash maxsus jamg'armasining shakllantirilishi, taqsimlanishi va undan foydalanish to'g'riligini nazorat qiladi;
- xorijiy soliq organlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, soliqlar va soliq to'lovchilarni hisobga olishning yagona kompyuter tizimini yaratish, davlat soliq xizmati organlarini moddiy-texnik jihatdan ta'minlash, kadrlar rnalakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi;
13) yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni beigilangan taitibda muvofiqlashtiradi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan o'tkazilayotgan xo'jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni to'xtatish haqida taklif kiritadi.
Davlat soliq qo'mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.



Yüklə 261,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə