Республикамизда божхона идоралари фаолиятининг ҳУҚУҚий асослари


SOVET TUZUMI DAVRIDA BOJXONA



Yüklə 261,5 Kb.
səhifə9/17
tarix25.12.2023
ölçüsü261,5 Kb.
#161232
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bojxona 7

SOVET TUZUMI DAVRIDA BOJXONA
Mustabid sovet tuzumi davrida boj-tarif siyosati, bojxona ishi va qonunchiligi markazlashgan holda, toʻliq Moskva tomonidan idora qilingan, sohaga oid masalalar ittifoq respublikalari, xususan Oʻzbekiston manfaatlari eʼtiborga olinmasdan hal etilgan.
Jumladan, 1917-yil 29-oktyabrda Moliya ishlari boʻyicha xalq komissarligi tomonidan “Tovarlarni olib kirish va olib chiqish haqida”gi dekret qabul qilinib, tashqi savdo operatsiyalarining amalga oshirilishi va bojlarning undirilishi davlat tomonidan nazorat qilinishi belgilangan.
1918-yil boshida Moliya ishlari boʻyicha xalq komissarligi qoshida “Bojxona yigʻimlari” departamenti ish boshlagan va shu yilning 29-may kuni “Joylardagi Bojxona muassasalari faoliyatini tartibga solish hamda bojlarni yigʻishda Markaziy va mahalliy shoʻrolar hukumati huquqlarini chegaralash haqida”gi dekret qabul qilingan.
Tashqi savdo xalq komissarligining 1921-yil 24-dekabrdagi 133-sonli buyrugʻiga asosan 283 ta mahalliy bojxona muassasalarini oʻz ichiga olgan Petrozavodsk, Gʻarbiy, Ukraina, Janubiy, Kavkaz orti, Semipalatinsk, Sibir va Turkiston okruglari hamda Petrozavodsk va Qrim uchastkalaridan iborat Bojxona boshqarmasi tashkil etilgan.
1923-yil 12-noyabrda SSSR Tashqi savdo xalq komissarligining Bojxona bosh boshqarmasi tashkil topgan.
1924-yil 12-dekabrda sobiq SSSR Markaziy Ijroiya komiteti Prezidiumida Bojxona ustavi tasdiqlangan.
Arxiv hujjatlarida, 1924-25 yillarda Buxoro, Patta-Kesar bojxonalari va Turkmaniston bojxona uchastkalarida oʻtkazilgan tekshiruvlarda xodimlarning bilim saviyasi past darajadaligi, chegaralar orqali kontrabanda tovarlarini olib oʻtish holatlari koʻpligi, bojxona ishini tashkil etishda normativ-huquqiy hujjatlar mavjud emasligi hamda maxsus kiyim-bosh yoʻqligi kabi kamchilik va yetishmovchilik aniqlanganligi koʻrsatilgan.
DAVLAT BOJXONA QO’MITASINING TASHKIL ETILISH ZARURIYATI
O‘zbekiston respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘frisida
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 10-avgustdagi Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tizimi xodimlarining umumiy soni 2024 nafardan iborat qilib belgilansin, ulardan 602 nafari qo‘shimcha ravishda ajratilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Qo‘mita markaziy apparati xodimlarining soni 135 nafardan iborat qilib belgilansin (binolarni qo‘riqlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari).
Qo‘mitaga Raisning O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan uch nafar o‘rinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosariga hamda shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 9 kishidan iborat hay’atga ega bo‘lishga ruxsat berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va apparati xodimlari soni, bojxona postlari va avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari 2, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlari Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadilar.
4. Respublika ichki ishlar idoralari xodimlari uchun belgilangan huquq va imtiyozlar (lavozim maoshlari, shaxsiy maxsus unvonlar uchun ustamalar, boshqa to‘lovlar ham shu jumlaga kiradi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tizimi xodimlariga joriy etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini 1992-yilda va keyingi yillarda ta’minlash uchun respublika budjetidan zarur mablag‘lar ajratsin.
5. Bojxona xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va ijtimoiy dasturlarni bajarish maqsadda asosli va qonuniy ravishda musodara qilingan tovar-moddiy boyliklar to‘la sotilib, budjetga tegishli to‘lovlar o‘tkazilgan taqdirda shulardan tushgan mablag‘ning 20 foizi, shuningdek, savdoga daxldor bo‘lmagan muomalada boj yig‘imlari, poshlinalar tarzida olinadigan rejadan tashqari daromadlar hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda 10 kun muddat ichida ushbu jamg‘armani hosil qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddat ichida respublikada bojxona ishlari bo‘yicha qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 20 kun muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi organlarining oddiy va boshliqlar tarkibiga maxsus va shaxsiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarning loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda bir oy muddat ichida bojxona ishi tizimida xavfsizlik masalalarini ta’minlash bo‘yicha maxsus tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Andijon, Namangan, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining hududlar bo‘yicha boshqarmalarini joylashtirish uchun binolar;
O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi — tegishli nomenklatura bo‘yicha — moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalar, anjomlar;
O‘zbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari davlat qo‘mitasi — yonilg‘i-moylash materiallari;
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi va Avtomobil yo‘llari vazirligi — bojxona postlari uchun to‘suvchi moslamalar;
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi — lokal kompyuter tarmoqlari barpo etishni hisobga olgan holda telefon, telefaks, teletayp, radioelektron va provodli, shu jumladan, “Iskra” aloqa kanallari ajratishni ta’minlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi qurish, qayta qurish va zarur infrastruktura yaratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga 1993—1995-yillarga sarmoya limitlarini nazarda tutsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi 1992—1995-yillarda “Termiz — Daryo porti” va “Ayritom” bojxona nazorat-o‘tkazish punktlarini qayta qurishni hamda chegara zonasidan tashqarida joylashgan yordamchi inshootlarni qurishni ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi 1993-yilda maxsus kiyim-bosh joriy qilishga o‘tsin, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi esa buning uchun zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi 1992-yil oxirigacha Toshkent oliy militsiya maktabi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etsinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi shaxsiy tarkibiga (ularning oila a’zolariga) tibbiy xizmat ko‘rsatishning va moddiy-texnika ta’minotining mavjud tartibini saqlab qolsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida tovar-moddiy boyliklarni olib ketishni nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasini tuzish to‘g‘risida” 1991-yil 26-sentabrdagi 245-son qaroriga 1-ilova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada bojxona xizmatini tashkil etish va uning faoliyati masalalari haqida” 1991-yil 26-oktabrdagi 272-son qaroriga 1, 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish o‘rtoq I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil yanvar oyida ko‘rib chiqilsin.
Davlat bojxona qo‘mitasi huzurida bojxonada olib qo‘yilgan tovarlarni sotish bilan shug‘ullanuvchi «Bojxona-servis» davlat muassasasi tashkil etiladi, deb xabar berdi Norma.uz.
2023 yil 1 aprelga qadar davlat bojxona xizmati organlari olib qo‘ygan va davlat daromadiga o‘tkazadigan mol-mulklarni elektron savdo platformalari va savdo yarmarkalari orqali sotish amaliyotini joriy etish, sotish uchun autsorsing asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, qabul qilib olish, saqlash va sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni onlayn rejimda monitoring qilish imkonini beruvchi axborot tizimini ishga tushirish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilgan.
Bundan tashqari, «Bojxona-servis davlat muassasasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • davlat tashkilotlari va deklarantlar uchun shartnoma asosida bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarni tuzish, davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etish hamda tovarlarga doir bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish;

  • chegara o‘tkazish punktlarini nazorat-texnik vositalar bilan jihozlash, ularga servis xizmatlar ko‘rsatish va ta’mirlash, ushbu vositalardan foydalanganlik uchun pulli xizmatlar ko‘rsatish;

  • chegara o‘tkazish punktlari va ularga tutash hududlarda avtoturargohlar tashkil etish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;

  • davlat bojxona xizmati organlariga tegishli bo‘lgan bino va omborlarda shartnoma asosida bojxona omborlari faoliyatini tashkil etish, bojxona omborlarida tovarlarni saqlash, yuklash, tushirish xizmatlarini ko‘rsatish hamda boshqa yuk operatsiyalarini amalga oshirish;

  • bojxona nazorati zonasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;

  • qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni saqlash va sotish (qonunchilik hujjatlarida boshqa davlat organlarga beriladigan mol-mulklar bundan mustasno);

  • shaxsning davlat foydasiga voz kechish to‘g‘risidagi qarori asosida olingan tovarlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq sotilishini tashkil etish va boshqalar).

Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga muvofiq, Toshkent hududidagi bojxona postlarida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘yicha bepul asosda xizmat ko‘rsatuvchi «front-ofis»ga ishga taklif etmoqda.


«Front-ofis»ga nomzodlar tanlov asosida tanlab olinadi.
Tanlovdan o‘tgan nomzodlar fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga qabul qilinadi hamda ularga ishbay asnoda ish haqi to‘lanadi.

Yüklə 261,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə