Республикамизда божхона идоралари фаолиятининг ҳУҚУҚий асослари


Bojxona ishi A. Temuriy davridagi rivojlanishi



Yüklə 261,5 Kb.
səhifə12/17
tarix25.12.2023
ölçüsü261,5 Kb.
#161232
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bojxona 7

Bojxona ishi A. Temuriy davridagi rivojlanishi
13-14 asrlarda buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur tomonidan poytaxti Samarqand shahri boʻlgan ulkan markazlashgan davlatga asos solinishi milliy bojxona tizimi tarixida ham muhim oʻrin tutadi.
Temuriylar davlatining xaritasini kuzatar ekansiz, uning hududi Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olganligiga guvoh boʻlishadi. Darhaqiqat, Temur davlati tarkibiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shimoliy gʻarbda Quyi Volga, Don boʻylari, shimoliy-sharqda Balxash koʻli va Ili daryosigacha, janubiy-sharqda esa Shimoliy Hindistongacha boʻlgan mamlakatlar qarashli boʻlgan.
Oʻsha davrda Yevropa, Osiyo va yaqin Sharq davlatlari bilan savdo-sotiq ishlari olib borilgan. Davlat chegaralari yaqinida qurilgan karvonsaroylarda karvonlar kutib olingan. Karvonsaroylarda tovarlar koʻzdan kechirilib, boj undirilgan. Boj toʻlangan yuklarga tamgʻa bosib berilgan. Ushbu boj toʻlanganligini bildiruvchi tamgʻa bosish amaliyoti Amir Temur davrida keng tarqalgan. Ayrim manbalarda “tamgʻa” soʻzidan rus tilidagi “tamojnya” soʻzi kelib chiqqanligi qayd etilgan. Yaʼni, boj undirib, tamgʻa qoʻyishni “tamjit”, bu ishni amalga oshiradigan joyni “tamojnya” deb yuritishgan.
Amir Temur barpo etgan davlatning qudrati Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya, Ispaniya kabi davlatlar hukmdorlarining Sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari oʻrnatishga intilishlariga sabab boʻlgan. Shu bois ular Sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turishgan.
Jumladan, 1404-yili Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib, bir muncha muddat yashagan va “Temur saroyiga sayyohat” nomli esdaliklarini yozgan.
Ushbu esdaliklarda: “Temur darvozasi” deb atalgan, saltanat hududiga kirishda bojxona maskani vazifasini bajargan ikki joy toʻgʻrisida ham soʻz yuritgan. Jumladan, “...Amir Temur uchun bular, ayniqsa, daromadli manba edi. Bularning bittasi Kavkaz tizmasining sharqiy togʻ tizmasida, Kaspiyga tushadigan Darbandda joylashgan boʻlib, ikkinchisi esa Samarqand va Balx oʻrtasidagi togʻ tizmasida, Shahrisabzdan ikki kunlik yoʻlda joylashgan yerda edi.”- deb koʻrsatgan.
Sohibqironning uchinchi oʻgʻli, Gʻarbiy Eron, Iroq va Ozarbayjon hokimi Mironshoh esa Fransiya, Angliya kabi mamlakatlar hukmdorlari bilan diplomatik maktublar yozishib turgan. Ularning ayrimlari hozirda Britaniya muzeyi va Parij Milliy kutubxonasida saqlanmoqda.
Sohibqiron davrida saltanat hududidagi Buxoro, Shahrisabz, Toshkent kabi koʻplab shaharlar savdo-sotiq va turli hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish markazlari sifatida mashhur boʻlgan. Ishlab chiqarilgan tovarlar chet ellarga ham sotilgan va xorijdan turli xil tovarlar olib kelingan. Boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiqning kengayishi oʻz navbatida bojxona tizimining ham takomillashuviga olib kelgan.

Yüklə 261,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə