Korporativ boshqaruv



Yüklə 78,79 Kb.
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü78,79 Kb.
#166610
1   2   3   4
1 Moliyaviy menejment” fanining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari

Moliyaviy menejment - bu korxonaning strategik va joriy maqsadlarini amalga oshirishga yo’naltirilgan moliyaviy resurslarni va moliyaviy faoliyatni boshqarishdir.
“Moliyaviy menejment tizimi iqtisodchilar tomonidan kompaniyalarda istiqboldagi va faoiyat yuritishidagi strategik va joriy moliyaviy maqsadlarni rejalashtirish, amaliyotga tatbiq etish, nazorat va taxlil qilish, o'z vaqtida to'g'rilash hamda tartibga keltirishdagi ilmiy jihatdan asoslangan o'zaro bog'liqlikdagi metodlar va instrumentlar kompleksi sifatida tushuniladi”1.
Har qanday boshqarish tizimi kabi moliyaviy menejment ham ob’ekt va sub’ektga, ya’ni boshqariluvchi va boshqaruvchi tizim ostlariga ega.
Bunda korxonalarning pul mablag’lari va ularning manbalari, shuningdek korxonalar, xo’jalik faoliyatining boshqa ishtirokchilari, moliya tizimining turli bo’g’inlari o’rtasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar boshqarish ob’ekti hisoblanadi.
Mulkdorlar, moliyaviy menejerlar, mos tashkiliy tuzilmalar va xizmatlar moliyaviy menejment tizimida boshqarish sub’ektlari sifatida qatnashadi, bo’limlarning tarkibiy qismlari esa boshqariluvchi tizim ostlari sifatida yuzaga chiqadi. Bunda eng asosiy boshqaruv sub’ekti korxonaning mulkdorlari hisoblanadi. Hozirgi sharoitda moliyaviy direktor boshqaruv a’zolarining yoki direktorlar kengashining a’zosi hisoblanadi va boshqaruv ierarxiyasida etakchi o’rinlardan biri hisoblanadi. Moliyaviy direktor bosh direktor bilan birgalikda aksiyadorlar oldida to’g’ridan-to’g’ri javobgarlikni o’z zimmasiga oladi, moliyaviy natijalar bo’yicha investorlar va biznes egalariga hisobot beradi. Moliyaviy direktorga nomzodlar direktorlar kengashi tomonidan shaxsan tasdiqlanadi. Bu jihat moliyaviy direktorning mustaqilligi va o’z faoliyati bo’yicha aksiyadorlarga hisobot berishini anglatadi.
Operatsion strategiyalar korxona umumiy strategiyasiga asoslanuvchi, moliyaviy xizmat orqali rejalashtirish jarayonida majburiy tartibda o’tish talab qilinadigan tegishli xizmatlar doirasida rivojlangan biznes-tuzilmalarda boshqaruv funktsional tarzda bo’linadi. Bu tabiiy ravishda umumiy strategiyani ishlab chiqish va kuchlarni birlashtirishda moliyani yadroga aylantirmoqda. Shunday ekan moliyaviy direktorning bosh vazifasi biznesni boshqarishning izchil va samarali ishlash tizimini ta’minlash orqali korxonaning barcha bo’linmalari operatsion strategiyalarini va aksiyadorlar uzoq muddatli maqsadlarini integratsiyalash bilan ifodalanadi.
Shunday qilib, moliyaviy direktor va u boshqaradigan moliya xizmati har qanday o’rta va yirik korxonada muhim rol o’ynaydi. Moliyaviy direktor faoliyati bir vaqtning o’zida uch xil doirada: funktsional, korporativ va boshqaruv ko’rinishida amalga oshirilishini ta’kidlash lozim. Shuning uchun ham moliya xizmatining zamonaviy rahbari ilmli, keng dunyoqarashga ega ijodiy fikrlaydigan mutaxassis, amaliy muammolar (pul oqimlarini boshqarish, korxona faoliyati haqidagi tezkor ma’lumotlar bilan ichki va tashqi foydalanuvchilami ta’minlash, investitsion loyihalami baholash, moliyaviy resurslami qidirib topish va jalb qilish hamda boshqalar)ni hal qilish qobiliyatiga ega, shuningdek strategik vazifalar (birlashish va qo’shib olishlar, investorlar bilan o’zaro hamkorlik samaradorligi tahlili va boshqalar)ni hal qila oladigan bo’lishi lozim.



  1. Moliyaviy menejmentning maqsad va vazifalari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy menejmentning maqsadlari turli-tuman bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatli istiqbolda ular korxonani rivojlantirishning umumiy strategiyasiga mos kelishi, uni amalga oshirishni ta’minlashi lozim.


Amaliyotda keng tarqalgan va an’anaviy boshqaruv maqsadlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • foydani maksimallashtirish;

  • moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;

  • tovar realizatsiyasi miqdorini maksimallashtirish va boshqalar.

Korxona faoliyatining u yoki bu maqsadining afzalligini asoslash firmalar faoliyatining turli xil nazariyalari doirasida amalga oshiriladi. Firma nazariyalaridan kelib chiqqan holda quyida asosiy tan olingan korxonalar faoliyati maqsadlari xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Firmalalarning klassik nazariyasida tadbirkorlikning bosh maqsadi olingan tushumlarning sarflangan xarajatlardan yuqori bo‘lishini erishish nazarda tutiladi. Tushumlar va xarajatlar o‘rtasidagi farq foyda sifatida aks ettiriladi. Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi har qanday tashkilotning eng asosiy maqsadi o‘z faoliyati bo‘yicha foyda miqdorini maksimallashtirib borish hisoblanadi. Bunda foyda miqdorini buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlari asosida aniqlashning osonligi va har qanday boshqaruvchi yoki mulkdor uchun tushunarli ekanligi mazkur yondashuvning ommaviyligida muhim rol o‘ynaydi.
Shubhasiz, korxonalar o‘z faoliyatida foydani oshirishga intilishi lozim. Lekin mazkur jarayonda bu maqsadga erishish uchun kuchlarni markazlashtirish kelajakda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan ilmiy-tadqiqot ishlanmalariga xarajatlarni qisqartirish, yangi mahsulotlar ishlab chiqish va bozordagi nufuzini oshirib borish, zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni joriy etish, yuqori malakali xodimlar ish haqlarini oshirib borish va boshqa shu kabilar yaqin kelajakda foyda miqdorini mos ravishda oshirish imkonini berishi mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, yuqori foyda intilishga qaratilgan ayrim qarorlar istiqbolda tovar sifatining pasayishi, asosiy fondlarning haddan tashqari yoki ma’naviy eskirishi, raqobatbardoshlik darajasining va sotish hajmining pasayib ketishi, bozordagi ulushning (korxona nufuzining) yo‘qotilishi, asosiy xodimlarning ketib qolishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi, natijada esa foydaning keskin kamayishi, zararlarning yuzaga kelishi yoki hatto bankrotlikkacha sabab bo‘lishi mumkin. Bundan xulosa chiqarish mumkinki, korxonalarning asosiy maqsadi foydani oshirish bo‘lganda har doim ham risklilik darajasi baholanavermaydi.
Foydani maksimallashtirish biznesni boshqarishning maqsadi sifatida quyidagi kamchiliklarga ega:

  • foydaning turli xil ko‘rsatkichlari amal qilishi (asosiy faoliyat foydasi, yalpi foyda, operatsion foyda, umumxo‘jalik faoliyati foydasi, moliyaviy faoliyatdan foyda, soliq todangunga qadar foyda, soliqqa tortiladigan foyda, sof foyda, taqsimlanmagan foyda va boshqalar) va ularni aniqlashdagi sub’ektivlik (buxgalteriya hisobi madumotlari va qoidalari asosida aniqlanishi), boshqaruv qarorlari samaradorligini baholashning bir tomonlama talqin qilinishidagi murakkabliklar;

  • qisqa muddatli istiqbolga yo‘naltirilganligi;

  • muqobil variantlar bilan taqqoslash mumkin emasligi, prognoz qilingan daromadlar va ularning yuzaga kelish vaqti bo‘yicha tafovutlar;

  • kutilayotgan daromadlarning vaqt bilan va ularni olish bilan bogdiq risklar o‘rtasidagi o‘zaro bogdiqlikning hisobga olinmasligi hamda boshqalar.

Biznesni boshqarishda nisbatan oddiy va keng tarqalgan maqsadlardan biri sifatida tovar ishlab chiqarish va savdo hajmini oshirib borish ko‘rsatiladi. Bu maqsadning keng tarqalishi ko‘plab boshqaruvchilarning o‘z mavqeini (ish haqi, diplomatik statusi, jamiyatdagi o‘rni) ko‘riladigan foydada emas, balki firmaning yuqori darajasida ko‘rishida mujassamlanganligi bilan izohlanadi. Aksariyat korxona rahbarlari uchun tovar ishlab chiqarish va savdo hajmini oshirib borish va bu bo‘yicha keng imkoniyatlar muvaffaqiyat odchovi va tahlilchilar hamda investorlar uchun o‘rganish ob’ekti bodib xizmat qiladi.
Tovar ishlab chiqarish va savdo hajmini oshirib borish foydalaniladigan resurslar (xom ashyo, materiallar, ishchi kuchi va boshqalar) miqdorini oshirish, shuningdek ularni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishni taqozo etadi. Boshqa shart-sharoitlarning o‘zaro tengligi sharoitida korxonadagi o‘sish reinvestitsiya qilingan foyda miqdori bilan aniqlanadi. Shunday qilib, tovar ishlab chiqarish va savdo hajmini oshirib borish mohiyatiga ko‘ra foydani maksimallashtirishga tenglashtiriladi va uning o‘ziga xos kamchiliklari ham foydani maksimallashtirish maqsadi bilan bir xil hisoblanadi.
Biznesni boshqarishda moliyaviy barqarorlikni ta ’minlash maqsadi rivojlanishda konservativ siyosat yuritishni taqozo etadi. O‘z navbatida konservativ siyosat yuqori daromadli operatsiyalar bodishidan qat’iy nazar risklardan qochish, yangi loyihalarni amalga oshirishda qatnashishni doimiy rad etish, natijasi yuqori darajada noaniqlikka ega bodgan innovatsiyalarni joriy etishdan voz kechish kabilarni nazarda tutadi. Keskin raqobat, ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, yangi mahsulot va xizmatlarning doimiy ravishda paydo bodishi sharoitida bunday siyosat faqatgina qisqa muddatli istiqboldagina korxonaning yashab qolishiga imkon beradi.
Qayd etib odish kerakki, yuqorida ko‘rib chiqilgan moliyaviy boshqaruv maqsadlari qodlanilishi bo‘yicha alohida-alohida maqsadlar bodib, amaliyotda ularning kombinatsiyasi (masalan foydani maksimallashtirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash) qarama-qarshilikka olib keladi. Shu bilan birgalikda bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyati murakkab va ko‘p qirrali, shuning uchun ham asosiy maqsad va boshqaruv samaradorligining tegishli mezonlari o‘zaro mos kelishi lozim. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:

  • moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining turli xil jihatlarini o‘zida aks ettirishi;

  • uzoq muddatli istibolgan yo‘naltirilgan bo‘lishi;

  • vaqt, risk va noaniqlik omillarini hisobga olish;

  • ilmiy asoslangan va ob’ektiv baholangan bo‘lishi.

Hozirgi vaqtda korxona mulkdorlari moddiy farovonligini maksimallashtirib borish maqsadi yuqorida keltirilgan shartlarga yuqori darajada javob beradi.
Mulkdorlar korxona foydasiga oxirgi talabgor hisoblanishi sababli ularning daromadlarini maksimallashtirish korxona faoliyatidan manfaatdor bo‘lgan barcha tomonlar, masalan iste’molchilar (tovarlar sotishning kengayishi hisobiga), mol yetkazib beruvchilar (etkazib beriladigan moddiy resurslar miqdorining o‘sishi va o‘z vaqtida to‘lovning amalga oshirilishi hisobiga), xodimlar (ish haqlarining o‘sishi va o‘z vaqtida to‘lanishi hisobiga), kreditorlar (foizlarning o‘z vaqtida to‘lanishi va qarzlarning belgilangan tartibda qoplanishi hisobiga), davlat (soliqlarning o‘z vaqtida va belgilangan tartibda to‘lanishi hisobiga) va nihoyat butun jamiyat moddiy farovonligi o‘sishiga va talablari qanoatlantirilishiga olib keladi.
Shu o‘rinda qayd etib o‘tish lozimki, mulkdorlar o‘z moddiy farovonligini nafaqat joriy davrda, balki uzoq muddatli davrlar mobaynida ham oshirib borishdan manfaatdordirlar. Bu ularni o‘z daromadlarining bir qismini biznesni kengaytirish uchun yo‘naltirishga, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirishga, boshqaruvning samarali tizimini yaratishga, qo‘shimcha moliyaviy resurslar va yuqori malakali kadrlarni jalb qilishga va boshqa shu kabilarga undaydi. Korxona bozor qiymatini oshirib borish jarayoni iste’molchilar talablarini qanoatlantirish darajasini oshirish, mavjud mahsulotlar va xizmatlarni doimiy takomillashtirib borish hamda yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish, xodimlar mehnat sharoitlarini yaxshilash, kapital yetkazib beruvchilarga mos qaytimni ta’minlash va boshqalar bilan chambarchas va bevosita bog‘liq.
Amaliyotda mazkur maqsad alohida maqsad sifatida shakllangan va unga bozor qiymatini maksimallashtirish yo‘li bilan erishiladi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan korxonaning bozor qiymati - bu korxona mulkdorlari (aksiyadorlari) egalik qiladigan yoki sotish natijasida pul shaklida olishi mumkin bo‘lgan real boylikdir.
Amaliyotda korxonaning qiymati kapital qo‘yilmalar umumiy miqdori bilan aniqlanmaydi, balki ularning bozordagi mos tovar va xizmatlar bilan qanday holatda ta’minlanganligi asosida aniqlanadi. O‘z navbatida bu holat amalga oshirilgan qo‘yilmalarning natijalariga va yo‘nalishlariga bog‘liq bog‘liq bo‘lib, agarda bu qo‘yilmalar korxonaning raqobatbardoshligini oshirsa va kapitalning o‘sishini ta’minlasa unda korxona bozor qiymati oshadi va uning egalari kapitali yanada oshadi. Aksincha holatda korxona aktivlari xususiy kapitalga qo‘shimcha qo‘yilmalar yoki yangi qarzlar jalb qilish hisobiga rasman oshirish korxona rentabelligining yomonlashuviga, raqobatbardoshligi pasayishiga olib kelsa mos ravishda korxona qiymati ham pasayadi.
Bundan quyidagicha muhim xulosa chiqarish kerak: har qanday boshqaruv qarori birinchi navbatda korxona qiymatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi kerak. Boshqacha aytganda moliyaviy menejer faqat shunday qarorlar qabul qilishi kerakki, ular kelajakda korxona bozor qiymati va mos ravishda uning mulkdorlari moddiy boyligi o‘sishini ta’minlashi lozim.
Qarorlar qabul qilishning keltirilgan mezoni birmuncha umumiy va asos bodib xizmat qiluvchi mezon hisoblanadi, lekin amaliyotda uni har doim ham qat’iy ravishda qodlash tavsiya etilmaydi.
Korxonalar uchun birjalarda kotirovkalanuvchi aksiyalari orqali moliya bozorlarida ularning qiymatini baholash amalga oshiriladi. Buning natijasida ko‘rib chiqilgan maqsad korxona mulkdorligining moddiy farovonligini maksimallashtirishning mohiyati bo‘yicha ekvivalenti bodgan aksiyalar bozor bahosini maksimallashtirishga o‘zgaradi.
Umuman ko‘rib chiqilgan yondashuvning quyidagi afzalliklarini ko‘rsatish mumkin:

  • uzoq muddatli istiqbolga yo‘naltirilganligi;

  • vaqt, risk va noaniqlik kabi omillarning hisobga olinishi;

  • mulkdorlar va ularning biznes bo‘yicha hamkorlari (kreditorlar, invstorlar, xodimlar, kontragentlar) manfaatlarining o‘zaro muvofiqlashtirish imkoniyati;

  • joriy va strategik vazifalar o‘rtasida qarama-qarshilikning mavjud emasligi;

  • mulkdorlarning korxona ustidan nazoratni ta’minlashi va boshqalar.

Qayd etib odish kerakki, amaliyotda mazkur yondashuvni amalga oshirish har doim ham oson kechmaydi. Birinchidan, u kelgusi daromad va xarajatlarni ehtimoliy baholashga, pul tushumlari va ularning risklar bilan bogdiqligiga asoslanadi. Ikkinchidan, hamma korxonalar ham umumtanolingan bozor qiymatiga ega emas. Xususan, agar korxonaning aksiyalari birjada muomalada bodmasa, uning haqiqiy bozor bahosini bevosita aniqlash murakkablashadi.
Lekin korxona bozor qiymatini maksimallashtirish maqsadi rivojlangan va samarali ishlovchi bozor kapitali amal qilish vaqtida yuqori darajada asoslangan va muhim xususiyatga ega hisoblanadi.
Asosiy maqsad - mulkdorlar moddiy farovonligini maksimallashtirish va bevosita korxona bozor qiymatini maksimallashtirishga erishish uchun moliyaviy menejerdan quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish talab etiladi:

  • operatsion faoliyat (korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish, rejalashtirish, prognozlash va nazorat qilish);

  • moliyalashtirish - o‘z va jalb qilingan mablagdar manbalarini boshqarish (moliyaviy qarorlar qabul qilish);

  • investitsiyalar - investitsion siyosat va avtivlarni boshqarish (investitsion qarorlar qabul qilish).

Keltirilgan yo‘nalishlardan har biri moliyaviy menejment tizimida amalga oshiriladigan aniq kompleks vazifalar bilan tavsiflanadi. Namunaviy kompleks vazifalar quyidagi rasmda keltirilgan (1-rasm).





  1. Moliyaviy menejmentning kompleks vazifalari

Keltirilgan kompleks vazifalar moliyaviy boshqaruv jarayonining faqatgina umumiy mazmunini ifodalaydi va uni yanada detalli va tizimaks ettirish ham mumkin.


Masalan, kapital tarkibi, bahosi va manbalarini aniqlash bo‘yicha vazifalar quyidagi omillarni detalli baholash taqozo etadi:

  • talab qilinadigan moliyaviy resurslar miqdori va ularni jalb qilish (qo‘lga kiritish) imkoniyati;

  • ularning taqdim etish shakllari (uzoq yoki qisqa muddatli kredit, naqd pul, qimmatli qog‘ozlar emissiyasi orqali va boshqalar);

  • moliyaviy resurslarga egalik qilish bahosi (foiz stavkalari, moliyaviy resurslarni taqdim etish bo‘yicha boshqa rasmiy va norasmiy shartlar);

  • mablag‘lar manbalari ma’lumotlari bilan bog‘liq risklar va boshqalar.

Keltirib o‘tilgan ro‘yxatdan kelib chiqqan holda qayd etib o‘tish kerakki,
moliyaviy menejmentning kompleks vazifalari yetarli darajada keng va turli-tuman. Ulardan aksariyati bo‘yicha qarorlar qabul qilish murakkab va ko‘p miqdordagi axborotlarni qayta ishlash, turli xil matematik modellami va hisoblash texnikalarini qo‘llash talab etiladigan sermehnatli jarayonni o‘zida aks ettiradi. Buning natijasida qarorlar qabul qilish jarayoni qat’iy vaqt bo‘yicha chegaralar, risk va noaniqlik sharoitida tezda o‘tib ketadi, oqibatlar bo‘yicha javobgarlik darajasi esa nihoyatda yuqori bo‘ladi.
Moliyaviy menejment vazifalarining xususiyati buxgalteriya hisobining vazifalaridan farqli ravishda alohida standartlarga bo‘ysunmaydi. Ulardan ayrimlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish tartibga solinmaydigan xususiyatga ega. Ayrim shartnomalarni tuzish va amalga oshirish jarayonida hal qilinishi talab etiladigan “bir marta”lik vazifalar amal qiladi.
Shuningdek yana bir o‘ziga xos xususiyat sifatida bugugi kunda xalqaro amaliyotda moliyaviy menejerlar tayyorlashda matematik modellashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalari sohalarini chuqur bilishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganligini ham alohida ta’kidlash lozim.



Yüklə 78,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə