Korrupsiya lot. Corrumpere — buzmoq


Korrupsiya tushunchasining mazmun-mohiyati va namoyon bo‘lish xususiyatlari



Yüklə 37,19 Kb.
səhifə4/15
tarix04.05.2023
ölçüsü37,19 Kb.
#108443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Коррупция 9 10 мавзу лотин Документ Microsoft Word 2

1. Korrupsiya tushunchasining mazmun-mohiyati va namoyon bo‘lish xususiyatlari
AQSHdan bo‘lgan xalqaro ekspert S.Alatas korrupsiyani sinflarga ajratishda korrupsiyaning oqibatlari va tarqalish ko‘lami nuqtayi-nazaridan ajratgan. Uning fikricha, korrupsiya uch sinfga ajratiladi:
1) Korrupsiyaning nisbatan cheklangan turi. U asosan hokimiyatning yuqori bosqichida jamlangan bo‘lib ijtimoiy hayotning barcha sohalariga keng ta’sir ko‘rsatmaydi;
2) Korrupsiyaning o‘ta keng tarqalgan turi. Jamiyatda deyarli barcha narsa pora yordamida hal qilinadi va hayotning butun sohalarini qamrab oladi;
3) Korrupsiyaning bu turi ijtimoiy tuzumni butunlay vayron qiladi.
YAna bir amerikalik mutaxassis A.Xaydenxaymer korrupsiyani sinflarga ajratishda jamiyat tomonidan korrupsiyaga nisbatan mavjud munosabatga ko‘ra (unga chidash yoki uni ma’qullamaslik) ajratadi.
A.Xaydenxaymer korrupsiyaning uchta turini sanab o‘tgan. Bular oq, qora va kulrang korrupsiyalardir. Oq korrupsiya – bunga nisbatan jamoatchilik fikrida rozilik mavjudligini: bu harakatlar qoralanmasligini, ular mohiyatiga ko‘ra mentalitetga singib ketganligini hamda muammo sifatida idrok etilmasliginini anglatadi. Qora korrupsiya – bunda korrupsion aloqalar jamiyatning barcha qatlamlari tomonidan qoralanadi. Kulrang korrupsiya – korrupsiya borasida biron bir rozilik mavjud bo‘lmagan amaliyotlardir. Aynan kulrang korrupsiya atrofida janjallar yuzaga keladi.
Mamlakatda korrupsiya holatlarining ko‘payishi bir tomondan jamiyatda kuchli iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarsa, ikkinchi tomondan aholi o‘rtasida ma’naviy krizisni vujudga keltiradi. Sotsiologlarning olib borgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra din niqobidagi ekstremizm jamiyatda tobora avj olayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga ham bog‘liq bo‘lib qolmoqda:
 aholi turmush darajasining pasayishi;
 yoshlar orasida ishsizlar sonining keskin oshishi;
 ish haqi va bozordagi narx-navoning nomuvofiqligi hamda ozuqa sifatining pastligi;
 ayrim hududlarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasining pastligi yoki mavjud emasligi, shuningdek, ta’lim olish va sog‘liqni saqlash imkonining cheklanganligi;
 aholi orasida savodsizlik darajasining yuqoriligi;
 yashash sharoitlarining pastligi;
 adolatli soliq tizimining mavjud emasligi kabi muammolar shular jumlasidandir.

Yüklə 37,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə