Korrupsiya lot. Corrumpere — buzmoq



Yüklə 37,19 Kb.
səhifə8/15
tarix04.05.2023
ölçüsü37,19 Kb.
#108443
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Коррупция 9 10 мавзу лотин Документ Microsoft Word 2

Beshinchidan, nopok yo‘l bilan boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va o‘zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya qilish uchun har qanday xatti-harakatlarga tayyor turishlarini yaxshi bilib olish lozim. Bunday kimsalar adolatli jazodan qo‘rqib, hamma ishni qilishga, hatto vaziyatni beqarorlashtirishga, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga shay turadilar. Bunday paytda ehtiroslarni junbushga keltirish, olomonni qo‘zg‘atish va uning orqasiga yashirinib olishdan qulayi yo‘q. Bunday odamlarning “Faqat bizga yaxshi bo‘lsa, ishimiz bitsa – bo‘lgani”, qabilidagi maslagi xudbinlikning, hamyurtlariga nisbatan surbetlarcha loqaydlikning yaqqol ko‘rinishidir.
Oltinchidan, jinoiy usullar bilan boylik va mo‘may pul orttirgan kimsalarning yangi huquq himoyachilari va hatto demokratiya uchun jafo chekkan kurashchilar sifatida siyosatga kirib olishga harakat qilayotganidan dalolat beruvchi misollar oz emas.
Ular bunday xatti-harakatlari bilan insoniyatning adolat va demokratiya kabi olijanob ideallariga naqadar jiddiy zarar etkazayotganlarini, o‘z xalqlari va mamlakatlari sha’niga dog‘ tushirayotganlarini aytib o‘tirishning hojati bormikin?
Ettinchidan, jahon xo‘jalik aloqalariga faol integratsiyalashuv, chet el investitsiyalari va tadbirkorlarini iqtisodiy o‘zgarishlar jarayoniga tortish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan faoliyat bugun O‘zbekiston uchun ustuvor vazifalar hisoblanadi. Bu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish sharoitida korrupsiyachilarning xatti-harakatlari nafaqat mamlakatimizning halol fuqarolarini tadbirkorlikdan chetlatadi, balki chet ellik sheriklarda ishonchsizlik uyg‘otadi va ularni cho‘chitib qo‘yadi.
Natijada mamlakat g‘oyat muhim kapital mablag‘lar manbaidan, texnologiyalar va tajribadan, jahon iqtisodiy tizimining sog‘lom, sof qismiga qo‘shilish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Bunday mamlakat xalqaro xufiya va jinoiy tuzilmalar tobora ko‘proq qiziqadigan va faol ish olib boradigan makon bo‘lib qoladi.
SHu bois bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev: “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur” ligini qayta-qayta uqtirib, “Xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirishni biz birinchi darajali vazifamiz hisoblaymiz” deb, ta’kidlamoqda. Ana shu maqsadda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni ishlab chiqildi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yil
13 dekabrda ma’qullangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 3 yanvarda imzolangan va 2017 yil 4 yanvarda matbuotda e’lon qilingan bo‘lib, 6 bob, 34 moddadan iborat.
Pora olish -- Mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy naf ko‘rishi
Pora berish -- Mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga unga bevosita yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish

Yüklə 37,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə