Korrupsiya lot. Corrumpere — buzmoq


"O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”



Yüklə 37,19 Kb.
səhifə11/15
tarix04.05.2023
ölçüsü37,19 Kb.
#108443
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Коррупция 9 10 мавзу лотин Документ Microsoft Word 2

"O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Agentlik) tashkil etildi.
Agentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Agentlik Prezidentga bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor.
7 dekabr kuni prezident SHavkat Mirziyoev «O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyatini takomillashtirishning qo‘shimcha choralari haqida»gi qarorni imzoladi. Qarorga ko‘ra 2022 yil 1 yanvardan boshlab agentlik quyidagi huquqlardan foydalanadi:

  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarning elektron ma’lumotlar bazalaridan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;

  • tadqiqotlar va ma’muriy surishtiruvlar o‘tkazish hamda tahliliy materiallar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhlarini tuzish;

  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki boshqa ta’sir choralarini ko‘rish uchun korrupsiya faktlari to‘g‘risidagi xabarlarni yuborish va ushbu xabarlarni tekshirish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risida ma’lumotni talab qilib olish;

  • rezonans va muhokamalarga sabab bo‘lgan korrupsiyaga oid faktlar bo‘yicha ishni ko‘rib chiqayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda matbuot anjumanlari o‘tkazish.

Agentlikka davlat organlari faoliyati ochiqligi sohasida yuklatilgan qo‘shimcha vazifalarni moliyalashtirishga ko‘maklashuvchi Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda. U yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi.
SHuningdek, 2022 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarga korrupsiya haqida tezkor xabar berish uchun tunu kun faoliyat yuritadigan «Call-markaz» ishga tushiriladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda korrupsiyaviy jinoyatlar borasida jamoatchilikni xabardor qilishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi:

  • ommaviy rezonans va muhokamalar, ya’ni jamiyatning ma’lum bir hodisaga bo‘lgan hissiy munosabati, jamoatchilik e’tiborini tortgan va turli bahs-munozaralarni keltirib chiqargan korrupsiyaga oid faktlar aks etgan xabarlar bo‘yicha — o‘n kun muddatda;

  • boshqa korrupsiyaviy jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risida — hamkor organlar bilan kelishuvga ko‘ra har chorak yoki yarim yillik yakunlari bo‘yicha;

  • korrupsiyaga oid jinoyatchilik holati, tendensiyalari, sodir bo‘lish sabab va shart-sharoitlari, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida — yil yakuni bo‘yicha.



Yüklə 37,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə