Korrupsiya lot. Corrumpere — buzmoq



Yüklə 37,19 Kb.
səhifə12/15
tarix04.05.2023
ölçüsü37,19 Kb.
#108443
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Коррупция 9 10 мавзу лотин Документ Microsoft Word 2

Kadrlarni tanlash
“SHu nuqtayi nazardan bugungi kunda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositalaridan biri – kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishning ochiq tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ushbu tizim asosida kadrlarni tanlashda eski usullardan voz kechib, ularning intellektual salohiyatini, ma’naviy fazilatlarini baholaydigan ochiq va oshkora tanlov tizimi joriy etiladi. SHuningdek, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha davlat xizmatchilarini muntazam o‘qitish va bilimini baholab borish tizimi
yo‘lga qo‘yiladi.
Mamlakatda korrupsiyani yo‘q qilish uchun davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish, davlat muassasalarida ishchi-xodimlarning maoshlari oshishiga erishish uchun ishchilar sonini bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan chora-tadbirlar asosida optimallashtirish lozim. SHuningdek, xodimlarning ish haqini oshirish (motivatsiya), muqarrar jazoning mavjudligi, kuchli monitoring, jamoatchilik nazorati va elektron hukumat kabi texnologiyalar ham jahon tajribasida keng qo‘llanilgan va yuqori samara keltirgan. Korrupsiyaning oldini olishda avvalambor manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish nihoyatda muhim omil hisoblanadi.
3. Korrupsiyaga qarshi kurashda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari
Bugungi kunda mustaqil O‘zbekiston Respublikasi o‘tish davri va bozor munosabatlarini to‘la amalga oshirish yo‘lidan borar ekan korrupsiya va jinoyatchilikning ko‘pgina turlari bu jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelayotganligi hech kimga sir emas. Barcha mamlakatlarda bo‘lgani singari korrupsiya va jinoyatchilikning ko‘pgina turlari O‘zbekiston Respublikasining ichki tizimida chuqur va mustahkam uya qurib olgan. O‘zbekiston uyushgan jinoyatchilikning "yashirin" iqtisodiyot, narkobiznes, terrorizm usullaridan foydalanish, faxsh savdosi kabi turlaridan xoli mamlakat emas.
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar keltirilgan: 1) aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksa tirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; 2) davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrups yaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish; 3) korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.

Yüklə 37,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə