Korrupsiya lot. Corrumpere — buzmoq



Yüklə 37,19 Kb.
səhifə13/15
tarix04.05.2023
ölçüsü37,19 Kb.
#108443
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Коррупция 9 10 мавзу лотин Документ Microsoft Word 2

Jamoatchilik fikri monitoringining aniqlashicha, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun, bunday turdagi huquqbuzarliklarni eng samarali tiyib turish omili sifatida jinoiy javobgarlik choralarini yanada kuchaytirish zarurligi haqidagi fikrda bo‘layotgan fuqarolar soni yanada ko‘paymoqda. Korrupsiyaning oldini olishning boshqa chora-tadbirlari qatorida: profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish, jumladan, mansabdor shaxslarning vakolatlarini cheklash, turli toifadagi fuqarolarning daromadlari va xarajatlarini nazorat qilish, xizmatdagi turli suiiste’molliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish, jamiyatda aksilkorrupsiyaviy dunyoqarashni va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda ma’naviy-axloqiy sifatlar darajasini oshirish kabi choralar ko‘rsatildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda nepotizm, yuqori lavozimdagi amaldorlarning ulkan mulkiga ega bo‘lgan soxta kompaniyalar va yuridik shaxslarning yaratish amaliyoti kundan kunga jadal kuzatilmoqda. O‘z navbatida huquqni muhofaza qilish idoralari odatda bunday holatlarni yashirishga harakat qilmoqda. Jamiyatdagi bunday holatlar korrupsiyaning eng xatarli salbiy oqibatlaridan biridir.
Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli
Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik institutlariga keng vakolatlar berilayotgan bo‘lsa-da, bu borada hali oldimizda hal qilinmagan muammolar ham yo‘q emas. Ular sirasiga,
 fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan nazoratning o‘rnatilmaganligi;
 fuqarolik jamiyati institutlari, OAV bilan davlat boshqaruv organlarining o‘zaro hamkorlik tizimining ishlab chiqilmaganligi;
 davlat boshqaruv organlarida korrupsiya darajasi va uning oqibatida kelib chiqayotgan muammolarning kundan-kunga ortib borayotganligi;
 korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bilan shug‘ullanuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish sohasidagi muammolarning mavjudligi;
 fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruv faoliyatida ishtirokining sustligi, ta’sir choralarining kuchsizligi, aralashuvining yo‘qligi;
 korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoat nazoratini o‘rnatish bo‘yicha huquqiy asoslarining etarli darajada ishlab chiqilmaganligi;
 fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining samarasizligi – “xo‘jako‘rsinga” tuzilganligi;
 antikorrupsion fuqarolik jamiyati institutining yo‘qligi;
 fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatining hamon pastligicha qolayotganligi;
 OAVning rolini kuchaytirish masalasi, ya’ni “jurnalist surishtiruvi”, “jurnalist tergovi”ning etarli rivojlanmaganligi shular jumlasidandir.

Xorij ekspertlarining bahosicha, hokimiyatning quyi bo‘g‘inidan eng oliy bo‘g‘inigacha hammasi total korrumpiyalashgan. Birgina 2020 yilning birinchi yarmida byudjetdan 8 mln dollar, birgina xalq ta’limida 21,5 mlrd so‘m, sog‘liqni saqlash tizimida, qurilishda milliardlab o‘g‘irliklar sodir etilgani, 2020 yil sentyabridagi ma’- lumotga ko‘ra, yashirin iqtisodiyot hajmi 245 trillion so‘mga baholangani rasman tan olindi. Tubanlik shu darajadaki, bor-yo‘g‘i noma’lum, o‘roqda yo‘q, moshoqda yo‘q, xirmonda hozir Sanitariya – epidemiologiya xizmati (30 yildirki, mamlakat antisanitar sharoitda yashaydi, hech kimning ishi yo‘q. YAxshiyam, qirilib ketmaydi xalq) xodimlari koronavirusga qarshi kurash uchun ajratilgan mablag‘ning naqd 1 mlrd 750 mln so‘mini o‘g‘irlashdi. Parlament 21 tashkilotda 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘-maqsadsiz talon-taroj qilinganini aniqladi va h.k. Ta’kidlanganlar xamir uchidan patir, xolos. Paradoksni qarangki, bugun korrupsiyaga o‘nlab yillar uning botqog‘ida “urug‘langan”, o‘zlari boshida turgan “mashhur”lar yangidan tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi amalida qarshi kurashmoqchi .
Antikorrupsiya agentligi 1378 nafar davlat xizmatchisi, jumladan, 138 nafar hokim va o‘rinbosarlari, 1092 nafar hokim yordamchilari davlat ishi bilan birgalikda tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanib kelayotganini aniqladi. Tenderlarda amaldorlar va ularning yaqinlari g‘olib chiqqan holatlar ham qayd etildi



Yüklə 37,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə