Korxona iqtisodiyoti


Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə17/37
tarix03.02.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#83392
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Korxona iqtisodiyoti

Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti (Kfn) korxona moliyaviy mustaqilligining kamayishi (ko‘payishi), kelajakda moliyaviy qiyinchiliklarga uchrash xavfining kuchayishi (pasayishi) haqida ma'lumot beradi hamda korxona o‘z majburiyatlari oldida javob berishining kafolatlarini belgilab beradi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:

К П1




фн ИБ
Bu yerda:

IB - korxona balansi aktivi yoki passivining yakuni.


7-Mavzu: KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB ChIQARISh QUVVATI
Asosiy fondlarkorxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o‘zining natural-moddiy holatini yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o‘tkazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazish jarayoni amortzatsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag‘lar esa amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, korxonaning ishlab chiqarish potensialini tashkil qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:





  • ishchi mashinalar va uskunalar;

  • transport vositalari;



qo‘yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.


Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning ishlab chiqarish apparati deb ataladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlarikorxona asosiy fondlarining ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo‘lib, shu sababli o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazmaydi. Bular qatoriga asosan korxona balansida turuvchi turarjoy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog‘chasi va yaslilar, sport-sog‘lomlashtirish va boshqa ob'ektlar kiritiladi.
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud:boshlang‘ich qiymat bo‘yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan xarajatlar majmuidan iborat bo‘lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan-ularni keltirish, o‘rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə