Korxona pul oqimlarini operativ rejalashtirish jarayonida foydalaniladigan



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/31
tarix05.07.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#119284
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
8 kapitalni boshqarish

 
 
5. Korxonalarda oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga moliyaviy ta’minot 
Korxonalarda moliyaviy ta’minot uzluksizligini ta’minlash takror ishlab 
chiqarish jarayonining davomiyligiga xizmat qiladi. Faoliyatni moliyaviy ta’minlash 
oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Xorijda “Ko‘plab 
kompaniyalar o‘z aktivlarini qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli qarzlar va oddiy 
aksiyalar kombinatsiyasi orqali moliyalashtirishadi. Ba’zilari esa «gibrid» qimmatli 
qog‘ozlardan foydalanishadi, masalan imtiyozli aksiyalar, konversiyalanuvchi 
obligatsiya va uzoq muddatli lizinglar”
19
. Oʻz navbatida moliyaviy ta’minotning oʻz 
va qarz manbalari ham qator xususiyatlariga koʻra tasniflanadi. Jumladan
korxonalarning oʻz manbalari hisobiga moliyalashtirish shakllari sifatida ichki va 
tashqi moliyalashtirish manbalari keltiriladi. 
Oʻz mablagʻlarining ichki manbalari moliyaviy-xoʻjalik faoliyati jarayonida 
shakllantiriladi va har qanday korxonada muhim ahamiyat kasb etadi va oʻz-oʻzini 
moliyalashtirish qobiliyati sifatida baholanadi. Shunday ekan, korxona oʻz moliyaviy 
talablarini toʻliq yoki zaruriy darajada qoplay olishi qoʻshimcha kapitalni jalb qilish 
boʻyicha talabning kamayishi va mablagʻlar jalb qilish bilan bogʻliq risklarni 
pasaytirish hisobiga iqtisodiy oʻsish uchun qulay imkoniyatlar va sezilarli darajada 
raqobatdagi ustunlikka ega boʻladi. 
19
Brigham, Houston. Fundamentals of Financial Management. Concise 8-th edition. 2015. - 64 p.


128 
Har qanday tijorat korxonasida moliyalashtirishning asosiy ichki manbalari 
sifatida sof foyda, amortizatsiya ajratmalari, foydalanilmayotgan aktivlarni sotish 
yoki ijaraga berish va boshqalarni keltirish mumkin.
Hozirgi sharoitda korxona ixtiyorida qolgan foydasini mustaqil taqsimlaydi. 
Foydadan toʻgʻri foydalanish korxonaning istiqboldagi rivojlanish boʻyicha rejalarini 
amalga oshirish, shuningdek mulkdorlar, investorlar va xodimlar manfaatdorligini 
ta’minlash imkonini beradi. Umumiy holatda foyda qanchalik koʻproq moliyaviy-
xoʻjalik faoliyatini kengaytirishga yoʻnaltirilsa, qoʻshimcha moliyalashtirishga 
boʻlgan talab shunchalik kamroq boʻladi. Taqsimlanmagan foyda miqdori xoʻjalik 
faoliyati rentabelligi, shuningdek mulkdorlarga toʻlovlar boʻyicha munosabatlarga 
qaratilgan korxona siyosati (dividend siyosati)ga bogʻliq.
Foydani reinvestitsiyalashning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish 
mumkin: 
- tashqi manbalardan kapital jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning oldi 
olinishi; 
- mulkdorlar tomonidan korxona faoliyati ustidan nazorat qilishning saqlab 
qolinishi; 
- moliyaviy barqarorlikni oshirish va tashqi manbalardan mablagʻlar jalb qilish 
uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelishi. 
Oʻz navbatida mazkur manbadan foydalanishning kamchiliklari sifatida 
koʻrsatkichlarning oʻzgaruvchanligi va chegaralanganligini, prognozlashning 
murakkabligini, shuningdek korxona boshqaruvi tomonidan korxona faoliyatiga ta’sir 
qiluvchi tashqi omillar (bozor kon’yukturasi, iqtisodiy sikl fazasi, talab va narx 
oʻzgarishi va boshqalar) bilan bogʻliq jihatlarni nazorat qilish imkonini bermasligi 
kabilarni keltirish mumkin. 
Amortizatsiya ajratmalari korxonalarda oʻz-oʻzini moliyalashtirishning yana 
bir muhim manbasi sifatida xizmat qiladi. 
Ular asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishini oʻzida aks ettirib 
korxona xarajatlariga kiritiladi, sotilgan mahsulot va xizmatlar hisobiga tushgan pul 
mablagʻlari tarkibida mavjud boʻladi. Ularning asosiy vazifasi asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlarni qayta sotib olish uchun imkoniyat yaratishdan tashqari takror 
ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish ham hisoblanadi.
Moliyalashtirish manbasi sifatida amortizatsiya ajratmalarining afzalligi 
shundaki, u korxonaning har qanday moliyaviy holatida amal qiladi va har doim oʻz 
ixtiyorida qoladi. 
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbasi sifatida amortizatsiya miqdori koʻp 
jihatdan davlat tomonidan oʻrnatilgan tartibga, shuningdek tanlangan hisoblash 
usuliga bogʻliq. 
Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxona hisob siyosatida qayd 
etiladi va asosiy vositadan foydalanish muddati davomida qoʻllaniladi. 
Tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash usullarini qoʻllash asosiy vositalardan 
foydalanishning dastlabki yillarida amortizatsiya ajratmalarini yuqori miqdorda 
hisoblash va bu oʻz navbatida qoʻshimcha aylanma mablagʻni korxona ixtiyorida 
qoldirish imkonini beradi.


129 
Ayrim holatlarda foydalanilmayotgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni 
sotish yoki ijaraga berish hisobiga ham oʻz moliyaviy resurslarini shakllantirish 
mumkin. Lekin bu amaliyot bir martalik xususiyatga ega hisoblanadi va pul 
mablagʻlarini tizimli ravishda jalb qilish imkonini bermaydi.
Korxonaning oʻz-oʻzini moliyalashtirish (

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə