Korxona pul oqimlarini operativ rejalashtirish jarayonida foydalaniladigan


Oddiy aksiyalar emissiyasi hisobiga moliyalashtirish va IPO operatsiyalari



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/31
tarix05.07.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#119284
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
8 kapitalni boshqarish

Oddiy aksiyalar emissiyasi hisobiga moliyalashtirish va IPO operatsiyalari 
afzalliklari va kamchiliklari
№ 
Afzalliklar
Kamchiliklar
1. Bu manba oʻzida majburiy toʻlovni 
oʻzida aks ettirmaydi, ya’ni dividend 
toʻlash toʻgʻrisidagi qaror direktorlar 
kengashi tomonidan qabul qilinadi va 
aksiyadorlar umumiy yigʻilishida 
tasdiqlanadi.
Korxonani 
boshqarishda 
va 
foydani taqsimlashda ishtirokchilar 
sonining koʻpligi. 
2. Aksiyalar qoplanishi boʻyicha qat’iy 
belgilangan muddatga ega emas, 
chunki aksiyalar doimiy kapital 
Qoʻshimcha aksiyalar emissiyasi 
investorlar tomonidan salbiy signal 
sifatida qabul qilinishi mumkin va 


136 
manbasi boʻlib xizmat qiladi. 
bu qisqa muddat ichida aksiyalar 
kursining pasayishiga olib kelishi 
mumkin
3. Aksiyalar likvidliligining oshishi va 
kapital kiymati pasayganda yirik, 
uzoq muddatli moliyalashtirish 
manbasiga ega boʻlishi
Moliyaviy va yuridik
ma’lumotlarning oshkoraligi
4. Kelajakda pozitsiyalari kuchliroq 
kompaniya bilan oʻzaro 
birlashishning osonlashishi
IPOni tashkil etish bilan bogʻliq 
xarajatlarning yuqoriligi 
5. Investorlar va mulkdorlar uchun 
biznesdan chiqish yoʻlining 
osonlashishi
«Dushman» aksiyadorlarning 
kompaniya faoliyatiga kirib kelish 
ehtimoli
6. Kompaniya nufuzining oshishi, uning 
bozorda tanilishi va investitsion 
jozibadorlikning ta’minlanishi va 
boshqalar 
Kompaniyaning investitsion tarixi 
boʻlishi shartligi
 
IPO jarayoni koʻp bosqichli boʻlib, uzoq vaqtni (bir necha yillarni) va yuqori 
miqdordagi 
moliyaviy 
xarajatlarni 
talab 
qiladi. 
Kompaniyaning 
ichki 
tayyorgarligidan va barcha zaruriy jarayonlardan oʻtishidan tashqari, IPOning amalga 
oshish vaqti iqtisodiyotning joriy holati bilan bogʻliqligini ham alohida ta’kidlash 
lozim. Chunki bozordagi nobarqaror holat kapitalni joylashtirish boʻyicha risk 
darajasini keskin oshirishi va kutilayotgan kapitallashuv darajasiga etishish 
imkoniyatini pasaytirishi mumkin. Kompaniya oʻz ichki imkoniyatlarini tahlil qilgan 
holda IPO operatsiyalarini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgandan keyin, 
tayyorgarlik jarayonini boshlaydi. Bu jarayon bir necha yillarni oʻz ichiga qamrab 
olgan toʻrtta bosqichni oʻzida aks ettiradi. Har bir bosqich haqida quyida toʻxtalib 
oʻtamiz.
Birinchi bosqichda tashkilotchilar va IPO ishtirokchilari guruhi tuziladi hamda 
ular tomonidan kompaniya moliyaviy strategiyasi belgilanadi va mos ravishda 
biznes-reja ishlab chiqiladi. Shuningdek, kompaniya tayyorgarlik darajasi moliyaviy 
tomondan baholanadi. Bu jarayonda xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotlar
tayyorlanadi.
Ikkinchi bosqichda tashqi hamkorlar, maslahatchilar, yirik potensial investorlar 
tomonidan kompaniya moliyaviy holatining ishonchliligini tekshirish (ingl. «due 
diligence») jarayoniga katta e’tibor qaratiladi. Bu jarayon oʻz ichiga oladigan jihatlar 
quyidagi jadvalda keltirilgan (7-jadval). 
7-jadval 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə