Korxonalarda marketingning funksional aloqalari


Integrallashtirilgan marketing rejasi



Yüklə 17,35 Kb.
səhifə4/4
tarix23.02.2023
ölçüsü17,35 Kb.
#101366
1   2   3   4
Korxonalarda marketingning funksional aloqalari

Integrallashtirilgan marketing rejasi
Marketing turli xil mavjud vositalari faoliyat turlarini qo‘llashning maksimal effektivligini oshirishda, bu faoliyat turini boshqarishga imkon yaratadi. Vaqt davomida marketing tadqiqotlari, reklama, savdo jarayonlarini boshqaruvda mas’uliyatini o‘z ichiga olgan biznes firmaning marketing bo‘yicha vitse-prezidenti lavozimi tatbiq qilishadi.
Notijorat tashkilotlar odatda marketing faoliyatini integrallashuvi zaruriyatini inkor etadilar. Oddiy universitetlarda va jamoatchilikning manfaat va talablarini o‘rganadigan, mahsulotni mukammallashtirish mas’uliyatini o‘z ichiga olgan lavozim mavjud emas. Uning o‘rniga universitetlarda fakultet dekanlari, bitiruvchilar kengashi rahbarlari, jamoatchilik aloqalari bo‘yicha menejer kabi o‘ziga xos marketing lavozimlari mavjud.
Diniy marketing o‘zaro aloqasi
Biznes tashkilotlar doimo ichki va tashqi muhitda bo‘lib o‘tayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar to‘plab beradilar.
Eng yaxshi, yangi ma’lumotlarni savdo agentlari, tadqiqot xizmati va tizimlari xodimlari, tovarlar xizmati monitoringiga javobgar shaxslar, raqobatchilar harakati va mijozlar talablaridan oladilar. Marketing axboroti biznes tashkilotlar o‘z siyosatlarini to‘g‘ri tashkillashtirishiga imkon beradi. Notijorat tashkilotlari, odatda, o‘z ishlari va bozordagi holati haqida axborot yig‘ishda davomiy emas. Universitet talabalarining norozilik darajasi va buning natijasidagi betartibliklarni, yetarli darajada baholamaganliklari uchun tasodifiy holatga tushib qoladilar. Huddi shunday holatlarga yirik shaharlar ham tushadilar.
Marketing auditi
O‘zgarishlar- hayotning ajralmas hassasi. Bir qancha vaqt o‘tishi bilan tashkilotlarning maqsadini qaytadan ko‘rib chiqish zaruriyatini e’tibordan chetda qoldirib tashkilotni o‘zini mavjudligini xavf ostida qoldiradi. Tashkilotlar yangi imkoniyatlarga va vujudga keladigan muammolarga nisbatan sezgirligini yo‘qotish mumkin. Bir qator Amerika kompaniyalari o‘z faoliyatini aynan maqsadlarini qayta ko‘rib chiqishni to‘xtatganliklari tufayli ular ishlab chiqarayotgan tovarlar ahamiyati pasaygan. Vaqtinchalik omad, siyosiy partiyalarni ham qotib qolishi va buning natijasida, ularni kutilmagan mag‘lubiyatga olib keladi. Ko‘pchilik kasaba uyushmalari liderlari yangi muammolarni his etmaydilar. Buning natijasida o‘z lavozimlarini yo‘qotadilar.
Tashkilotlar o‘z hayotiyligini saqlab qolish uchun ularning rahbarlari muntazam maqsadlar, resurslar va imkoniyatlar auditini o‘tkazib turishlari kerak. Shuning uchun tashkilotlar yangi shakllanayotgan manfaatlar tizimida o‘zlarining asosiy faoliyati, maqsadli guruhlari kommunikativ vositalarini vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib turishlari kerak. Tashkilotlar bo‘lib o‘tayotgan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida moslashishlari va unga adekvat javob berishlari kerak.
Yüklə 17,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə