Korxonalarda marketingning funksional aloqalari


Iste’molchilar munosabatining tahlili



Yüklə 17,35 Kb.
səhifə3/4
tarix23.02.2023
ölçüsü17,35 Kb.
#101366
1   2   3   4
Korxonalarda marketingning funksional aloqalari

Iste’molchilar munosabatining tahlili
Biznes tashkilotlar iste’molchilarning talab va munosabatlarini maqsadga muvofiq bo‘lmagan tadqiqotlari ko‘zga ko‘rinarli natija bermasligini o‘zlari anglaydilar, shunga qaramasdan hissiy taasurotlarga berilishi ishini orqaga suradi.
Yuvish vositalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, har yili uy bekalari kir yuvishga qanday munosabatda bo‘ladilar qachon va qayerda yuvadilar, qanday kir yuvish kukunini yoqtiradilar, masalalariga millionlab mablag‘ ketkazadilar.
Kapitalni yurgazib turishga ixtisoslashgan kompaniyalar tajribasi ehson beruvchilarning motivlarini tadqiq qilishda stereotip munosabatlardan voz kechish qanday salbiy natijalarga olib kelishiga yaqqol misol bo‘la oladi.
Tajribali fondrayzerlarga ma’lumki, odamlar evaziga boshqa biron-bir narsa olish hisobiga o‘z pullarini berishga tayyordir. Ko‘pgina xayr-ehson fondlarining homiylari aynan shu yo‘l bilan qashshoqlar oldidagi aybdorlik hissidagi holi bo‘lishga intiladilar. Tibbiyot fondlari homiylari hali fan kuchsiz bo‘lgan kasallikdan o‘limidan, qo‘rquv hissiyotidan holi fan bo‘lishga intiladilar. Boshqa homiylar oddiy manmanlik tufayli ehson qiladilar.
Fondrayzerlar o‘z faoliyatini rejalashtirishning asosiy sifati motivlarni identifikatsiyalashtirishga alohida urg‘u beradilar.
Differensial ustunlik
Tashkilot maqsadli guruh ishlarining turli variantlarini ishlab chiqib, yuqori differensial afzalliklarga erishishga intiladilar. Tashkilot potensial mijozlardan alohida taassurot qoldirish uchun o‘z resurslaridan qanday foydalanish masalasini ko‘rib chiqishlari kerak.
Hozirgi zamon savdo firmalari tovarlarni sotish jarayonida marketingning turli vositalaridan foydalanadi. (mahsulotning mukammallash, reklama, iste’molchilarga va dilerlarga moslashuv eng yaxshi savdo agentlarini rag‘batlantirish, musobaqalar, turli xil takliflar va hokazolar).
Ma’lumki, notijorat tashkilotlar turli xil vositalar yordamida o‘z auditoriyalariga murojaat etish imkoniyatiga ega.
Diniy tashkilotlar o‘z izdoshlariga ro‘znomalar nashr etish, xabar varaqalari, yillik hisobotlar, jamoa ishtirokidagi tadbirlar orqali stimullashtiradi. Tashkilotning «tijorat agentlari» tarkibida tashkilot boshlig‘i kengash a’zolari va eng faol a’zolarni jalb qila oladigan izdoshlari kiradi, uning reklamasiga nikoh haqidagi e’lonlar tug‘lish va o‘lim marosimlari, diniy xarakterdagi xabarlar, cherkov hayotining xabarlaridan iborat.

Yüklə 17,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə