Koxlear implantli bolalar bilan ish

YETTINCHI MAVZU. Koxlear implantli bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishning maxsus shakllari va vositalari

Yüklə 1,49 Mb.
səhifə18/38
tarix11.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#145232
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
KOXLEAR DARSLIK 27.06.22

YETTINCHI MAVZU. Koxlear implantli bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishning maxsus shakllari va vositalari.
10.12. Undoshlar talaffuzini avtomatlashtirish

Undosh tovushlar talaffuzini avtomatlashtirish bo‘yicha mashqlarni bajarishdan avval bolada quyidagilarni rivojlantirish ishlari olib borilishi lozim: 1) Turli unlilar bilan bo‘g‘inlar tarkibidan undosh tovushni tanish qobiliyati; 2) fonasion nafas olish, harakatchanlik, moslashish, artikulyasiya organlari bilan ovozni ixtiyoriy boshqarish; 3) ajratilgan undoshlarni talaffuz qilish.

Mashq eshitish orqali farqlay oladigan va ajratib to‘g‘ri talaffuz qiladigan undosh tovushlar bilan olib boriladi (yuqorida tavsiflangan mashqqa qarang). Shu o‘rinda bolada bu tovushni talaffuz qilishda, ayniqsa yangi va uzun so‘zlarda, undoshlar qo‘shilgan so‘zlarda xatolarning beqarorligi aniqlanadi.
Tovush talaffuzini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar aniq tovushlar talaffuziga yo‘naltirilgan. 3-ishchi daftarda 34-javdalni qamrab olgan alohida blokda lab undoshlar [p], [m], [b]; jarangli undoshlar ([b], [d], [g]) va jarangsiz undosh ([p], [t], [k]) turli artikulyasiyali portlovchi undoshlar talaffuzini avtomatlashtirish keltirilgan.
Bolada boshqa undoshlarni talaffuz qilishda beqarorlik kuzatilsa shunga o‘xshash sxemada shug‘ullanish uchun material tayyorlash kerak bo‘ladi.
Mashqning maqsadi: turli fonemalar bilan, qisqa va uzun so‘zlarda, qo‘sh undoshli so‘zlarda, nutq oqimida undoshlar talaffuzini avtomatlashtirish.
Materiallar: 1–34 jadvallar (3-ishchi daftar, 2-qism, 87–123 betlar).
Mashqni bajarish
Tovush talaffuzini avtomatlashtirish ishlari ko‘p bosqichli hisoblanadi. Keyingi bosqichga faqatgina bola ushbu vazifani xatolarsiz, aniq va tez bajarsa o‘tish mumkin.
Mashqni bajarish vaqtida kattalar bola har bir tovushni ortiqcha ovoz, yuz, lab, bo‘yyin mushaklarini zo‘riqtirmasdan, to‘g‘ri talaffuz qilishini diqqat bilan kuzatilshlari lozim. Ortiqcha mushak zo‘riqishida, ovoz jaranglashi buzilishida mashq to‘xtatiladi va bir nechta bo‘shashtiruvchi nafas mashqlari bajariladi.
1-bosqich. Bitta takrorlanuvchi undoshni ketma-ket aniq va tez talaffuz qilish qobiliyatini shakllantirish.
Bolaning oldida 1-jadval qo‘yiladi, unda [b] takrorlanuvchi undosh bilan faqat birinchi qator ochilgan.
Bola qatordagi harfga asoslanib [b] tovushini ko‘p marotaba takrorlashi lozim. Mashg‘ulot ikki bosqichdan iborat:
1) Bola undoshni sekin sur'atda talaffuz qiladi (kattalarhar bir tovushni buzmasdan talaffuz qilinishini nazorat qilishadi);
2) Bola undosh tovushni tez talaffuz qiladi (bu bosqichga bola bitta undosh tovushni sekin sur'atda ketma-ket aniq talaffuz qilganidan so‘ng o‘tiladi, bunda ham katta bola har bir tovushni buzmasdan, bir tovushdan boshqasiga to‘g‘ri o‘tib talaffuz qilishini nazorat qilishadi).
Shuningdek, [p] undoshi bilan ham mashg‘ulot olib boriladi (1-jadvalning 2-qatori) va [m] (3-qator).
2-bosqich. Navbati bilan kelgan ikkita undosh ketma-ketligini aniq va tez talaffuz qilish qobiliyatini shakllantirish.
Bolaning oldida 1-jadval turibdi, unda ketma-ket keltirilgan [b] va [p] undoshlari bilan 4-qator ochilgan.
Bola qatordagi harflarga tayanib, [b] va [p] undoshlarini qat'iy navbati bilan talaffuz qilishi lozim. Mashg‘ulot ikki bosqichdan iborat:
1) Bola undoshlarni sekin talaffuz qiladi;
2) Bola undoshlarni tez talaffuz qiladi.
Shuningdek, mashg‘ulot [b] va [m] (1-jadval 5-qator) hamda [m] va [p] (6-qator) ketma-ket talaffuzi bilan ham bajariladi.
3-bosqich. Tasodifiy tartibdagi ikkita undosh ketma-ketligini aniq va tez talaffuz qilish qobiliyatini oshakllantirish.
Bolaning oldida 1-jadval turibdi, unda tasodiy tartibda almashadigan [b] va [p] undoshlari bilan 7-qator ochilgan
Bola [b] va [p] undoshlarini qatordagi harflarga tayanib ketma-ket talaffuz qilishi lozim.
Mashg‘ulot ikkita boqichdan tashkil topgan:
1) Bola undoshlarni sekn sur'atda talaffuz qiladi;
2) Bola undoshlarni tez sur'atda talaffuz qiladi.
Xuddi shunday [b] va [m] (1-jadval 8-qator) hamda [m] va [p] (9-qator) undoshlari bilan bajariladi.
4-bosqich. Avval navbati bilan, keyin tasodifiy tartibda 3 ta undosh ketma-ketligini aniq va tez talaffuz qilish qobiliyatini shakllantirish.
Bolaning oldida 1-jadval turibdi, [b], [p], [m] undoshlari navbat bilan keltirilgan 10-qator ochiq turibdi.
Bola undoshlarni yozilgan tartibda, qatordagi harflarni o‘qib talaqquz qilishi lozim. Mashg‘ulot ikki bosqichdan iborat:
1) Bola undoshlarni sekin sur'atda talaffuz qiladi;
2) Bola undoshlarni tez sur'atda talaffuz qiladi.
4-bosqich. Navbati bilan keladigan uchta undosh ketma-ketligini aniq va tez talaffuz qiilish qobiliyatini shakllantirish.
Bolaning oldida 1-jadval turibdi, unda navbati bilan kelgan [b], [p], [m] undoshlari keltirilgan 10-qator ochilgan.
Bola undoshlarni yozilgan tartibda, qatordagi harflarni o‘qib talaqquz qilishi lozim. Mashg‘ulot ikki bosqichdan iborat:
1) Bola undoshlarni sekin sur'atda talaffuz qiladi;
2) Bola undoshlarni tez sur'atda talaffuz qiladi.
5-bosqich.Tasodifiy tartidagi 3 ta undosh tovush ketma-ketligini aniq va tez talaffuz qilish qobiliyatini shakllantirish.
Bolaning oldida 1-jadval turibdi, unda tasodifiy tartibdagi [b], [p], [m] undoshlari keltirilgan 11-qator ochib qo‘yilgan.
Bola undoshlarni yozilgan tartibda, qatordagi harflarni o‘qib talaffuz qilishi lozim. Mashg‘ulot ikki bosqichdan iborat:
1) Bola undoshlarni sekin sur'atda talaffuz qiladi;
2) Bola undoshlarni tez sur'atda talaffuz qiladi.
6-bosqich. Undosh va unlilardan tashkil
topgan takroriy bo‘g‘inlar ketma-ketligini aniq va tez talaffuz qilish qobiliyatini shakllantirish.
Bolaning oldida 2-jadval turibdi, unda [pa] bo‘g‘ini tarkibidagi [p] undoshi ko‘rsatilgan 1-qator ochilgan.

Bola qatordagi bo‘g‘inlarni o‘qib talaffuz qiladi. Mashg‘ulot ikki bosqichdan iborat:
1) Bola bo‘g‘inni sekin sur'atda talaffuz qiladi;
2) Bola bo‘g‘inni tez sur'atda talaffuz qiladi.
Shuningdek, mashg‘ulot 2-jadval materiallaridan foydalanib. [pu], [pi], [ap], [ba], [bu], [bi], [ma], [mu], [mi], [um], bo‘g‘inlari ketma-ketligi bilan bajariladi.
7-bosqich. Navbati bilan turli undoshli ikkita bo‘g‘in ketma-ketligini aniq va tez talaffuz qilish ko‘nikmasini shakllantirish.
Bolaning oldida 3-jadval turibdi, unda [p] undoshi navbati bilan [pa] va [pu] bo‘g‘iniga qo‘shilgan 1-qator ochilgan.
Bola bo‘g‘inlarni qatorda yozilganiga tayanib navbati bilan talaffuz qilishi lozim. Mashg‘ulot ikkita bosqichdan tashkil topgan:
1) Bola bo‘g‘inni sekin sur'atda talaffuz qiladi;
2) Bola bo‘g‘inni tez sur'atda talaffuz qiladi.
Shunga o‘xshash mashqlar [pa] — [pi], [pi] — [pu], [ap] — [up] juft bo‘g‘inlar bilan bajariladi. Keyin xuddi shu tarzda 3-jadvaldagi [b] va [m] undoshlar ishtirokidagi bo‘g‘inlar bilan mashq bajariladi.
.
8-bosqich. Tasodifiy tartibda turli undoshlar bilan ikkita bo‘g‘inlar ketma-ketligini aniq va tez talaffuz qilish qobiliyatini shakllantirish.
Bolaning oldida 4-jadval turibdi, unda tasodifiy tartibdagi, [p] undoshi qo‘shilgan [pa] va [pu] bo‘g‘inlari keltirilgan 1-qator ochilgan.
Bola bo‘g‘inlarni qatorda yozilganiga asoslanib talaffuz qilishi lozim. Mashg‘ulot ikki bosqichdan iborat:
1) Bola bo‘g‘inni sekin sur'atda o‘qiydi;
2) Bola bo‘g‘inni tez sur'atda o‘qiydi.
Xuddi shunday mashqlar 4-jadvaldagi boshqa juft bo‘g‘inlar bilan bajariladi.
9-bosqich. Navbati bilan va tasodifiy tartibda uchta turli unlilar bilan bo‘g‘inlar ketma-ketligini aniq va tez talaffuz qilish qobiliyatini shakllantirish.
Mashg‘ulot uchun material 5-jadvalda ko‘rsatilgan. Mashg‘ulotda yuqorida

Mashg‘ulot uchun material 5-jadvalda keltirilgan. Mashg‘ulot yuqorida tasvirlangan sxema bo‘yicha olib boriladi.
11-bosqich. Turli undosh va unlilar bilan «undosh – unli - undosh» tipida tasodifiy tartibda bo‘g‘inlar ketma-ketligini aniq va tez talaffuz qilish ko‘nikmasini shakllantirish.
Mashg‘ulot uchun material 6-jadvalda keltirilgan. Mashg‘ulot yuqorida tasvirlangan sxema bo‘yicha olib boriladi.
12-bosqich. Tarkibida undosh bo‘lgan,talaffuzi avtomalashadigan, takrorlanuvchi so‘zlar ketma-ketligini (qo‘sh undoshlarsiz so‘z) aniq va tez talaffuz qilish ko‘nikmasini shakllantirish.
Mashg‘ulot uchun material 6, 7-jadvalda keltirilgan.
Mashg‘ulot yuqorida tasvirlangan sxema bo‘yicha olib boriladi. Mashg‘ulotni boshlashdan avval har bir blokdagi yuqori qatordagi so‘zlarga tayangan holda so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib bir necha marta sekin o‘qish tavsiya etiladi.
13-bosqich. Tarkibida undosh bo‘lgan, talaffuzi avtomatlashadigan,(undosh tovushlar qo‘shilmagan so‘zlar) uchta almashlanadigan turli so‘zlar ketma-ketligini aniq va tez talaffuz qilish qobiliyatini shakllantirish.
Mashg‘ulot uchun material 8-jadvalda keltirilgan.
Mashg‘ulot umuman yuqorida tasvirlangan sxema bo‘yicha olib boriladi. Mashg‘ulotni boshlashdan avval har bir blokning yuqori qatorida keltirilgan so‘zlarga tayanib, so‘zlarni bo‘g‘inlab bir necha marta sekin o‘qish tavsiya etiladi. Talaffuzga ishlov berish uchun bitta qatorda joylashgan so‘zlarni talaffuz qilish,,2-3 marta to‘xtamasdan o‘qish (xalqa bo‘ylab) tavsiya etiladi.
14-bosqich. Tarkibida undosh bo‘lgan, talaffuzi avtomatlashadigan (undosh tovushlar qo‘shilib kelgan so‘z) takrorlanuvchi so‘zlarni aniq va tez talaffuz qilish qobiliyatini shakllantirish.
Mashg‘ulot uchun material 8, 9-jadvallarda keltirilgan.
Mashg‘ulot umuman yuqorida tasvirlangan sxema bo‘yicha olib boriladi.
15-bosqich. Tarkibida undosh tovush bo‘lgan, talaffuzi avtomatlashgan (undosh tovushlar qo‘shilib kelgan so‘z), uchta almashinadigan turli so‘zlar ketma-ketligini tez va aniq talaffuz qilish ko‘nikmasini shakllantirish Formirovanie umeniya tochno i bistro.
Mashg‘ulot uchun material 9-jadvalda keltirilgan. Mashg‘ulot umuman yuqorida tasvirlangan sxema bo‘yicha olib boriladi. Mashg‘ulotni boshlashdan avval har bir blokning yuqori qatorida keltirilgan so‘zlarga tayanib so‘zlarni bo‘g‘inlab o‘qish tavsiya etiladi. Talaffuzga ishlov berish uchun bitta qatorda joylashgan so‘zlarni talaffuz qilish,,2-3 marta to‘xtamasdan o‘qish (xalqa bo‘ylab) tavsiya etiladi.
16-bosqich. Tarkibida undosh bo‘lgan, talaffuzi avtomatlashadigan (undosh tovush qo‘shilib kelgan so‘zlar) tasodifiy tartibda almashadigan uchta turli so‘zlar ketma-ketligini aniq va tez talaffuz qilish ko‘nikmasini shakllantirish.
Mashg‘ulot uchun material 9-jadvalda keltirilgan. Mashg‘ulot umuman yuqorida tasvirlangan sxema bo‘yicha olib boriladi. Mashg‘ulotni boshlashdan avval har bir blokning yuqori qatorida keltirilgan so‘zlarga tayanib so‘zlarni bo‘g‘inlab o‘qish tavsiya etiladi. Talaffuzga ishlov berish uchun bitta qatorda joylashgan so‘zlarni talaffuz qilish,,2-3 marta to‘xtamasdan o‘qish (xalqa bo‘ylab) tavsiya etiladi.
Bolaning ayrim so‘zlarning yozilish va talaffuzda farqi to‘g‘risidagi tasavvurini rivojlantirish (орфоэпик қоида)

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə