Kreativ fikrlash



Yüklə 428,5 Kb.
səhifə28/32
tarix29.03.2023
ölçüsü428,5 Kb.
#103598
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Kreativ fikrlash

An'anaviy qarorlar - bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlardir. 
Ularning amal qilish doirasi oldindan ma'lumdir. Bunga, korxona yoki firmaning ishlab chiqarish dasturini qabul qilishga oid qilingan qarorlar misol bo’la oladi. 
Tavsiyali qarorlar o’z mohiyatiga ko’ra tashabbusli qarorlarga yaqin bo’lib, ularda 
korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar o’z aksini topadi. 
Aniq qarorlar to’la-to’kis axborot mavjud bo’lgan holdagina qabul qilinadi. 
Shu sababli, bunday qarorlarning amalga oshish ehtimolligi birga yaqin bo’ladi. 
Noaniq qarorlar bu tavakkal bilan to’la bo’lmagan axborotga asoslanib qilinadigan
qarorlardir. Boshqacha qilib aytganda, bunday qarorlar kutiladigan natijaga baho berish 
imkoniyati bo’lmagan hollarda tavakkal qilib qabul qilinadigan qarorlardir. 
Tezkor (operativ) qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan, tabiiy ofat sodir bo’lgan hollarda uni bartaraf qilish bo’yicha qabul qilingan qarorlar ana shunday qarorlar turkumiga kiradi. 
Muntazam qarorlar belgilangan muddatlarda chiqariladi. Masalan, xo’jalik 
faoliyati yakuniga doir qabul qilinadigan (dekada, oy, yil choragi, yarim yillik, 
to’qqiz oylik va yillik) qarorlar shunday qarorlarga misol bo’la oladi. 
Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul 
qilinadigan qarorlar ham bo’ladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar ko’p hollarda asosli tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka asoslangan qarorni aksariyahollarda o’zini ko’rsatish maqsadida qabul qiladi. Bunday rahbar faoliyatinin
g 80-90 foiz buyruqbozlikka asoslangan bo’ladi. Bu jamoada 
keskinlikning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Boshqaruv qarorlari jamoa fikriga 
tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan bo’ysinuvchilar o’rtasidagi 
munosabatlarning keskinlashuvi, o’zaro ishonchning yo’qolishi, nizolarning kelib 
chiqishi muqarrardir.
Yakdillik ko’pincha favqulodda ro’y beradigan vaziyatlarda qaror qabul 
qilishda, shuningdek qarshilik ko’rsatuvchi guruhlarda "Koalitsiyalar" bo’lmagan 
hollarda yuzaga keladi.

Yüklə 428,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə